Telegram Web Link
#Seminar_trening

"Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ijod va Barkamol avlod bolalar maktablarida inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha" o‘quv seminarining yakuniy qismida viloyatlardan tashrif buyurgan trening qatnashchilari "International Inclusive Hub"dagi sharoitlar bilan tanishdi va Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif buyurishdi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
📌 O‘zbek tili hamda Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarini Respublika ta'lim markazi tomonidan tashkil qilinayotgan "Tilimiz" nomli ilmiy-amaliy turkum onlayn seminarning I soniga taklif qilamiz.

👨‍🏫 Seminarni Respublika ta'lim markazi Filologiya bo‘limi boshlig‘i N. Rasulov olib boradi.

📚 Seminarda til ta'limining muhim jihatlari, ta’limga zamonaviy yondashuv lingvistik bilimlar fonida ochib beriladi.

📆 Seminar har seshanba kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.

🖥Seminarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin.

https://us05web.zoom.us/j/84835445602?pwd=ZhTbW7Qa4gYbPxRUC1zSaZ5gQKmT7W.1

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#Seminar_trening

🕹Raqamli texnologiyalar vazirligida Sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish  departamenti boshqarmasi boshlig‘i A. Atabekov hamda mutaxassis F. Anvarovlar tomonidan "Sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari" mavzusida seminar trening tashkil etildi.

💻Seminarda barcha vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, Respublika ta'lim markazi vakillari ham ishtirok etdilar.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#amaliy_seminar

🏬 Joriy yilning 28-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida viloyat Pеdagogik mahorat markazi mеtodik xizmat ko'rsatish bo‘limi, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi umumta'lim maktablari bilan hamkorligida "Amaliy fanlarni o'qitishda zamonaviy yondashuv" mavzusida amaliy o‘quv sеminari bo'lib o‘tdi.

🧩Seminarda trener-o‘qituvchilar tomonidan texnologiya, chizmachilik va tasviriy san'at fanlari bo‘yicha yangi metodlar asosida darslarni tashkil etish yuzasidan o‘quv-amaliy mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

🖼 O‘qituvchi va o‘quvchilar ijod namunalari asosida ko‘rgazmalar tashkil qilindi.

Seminarda Respublika ta'lim markazi amaliy fanlar bo'limi boshlig'i N. Aloviddinova, tasviriy san'at va chizmachilik fani mеtodisti B. Yunusova, "Yangi asr" universiteti o‘qituvchisi, texnologiya fani darsliklari muallifi O'. Tohirovlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdilar.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
2024/11/15 16:45:39
Back to Top
HTML Embed Code: