Telegram Web Link
Forwarded from Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali | (94-295-4444 Rasmiy.uz|Блогер)
#Kaskad

Qashqadaryoda uchinchi "Ustozlar milliy forumi" o'tkazildi

Tashkil etilayotgan milliy forum "Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" shiori ostida Shahrisabz shahridagi Pedagogika institutida o'tkazildi.

Unda 300 dan ortiq o'qituvchi xodimlarga malakali, respublika uchinchi "Ustozlar milliy forumi" da ishtirok etib kelgan 20 nafarga yaqin trenir o'qituvchilar 2 kun davomida seminar mashg'ulotlarini o'tadi.

Reglament ko'ra bugun uchinchi "Ustozlar milliy forumi"ning tantanali taqdirlash marosimi ham o'tkazildi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB
🔰UCHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI
📍TOSHKЕNT VILOYATI

Bugungi kunda mamlakatamizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri bu shubhasiz TA’LIM, maktablar infratuzilmasini yaxshilash, yangi o‘quvchi o‘rinlarini yaratish, jamiyatda ustozlarning maqomini oshirish bo‘lib turibdi. Bu borada Prezidentimiz boshchiligidi juda ko‘p islohotlar qilindi va hozirgi kunda ham bu ishlar davom etmoqda. Bularni natijalarini siz-u biz tizimdagi o‘zgarishlardan ham bilib turibmiz.

O‘qituvchi deganda – zamon bilan hamqadam bo‘lgan jonkuyar, ziyoli shaxsni, maktab deganda – bilim va ma’rifat yog‘dusi taralib turadigan, Uchinchi Renessans poydevori qo‘yiladigan tabarruk maskanni ko‘z oldimizga keltiramiz.
Barchangizga ma’lumki, Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, so‘nggi yilda viloyatimizda 2 ta yangi zamonaviy maktablar barpo etildi, 42 ta maktab rekonstruksiya qilindi, 1 ta maktab mukammal ta’mirlandi.
Viloyatimizda 888 ta umumta’lim, 1 ta Prezident, 13 ta ixtisoslashtirilgan maktablar, 14 ta maxsus maktab va maktab-internatlar, 22 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda 1 ta viloyat xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi faoliyat olib bormoqda.
viloyatdagi 888 ta maktablarda 521 315 ming nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.

Shulardan
207 355 (40%) nafari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
313 960 (59,9%) nafari yuqori sinf o‘quvchilari tashkil qiladi.

2024-yilda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qurilish ta’mirlash ishlarni amalga oshirish moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 440, mlrd 44 mln so‘m ajratilib, shundan 404 mln 44 mlrd so‘m mablag‘ qurilish ta’mirlash ishlariga yo‘naltirildi.
Amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida
20 ming 174 ta yangi o‘quvchi o‘rni yaratilib, natijada
2,0 koeffitsiyentdan yuqori maktablar soni 38 tadan 17 taga kamaydi.

Maktablarda jami 36 954 nafar (shundan 27 373 nafar ayollar 74,1 foiz) o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda:
Ta’lim muassasalarida ta’lim sifati eng avvalo pedagog xodimlarning malakasiga bog‘liq ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum.
Bugungi kunda viloyatimizdagi ta’lim muassasalarida
52,9 foiz (18 906 nafar) toifali pedagoglar mavjud. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilgiga nibatan 589 nafarga ortgan.

Joriy yilda umumta’lim maktablarining 11-sinfini
30 962 nafar bitiruvchi tamomladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 11-sinf bitiruvchilarining 28 831 nafari (93.1 foiz) oliy ta’lim muassasalariga xujjat topshirib, maktab bitiruvchilarning o‘rta balli 73.2 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, 983 nafar bitiruvchilar oltin va kumush medallari bilan tamomladi.

2024-2025 o‘quv yilida har bir shahar va tumanlarda namuna sifatida 3 tadan maktablar tanlab olinib jami 94 ta maktabda 11 ta yo‘nalishda kasbga o‘rgatish ishlari amalga oshiriladi.
43 ta maktablarda ikkinchi xorijiy til o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi o‘quv yilida 54 794 nafar bolalar 1-sinfga qabul qilinib, ushbu o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari to‘liq umumta’lim maktablariga yetkazib berildi.
Shuningdek, 6 846 841 dona to‘plam to‘liq yangilangan darsliklar va o‘quv metodik majmualari 1-4-sinf o‘quvchilariga yetkaziladi.
2024 yilda qo‘shimcha 38 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy etiladi va bu yo‘nalishdagi maktablar soni 66 taga yetkaziladi.

Pedagoglar mazkur Forumda olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘z hududlarida tadbiq etishadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, qadrli ustozlar! Kanalimiz a'zolari tomonidan berilayotgan savollarga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Savol: Bu yilgi fanlar kesimida taqvim-mavzu rejalarni kanalingizga joylaysizlarmi? Turli xil variantlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.

Javob: Albatta, 2024-2025-o‘quv yili uchun ham Respublika ta'lim markazi tomonidan fanlar kesimida taqvim-mavzu rejalarni o‘zbek, rus, qardosh tillarida joylashtiriladi. Turli xil tarmoqlarda tarqatilgan taqvim-mavzu rejalar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini eslatib o‘tmoqchimiz. Bu jarayon yaqin kunlarda amalga oshiriladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzur so'raymiz.

Bizni kuzatishda davom eting...

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
2024/12/25 18:35:27
Back to Top
HTML Embed Code: