Telegram Web Link
Forwarded from BaholashUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#pedagogik_maslahat

Bolaning yozuviga qarab, uning ayrim xususiyatlarini aniqlash

Yozuvning qiyaligi
– oʻngga yotgan : yangi doʻstlar orttirishni va suhbatlarni yoqtiradi;
– toʻgʻri yozuv: odatda emotsiyalarini yashirib yuradi;
– chapga yotgan: yolgʻiz ishlashni yoqtiradi.

Hajmi
– katta: ochiq shaxsiyat egasi;
– oʻrta: moslashuvchan va vazmin;
– kichik: diqqatni oson jamlay oladi.

Soʻzlar orasida boʻsh joy qoldirishga qarab
– katta joy tashlab yozish: erkinlikni sevadi, gavjum joylarni xush koʻrmaydi;
– bir-biriga yaqin yozish: yolgʻizlikni yomon koʻradi.

Bosim
– bosib yozish: masʼuliyatli, ammo qaysar;
– yengil yozish: sezgir, biroq gʻayrat yetishmaydi.

Aniqlik
– tushunarsiz yozuv:  sirli shaxs va tez fikrlovchi.
– aniq yozuv:  oʻziga ishongan va tinch

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ozgina yumor, lekin haqiqatga yaqinda 😁

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Sizlarni “Yangi O‘zbekistonda yosh olimlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida qisqa muddatli o'quv kurslariga taklif etamiz!

Kurs 2024-yil 15-20-iyul kunlari "ZOOM" platformasi orqali yetakchi mutaxassislar ishtirokida masofaviy (online) tarzda olib boriladi.

📕Kurs yakunida tinglovchilar maxsus Diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🔹Mazkur o'quv kursi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 17.05.2024-yildagi №278118-sonli Tasdiqnomasiga asosan o'tkazilmoqda.

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
👉 Batafsil I Ro'yxatdan o'tish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

O‘QISHNI KO‘CHIRISH UCHUN HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI

📬
Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

💻 HUJJATLAR QUYIDAGI PLPATFORMALAR ORQALI TOPSHIRILADI:

my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o’qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.

transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiy_maslahat

40 yoshdan oshgan ustozlar uchun insult xavfini kamaytirish borasida professor Zarifboy Ibodullayevdan maslahatlar.

Avvalo, o'zingizni asrang. Chunki oilangizga keraksiz.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Bog'cha opalarning ish haqi maktab o'qituvchilarnikiga tenglashtirilibdi

Maktabgacha ta'lim xodimlari mehnatiga haq to'lash bo'yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari tasdiqlandi. 2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oliy ma'lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o'rta ta'lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bаzаviу tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirildi.

Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarning 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlaг uchun haq to'lashda qo'llaniladi.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
#tezkor

Hurmatli obunachilar kanalimizni kuzatib turing. Qisqa fursatlarda kechagi imtihon natijalari e'lon qilinadi.

Biz esa sizga uni yana tezroq ko'rishingizga yaqindan imkon berishga harakat qiamiz.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
⚡️ Bir soat ichida 1-kun DTM natijalari e’lon qilinadi!

📆 2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

14-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda bilishlari mumkin:

👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot

Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.
🤗 Osiyo Xalqaro Universitetiga UZBMB (DTM) natijangiz bilan talabalar qatorida bo'ling !

🔝 Buxoro shahrida joylashgan zamonaviy ta'lim dasturi va professor o'qituvchilarni o'zida birlashtirgan Osiyo Xalqaro Universitetiga DTM testlaridan 60+ ballingiz orqali tibbiyot yo'nalishlaridan boshqa barcha yo'nalishlarga ichki imtihonlarsiz qabul qilinishingiz mumkin!

Sifatli ta'lim atmosferasi va eng zamonaviy shart-sharoitlarga ega Universitetning 27 ta bakalavr va magistratura yo'nalishlari birida ta'lim olish imkoniyatidan unumli foydalaning!

📨 Agar siz ham DTM imtihonlaridan 60+ ball to'plagan bo'lsangiz qabul.oxu.uz rasmiy sayti orqali ariza qoldirib kirish imtihonlarisiz talaba bo'ling.

💸 Kontrakt narxlari sirtqi ta'lim uchun 12 million so'mdan boshlanadi.

📌 Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!

📞Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning: +998553050009

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_metodika

Boshlang'ich sinf ustozlari uchun SONLARNI O'RGATISH bo'yicha yana bir yangi metodika 🎉🎁

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
#mulohaza

“Haqiqiy oʻqituvchi hech qachon sizga nima qilishni aytmaydi. Ammo u sizga eng yaxshi narsani tanlashingiz mumkin boʻlgan bilimlarni beradi.“
©Kristofer Pike

“Sizning kelajagingizni ertaga emas, balki bugun qiladigan ishingiz yaratadi.“
©Robert Kiyosaki

“Aniq rejalar, aniq rejalar bilan ta'minlanganlik sizga ulkan ishonch va shaxsiy kuch bagʻishlaydi. “
©Brayan Treysi

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Yo'lga chiqqaningizni bildiradi.

Ingliz tilini bilish kerak.

Kerak degani, yetarli degani emas.

IELTS olib hamma ishni qotirib qo’ydim deyayotganlarni kundan-kun ko’proq uchratyapman.

Bir nima desangiz - "Meni IELTSim nechiligini bilasizmi?" deb savol berayapti.

Tabriklayman. Siz ingliz tilini bilasiz. Dunyodagi 1,5 milliard(!) odam kabi.

Siz endi butun dunyodan ma’lumot ola olasiz. Til yordam beradi.

Bu ma’lumotlarga qanchalik amal qila olasiz? Bilmadim. Bunda tilni o’zi yordam bermaydi.

Siz endi millionlab odamlar bilan gaplasha olasiz. Til yordam beradi.

Gaplashadigan saviyali mavzuingiz bo’larmikin? Hayotiy tajribangiz? Qiziqarli voqealaringiz? Bunga tilni o’zi yordam bermaydi.

Ishlarni tezroq bitira olasiz. Til yordam beradi.

Qaysi ishlarni qilishingiz kerakligini, sizga qaysilari mosligini tushunib yetarmikinsiz? Bunga tilni o’zi yordam bermaydi.

Til bilmay, yuzlab ishlarni qoyil qilayotganlar bor. Til o’rganib shundan boshqasini eplay olmayotganlar bor.

IELTS manzilga yetganingizni bildirmaydi. Yo’lga chiqqaningizni bildiradi.

Safaringiz bexatar bo’lsin azizlar!

©️ Aziz Rahimov

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
#yangiliklar

Turizm sohasida oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyul kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi ta’lim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtiriladi. Bu sohada oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi. Talabalarga bir vaqtning o‘zida ixtisosligi bo‘yicha ishlab, kasbiy ko‘nikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.

Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, Sharqshunoslik, Jahon tillari va “Ipak yo‘li” oliygohlarida
gidlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida lavozim doirasida to'lanadigan oyliklar

Maktab direktori:

4 mln 084 ming 179 so‘m (400 o‘quvchigacha)
4 mln 360 ming 917 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
4 mln 624 ming 262 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
4 mln 891 ming 647 so‘m (1600dan ortiq)

Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)     
3 mln 814 ming 502 so‘m (400 o‘quvchigacha)
4 mln 084 ming 179 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
4 mln 360 ming 917 so‘m  (881-1600 o‘quvchigacha)
4 mln 624 ming 262 so‘m (1600dan ortiq)

Direktorning ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
1 mln 618 ming 065 so‘m (400 o‘quvchigacha)
1 mln 765 ming 457 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
1 mln 919 ming 114 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
2 mln 078 ming 589 so‘m (1600dan ortiq)

CHQBT rahbari:

2 mln 948 ming 543 so‘m

2024-yil 15-yanvardan boshlab CHQBT rahbari:

Mutaxassis – 2 mln 948 ming 543 so‘m;

Ikkinchi toifali – 3 mln 301 ming 055 so‘m;

Birinchi toifali – 3 mln 678 ming 381 so‘m;

Oliy toifali – 4 mln 064 ming 865 so‘m

Psixologlar

Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 653 ming 689 so‘m

Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 841 ming 780 so‘m

Birinchi toifali psixolog – 3 mln 034 ming 666 so‘m

Oliy toifali psixolog – 3 mln 219 ming 374 so‘m

O‘qituvchilar

O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 756 ming 194 so‘m

Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 948 ming 543 so‘m

Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 301 ming 055 so‘m

Birinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 678 ming 381 so‘m

Oliy toifali o‘qituvchi – 4 mln 064 ming 865 so‘m

Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 458 ming 770 so‘m

Kutubxona mudiri:

O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 941 ming 691 so‘m

Oliy ma’lumotli – 2 mln 118 ming 548 so‘m

Kutubxonachi:

O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 683 ming 734 so‘m

Oliy ma’lumotli – 1 mln 772 ming 354 so‘m

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
School 21 da BEPUL ITni o‘rganing 💻

Toshkent shahridagi raqamli texnologiyalar maktabi School 21da IT sohasida noldan bepul ta’lim olish imkoni mavjud. Bu yerda siz 9 ta dasturlash tilini o‘rganishingiz mumkin.

Maktab haftasiga 7 kun va 24 soat ishlaydi. 18 yoshdan oshgan har bir kishi School 21 ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

O‘qishga keling va 22 avgustgacha 21-school.uz saytida ariza qoldiring.
Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📞 +998 93 0394447

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
Ustozlar e'tibor bering bepul o'rgatishadi. O'zingiz yoki farzandingiz, nabirangizga balki foydali bo'lar. Buni foydali post sifatida qo'ydik.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
2024/09/21 09:43:00
Back to Top
HTML Embed Code: