Telegram Web Link
🗣 #Konferensiya

O N L A Y N K O N F E R E N S I Y A
M A ' R U Z A CH I L A R I

👀 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi (RTM) da “Tabiiy fanlar: amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning zamonaviy usullari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o‘tadi.

🗓 O'tkazilish sanasi: 2024-yil 15-noyabr
🕒 O'tkazilish vaqti: 10:00 AM

ZOOM havolasi👇👇👇
https://us06web.zoom.us/j/85778837686?pwd=JnKjIBrUiWCPiE4bOmzAS8nmwgNCTj.1

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#Konferensiya

Konferensiyamizga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lganligini inobatga olib, Respublika ta'lim markazining rasmiy Facebook ijtimoiy tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yozib olingan holda kuzatishingiz mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Facebook linki:
https://www.facebook.com/watch/live/?ref=watch_permalink&v=449441721163712

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
⚡️Davlat va huquq asoslari fanidan olimpiadalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha audiopodkast bo‘lib o‘tdi.

Joriy yildan boshlab "Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq Davlat va huquq asoslari fanidan olimpiadalar o‘tkazib boriladi.

🔸Mazkur olimpiada joriy yilda ilk marotaba o‘tkazilayotganligi sababli jamoatchilik fikrini bilish hamda ularning savollariga javob berish maqsadida Adliya vazirligi bo‘limi boshlig‘i – Orifjon Boyquvatov, Respublika ta'lim markazi Ijtimoiy fanlar bo‘limi boshlig‘i – Nurhayot Hakimov, Respublika ta'lim markazi Davlat va huquq asoslari fani metodisti – Oybek Shernayevlar ishtirokida audiopodkast tashkil etildi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 532-sonli qarorining ijrosi boʻyicha 15-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida oʻtkazilgan yigʻilishda Respublika taʼlim markazi Ijtimoiy fanlar bo'limi mutaxassislari: O. D. Shernayev va A. Q. Omonovlar ishtirok etdi.

🔹2024/2025-o‘quv yilidan boshlab “Davlat va huquq asoslari” fani oʻquv dastur va darsliklarini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruhi shakllantirilib, Adliya vazirligi va Ichki ishlar vaziligi bilan hamkorlikda Oʻquv dasturlariga “Kriminologiya asoslari” ga doir mavzular, bunda jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlikning mazmuni, javobgarlik choralari hamda jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatchilikning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan mavzular bilan to'ldirilmoqda.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#Xalqaro_hamkorlik

Fransiyaning “Hachette Livre lntenational”, Germaniyaning “Klett-Verlag”, Yaponiyaning “Roelinn book”, Xitoy Xalq Respublikasining “Beijing Language and Culture University Press”, Gretsiyaning “MM Publication” nashriyotlari bilan vazirlik o‘rtasida imzolangan shartnomalarga muvofiq, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab 10-sinflar uchun mazkur darsliklarfoydalanishga qabul qilindi va tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yetkazildi.
Germaniyaning “Klett-Verlag” nashriyoti mutaxassislari tomonidan ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitilayotgan nemis tili fani o‘qituvchilariga metodik yordam berish maqsadida darsliklar to’g’risida namunaviy darslar ko’rsatib berildi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#23_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Imom Buxoriy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda buyuk hadisshunos olim Imom Buxoriy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

Davomi bor...
2024/12/28 03:44:50
Back to Top
HTML Embed Code: