Telegram Web Link
❗️Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million dollar ajratiladi — Prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurdi.

💼 Davlatimiz rahbari erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tajriba asosida, hududlarda Yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etilishini e’lon qildi. Bu sanoat zonalarida o‘sib kelayotgan avlod vakillarining biznes loyihalari joylashtiriladi.

💰 «Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etiladi va unga 100 million dollar mablag‘ ajratiladi. Jamg‘arma yoshlarning loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay shartlarda va past foizlarda moliyalashtiradi.

🏗 Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish binolari qurilib, yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida beriladi», — dedi Prezident.

Do'stlaringizga ulashing⤵️🏛

T.me/SamDU_Talabalari
Forwarded from Xushnudbek.uz
Шавкат Мирзиёев:

«Бугун мен айтиб ўтган оилавий ажримлар, маънавият, маърифат, интернет бўйича муаммолар кўп. Ўзбекистон энди очилди, орқага йўлимиз йўқ. Яна бир марта таъкидламоқчиман, оммавий ахборот воситалари тўртинчи ҳокимият бўлиш нуқтаи назаридан кимгадир ёқмайди. Аммо охирги бир йил ичида журналистлар, блогерлар ва ёшларнинг ижтимоий тармоқларда чиққан овозлари бизнинг ислоҳотларимиз ва қарорларимизга катта кўмак беряпти, бу ҳақиқат. Ёқадими, ёқмайдими, уларни эшитишга мажбурмиз. Тўғрисини эшитиб, хулоса чиқарамиз, нотўғрисини тўғри йўлга солиш бурчимиз, вазифамиз».


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ахборот24

Yoshlar!!!

Sizlarni O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida yuksak qadrlayman.

Uchinchi RENESSANS poydevorini kim qo'yadi degan savolga aniq javob bor, faqat va faqat sizlar!

SH.MIRZIYOYEV


O'zbekiston yoshlar forumidan

________________
Kanalga ulashing 👇👇👇
Telegram Facebook
Forwarded from Tuzilma.uz
#Uzbekistan_youth_forum
#SamDU
#SamDCHTI
#Tashabbus

O'zbekiston yoshlar forumida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga "Talabalar assotsatsiyasi"ni tuzish taklifi bilan chiqqan Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashining faoli Marjona Samadova Davlat rahbari topshirig'iga asosan Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xalmuradov bilan birgalikda ushbu loyiha ustida ishlaydi.

________________
Kanalga ulashing 👇👇👇
Telegram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Азиз Асланов: Президент ёшлар билан шунчалик самимий суҳбатлашдики, тенгдошларимиз кўнглидаги гапларини бемалол айта олди
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi
#SamDU

«O‘zbekiston yoshlari forumi 2020»ga yoshlarimizning munosabati

Xurshida Rahmonova - Samarqand davlat universiteti talabasi

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram
Oʻzbekiston24 telekanalida
25-dekabr sanasidagi Oʻzbekiston Yoshlar Forumi-2020 festivalini takroran efirga uzatilmoqda.
Hozirda konsert dasturi davom etmoqda!
Yoshlarning Bunday ajoyib forumlari hamisha bardavom boʻlsin.
Oʻzbekiston-kelajaki buyuk davlatdir!
Hamisha koʻzi olovdek yonib turgan yoshlarimiz koʻpayib jannatmakon yurtimizni yanada yuqori choʻqqilarga olib chiqib jahonda oʻz oʻrniga ega kelajagi buyuk Allohni nazari tushgan davlatimizga,yurtboshimizga koʻz tegmasin!

Barchamizni Alloh oʻz panohida asrasin🤲
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Интернет фирибгарларидан эҳтиёт бўлинг

Янги йил арафасида кўплаб компаниялар турли танлов ва акциялар ўтказмоқда. Бундан фойдаланган фирибгарлар эса ўзини ўша компания вакили сифатида таништириб, танловда ғолиб бўлганини, ютуқни олиш учун пластик карта рақами ва амал қилиш муддатини сўраяпти. Кейин эса SMS орқали келган кодни сўрашмоқда. Қарабсизки, бир пасда пластикдаги барча маблағни ечиб олишяпти.

❗️Унутманг! Ҳеч кимга, ҳатто банкдан телефон қиляпман дейишса ҳам, SMS орқали келган кодни айтманг.

Баъзан SMSнинг ўзида “буни ҳеч кимга айтманг” деб ёзилган бўлади, лекин шунда ҳам одамлар бепарволик билан бегона шахсларга бу кодни айтиб қўйишади.

Илтимос, ўзингиз учун пишиқ бўлинг, интернет фирибгарларига алданиб қолманг!

P.S.: юқорида PayMe компаниясининг огоҳлантириш хати келтирилган.


👉 @xushnudbek 👈
​​Kecha, 25-dekabr kuni davlat rahbari ishtirokidagi yoshlar forumida qatnashish nasib qildi

Prezident bir necha soat davomida tik turib, yoshlar haqida, taʼlim haqida, yoshlarning muammolarini hal qilish haqida kuyunib gapirdi. Davlat rahbari yoshlar bilan muloqot qildi.

Navoiylik bitta bola orqada qo‘l ko‘tardi, Prezident Navoiy viloyati hokimiga: «Qobil, hov anavi, orqadagi bolani chaqir, tayyorlanmagani aniq, shuni eshitaylik», dedi. Samarqand viloyati hokimiga ham tayyorlanmagani boʻlsa, chiqar, shularni eshitaylik, dedi.

Bundan anglash mumkinki, Prezident tayyorlatilgan yoshlar borligini sezdi, lekin asl muammolarni, oʻzining taklif va fikrlarini ayta oladigan yoshlarni eshitishni istadi.

Samarqand viloyatidan so‘zga chiqqan qiz esa juda esda qolarli taklif bildirdi.

«Ma’lumki, tarixiy darsliklarimizda ma’lum davrlarga nafrat ruhida yozilgan mavzular ko‘p uchraydi. Aslida darslik faqat xolis axborot yetkazish bilan shug‘ullanishi lozim», – dedi u.

Prezident bu taklif bo‘yicha ham batafsil tushuntirish berdi va darsliklarni yaratish, umuman ta’lim tizimini zarur adabiyotlar bilan ta’minlash hamisha diqqat markazida bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

So‘zga chiqqan yoshlardan biri o‘z ijodiy faoliyati haqida so‘zlab berayotganida, davlat rahbari yonida o‘tirgan Toshkent shahar hokimiga qarata: «Ko‘rdingmi, qanday yoshlarimiz bor?!» degan so‘zlari o‘rtada turgan mikrofon orqali butun zalga eshitilib ketdi.

Prezidentdagi samimiyat, oddiylik, yoshlar uchun jon kuydirish yaqqol sezildi. Bu forumda qatnashgan yoshlar borki, yetarli darajada motivatsiya olgani aniq.

Prezident nutqining soʻnggida yoshlarga ilm olish kerakligi haqida alohida urgʻu berib, shunday dedi: «Ilm – oʻtda yonmaydi, suvda choʻkmaydi, ilm oling, izlanishdan, oʻrganishdan aslo toʻxtamang. Xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang!»

Shu oʻrinda mana shunday katta forumni tashkil qilishda bosh boʻlgan, mehnat qilgan, bu yil har yilgidan boshqacha shaklda minglab yoshlar va Prezident uchrashuvini tashkil qilgan barchaga, xususan, Yoshlar ishlari agentligiga minnatdorchilik bildiramiz!

Ⓜ️masofaviy ta'lim

Kanalga ulanish: ⤵️🏛

T.me/SamDU_Talabalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Мурожаатномасининг трансляциясини 29 декабрь, сешанба куни соат 11:00 да қуйидаги телеканалларда:

"O'zbekiston 24", "O'zbekiston", "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma'rifat", "Toshkent", "Dunyo bo’ylab", "O'zbekiston tarixi", "Oilaviy", "Mening yurtim", "Sevimli", "Uzreport", "Milliy", "Zo'r TV" (ўзбек тилида);
"Toshkent", "Oilaviy", "Mening yurtim" (рус тилида);
"Dunyo bo’ylab", "Uzreport" (инглиз тилида);

шунингдек, Президент матбуот хизматининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларида томоша қилинг.



Смотрите трансляцию Послания Президента во вторник, 29 декабря, в 11:00 на телеканалах:

"O'zbekiston 24", "O'zbekiston", "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma'rifat", "Toshkent", "Dunyo bo’ylab", "O'zbekiston tarixi", "Oilaviy", "Mening yurtim", "Sevimli", "Uzreport", "Milliy", "Zo'r TV" (на узбекском языке);
"Toshkent", "Oilaviy", "Mening yurtim" (на русском языке);
"Dunyo bo’ylab", "Uzreport" (на английском языке);

а также на официальных страницах пресс-службы Президента в социальных сетях.
⚡️Shavkat Mirziyoyev 2021-yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qildi.
Ўзбекистон_Республикаси_Президенти.docx
116.2 KB
Oʻzbekiston respublikasi prezidentining
Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasi...

👉Elektron varianti


🏛T.me/SamDU_Talabalari
2024/09/30 12:21:43
Back to Top
HTML Embed Code: