Telegram Web Link
#ommalashtirish

Metodik xizmat boʻlimlari huzuridagi Oʻquv metodik kengashlar tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda.

2024-yil 15-may kuni Kengashlar tomonidan "Rad etilgan" metodik ishlar va rad etish sabablari eʼlon qilinadi.

➡️ 2024-yil 20-may kuni barcha tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi.

Metodik ishlari Oʻquv metodik kengash qarori bilan "Rad etilgan" talabgorlardan apellyatsiya qabul qilinmaydi.

➡️ Qolgan barcha turdagi shikoyat arizalari 20-maydan 23-maygacha o'z ishlarini ommalashtirishga topshirgan ishtirokchilar apellyatsiya arizasi taqdim etishi mumkin. Arizalar faqat talabgorning shaxsiy kabineti orqali (PDF formatda) qabul qilinadi.

➡️ 2024-yilning 20-maydan 30-maygacha Metodik xizmat boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqadi va javob xatini talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Talabgorlar natijalar boʻyicha quyidagilar orqali tanishishlari mumkin:

1. ommalashtirish.uz platformasidagi shaxsiy kabinet;
2. @ommalashtirishuzbot telegram boti;
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Respublika taʼlim markazi rasmiy telegram kanallari.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Ўқитувчиларимиз кутаётган қарор лойиҳаси

Кўплаб ўқитувчи ва экспертларнинг таклифларини инобатга олган ҳолда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳамда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги қўшма қарори лойиҳасини ишлаб чиқибди.

Муҳокамага қўйилган ушбу янги лойиҳада талаб этилган минимал даражани эски лойиҳадан фарқли равишда бир поғонадан туширган ҳолда, умумтаълим фанлари учун "B+" даража (60 баллдан юқори), бошланғич таълим учун эса "C" даража (46 баллдан юқори) талаб этилишини белгилаган.

Маълумот учун, эски лойиҳада умумтаълим фанлари бўйича миллий сертификатдан РАШ модели бўйича "А" ва "А+" даража кўрсатган ўқитувчиларга, бошланғич таълим (математика ва она тили ва адабиёт) учун эса "С+" ва ундан юқори даражага устама берилиши назарда тутилган эди.

Лойиҳа муҳокамаси 22 майга қадар давом этади.

Киринг, кўринг ва ўз таклифларингизни билдиринг! 👇👇👇

https://regulation.gov.uz/oz/d/98472

@ilhomjumayev96
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_kurslar

⚡️Onlayn malaka oshirish kurslari faollashtirilmoqda

Batafsil oʻqish 👉

🌐 Malaka oshirish|CPD_official
🌐 @malakaoshirish_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmning buyuk farzandi Zamaxshariy qanday nom bilan ulug‘langan?
Anonymous Quiz
28%
Shayx ar-rais
21%
Sharaf al-mulk
44%
Ustoz ul-Arab val ajam
7%
Hujjat al-haq
#tezkor_xabarlar

Maktab hovlisiga kirgan ayiq otib o'ldirildi

Bugun Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug'dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, 74-sonli maktab hududiga kirgan.

Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani va maktab oʻquvchilari hayotiga xavf tug'dirganligi sababli tezkor chora koʻrish talab qilingan va yirtqich otib oʻldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.

🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xabarlar

Fargʻonada maktab oʻquvchisiga shapaloq tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan chetlatilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Hozirda ushbu xodimni boshqa lavozimga o'tkazishmoqchi ekan.

To'g'ri, o'quvchiga qo'pollik qilganligini ijobiy baholab bo'lmaydi. Lekin uni bunday qilishga nima majburlaganligi haqida gapirilmayapti. Axir u ham o'z-o'zidan bunday qilmagandir. Bunday holatlar to'liqligicha jamoatchilikda muhokama etilmasdan, faqat bir tomonlama yoritilsa, ham milliy gvardiya ham ustozlarning o'quvchilar oldida obro'sizlanishiga sabab bo'lishi mumkin.

O'qituvchisidan yegan kaltagini ota-onasiga aytishga uyalgan odamlarning bugungi avlodlari nega bunchalar surbetlashib ketmoqda, shunisi juda ajablanarli.

🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
ustama oladiganlar ro'yxati.pdf
1.6 MB
#ustama

Vazir jamgʻarmasi hisobida ustama oladigan pedagoglar ro'yxati e'lon qilindi


Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida o'tkazilgan ikki bosqichli tanlov jarayonlari yakunlandi.

Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlab boriladi.


🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
Anonymous Quiz
67%
qat'iy nazar
15%
shoxobcha
18%
lotoreya
#xabarlar

16-17 may kunlari malaka (test) sinovlarda Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya hamda Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari ishtirok etadilar.

🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_bilim_olamiz

O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.

Ko‘pchilik obunachilarimiz LOTOREYA so‘zini ham to‘g‘ri yozilgan deb o‘ylashibdi. Izohli lug‘atda LOTEREYA shaklida yozilgan.
To‘g‘ri javob esa shoxobcha so‘zi edi.

🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
#yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.

Unda vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berilmoqda.

👉Muloqotni jonli efirda kuzating.

🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
#yangiliklar

Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqotda aytilishicha:

Endilikda barcha imtihonlar yozma va amaliy shaklda o'tadi.

Barcha bitiruvchilar davlat tilidan imtihon topshirishi majburiy bo'ladi.

🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
#yangiliklar

11-sinflar uchun so'nggi imtihon sanasi 12-iyunda bo'lib o'tadi. 11-sinflar uchun 4 ta fandan birini tanlash imkoniyati beriladi. (4 ta tanlov fan)

Bundan maqsad o'quvchilarning kirish imtihonlariga tayyorgarligi oshirish ekanligi aytildi.

Bu yilda 11-sinflar uchun davlat tili imtihoni ixtiyoriy, lekin keyingi yildan majburiy bo'ladi. 12-iyunda o'tkaziladi.

Xorijiy tildan B1 va umumta'lim fanlaridan milliy sertifikati bo'lgan o'quvchilar imtihondan ozod qilinishlari mumkin.

2025-2026 yilgi o'quv yilidan o'quvchilarning imtihon javoblari maxsus platforma orqali tekshirish yo'lga qo'yiladi.

🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
Anonymous Quiz
31%
lom-lum
35%
lom-mim
34%
lom-lim
#yangiliklar

Informatika fani o'qituvchilari attestatsiya testini qayta topshirishadi

Vazirlik mas'ul xodimi Sardor Raximboyev barcha pedagoglarning murojaatini inobatga olgan holda, attestatsiyada 15-aprel kuni ishtirok etgan informatika fani o'qituvchilari qayta test topshirishi mumkinligini ma'lum qildi.

🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
2024/09/23 15:33:23
Back to Top
HTML Embed Code: