Telegram Web Link
#Seminar_trening

Amaliy fanlarning zamonaviy ta'limda o'rni

🗓 Joriy yilning 23-noyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Yashnobod tumani 339-maktabda “Amaliy fanlarning zamonaviy taʼlimda oʻrni” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔹Seminar davomida Respublika taʼlim markazining Amaliy fanlar bo'limi metodisti B.Yunusova, Yangi asr universiteti NTM Akademik bо‘lim bosh mutaxassisi O'.Tohirov va trener o'qituvchilar U.Bozorov, Z.Xashimovalar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o'tkazildi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#Yonğin_xavfsizligi_oyligi

Favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanish

🗓 Joriy yilning 27-noyabr kuni Respublika ta'lim markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevral kunidagi “O‘zbekiston- 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejasi 21.2-bandida belgilangan “Bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalarida zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga o‘rgatishga mo‘ljallangan qo‘llanma va videoroliklarni tayyorlash” vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

🔹O'quv mashg'ulot davomida Respublika taʼlim markazining Amaliy fanlar bo'limi tomonidan Markaz xodimlariga "Favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanish" ga doir amaliy tavsiyalar berib o'tildi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Konferensiya Axborot xati.pdf
233.2 KB
🗣 #Respublika_ilmiy_amaliy_konferensiya

📚 KONFERENSIYADA MAQOLANGIZ BILAN ISHTIROK ETING!

📘
Konferensiya nomi: “Ijtimoiy va amaliy fanlar: innovatsiya va ilgʻor tajribalar”.

🗓 Maqola topshirish muddati: 2024-yil 20-dekabrgacha (shu kuni ham).

Konferensiya o'tkazilish vaqti: 2024-yil 26-dekabr 10:00.

📥 Maqola qabul qilish manzili:
@RTM_konferensiya_bot

Ushbu konferensiyada ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan barcha ijtimoiy va amaliy fan mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

⚡️Konferensiyadagi yo‘nalishlar axborot xatida ko‘rsatilgan. Yuqoridagi faylda konferensiya haqida batafsil tanishishingiz mumkin.

🔖
Maqolalar belgilangan talablar bo'yicha Respublika ta’lim markazi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan saralab olinadi, Ilmiy-metodik kengash muhokamasi asosida tasdiqlanadi va elektron to‘plam shaklida chop etiladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Konferensiya sertifikatlari_2024.zip
55.4 MB
#Konferensiya

🕹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi Tabiiy fanlar bo‘limi tomonidan 2024-yil 15-noyabr kuni  “Tabiiy fanlar: amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning zamonaviy usullari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilganidan xabaringiz bor. 

📲Ushbu konferensiyaning sertifikat va tashakkurnomalarini taqdim etamiz.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Bugun Mirzo Ulug'bek tumanidagi 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” Respublika ijodiy koʻrik-tanlovining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

🎓Unda tanlovning dastlabki tuman bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 12 ta jamoa ishtirok etdi.

🏆O'ziga xos bilimlar sinovida eng ko'p ball jamg'argan Yunusobod tumanining 265-sonli maktabi “Yosh huquqshunoslar” jamoasi faxrli birinchi o'rinni egalladi. Yakkasaroy tumani 26-maktabning “Yosh huquqshunoslar” hamda Yashnobod tumani 244-maktabning “Sudyalar” jamoasi keyingi pog'onalardan joy oldilar.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
2024/12/27 10:21:21
Back to Top
HTML Embed Code: