Telegram Web Link
#festival

📌Joriy yilning 12-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy ta’lim markazi hamkorligida Mo‘ynoq tumanida “Modern art” festivali o‘tkazildi.

🎨 Festivalda umumiy o‘rta ta'lim maktablari 7-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tasviriy san’atning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, fan bo‘yicha mentor - o‘qituvchilar o‘rtasida “master klass” o‘tkazilib, ijodkor o‘qituvchilar diplomlar bilan rag‘batlantirildi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#õquv_seminar

⚙️ Texnologiya fanidan onlayn seminarda ishtirok eting!

👩‍💼Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi
17-maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi
Shamsiyeva Minura Mirzatillayevna
ishtirokida “Texnologiya fanini o‘qitishda loyihaga asoslangan ta’lim” mavzusida onlayn o'quv seminar o'tkaziladi.

👩‍💻Moderator: Alovddinova Nilufar Mansurovna

🗓 2024-yil 17-oktyabr
18:00 da

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Ayni paytda Toshkent shahridagi 191- va 196-sonli maktablarda "Yilning eng yaxshi o'zbek tili o'qituvchisi" tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#Uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2024-yil 27-martdagi 157-sonli qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan Umumiy oʻrta taʼlimning Davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda xalqaro standartlarga moslashtirish boʻyicha barcha fan yo‘nalishidagi professor va amaliyotchi o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv ertaga ham davom etadi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#Uchrashuv
#2_kun

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2024-yil 27-martdagi 157-sonli qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan Umumiy oʻrta taʼlimning Davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda xalqaro standartlarga moslashtirish boʻyicha barcha fan yo‘nalishidagi professor va amaliyotchi o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
2024-yil 19-oktabr kuni Respublika ta'lim markazi Filologiya bo'limi va "Metodist" jurnali tahrir hay'ati a'zolari ishtirokida Namangan viloyatiga "Metodik tur" uyushtirildi.

Metodik tur davomida To'raqo'rg'ondagi 35-maktabda mahorat darslari o'tilib, 1-IDUM da tumandagi Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda o'qituvchilar mutaxassislardan o'z savollariga javob oldilar.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
2024/12/27 09:03:22
Back to Top
HTML Embed Code: