Telegram Web Link
#bilasizmi

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida boshlang'ich ta'limning davom etish yillari mamlakatlarga qarab farq qiladi. Mana bir nechta misollar:

1. Avstraliya: 7 yil
2. Kanada: 6 yil
3. Fransiya: 5 yil
4. Germaniya: 4 yil
5. Yaponiya: 6 yil
6. Buyuk Britaniya: 5-6 yil
7. Amerika Qo'shma Shtatlari: 6 yil
8. Finlandiya: 6 yil

Shuni ta'kidlash kerakki, bu raqamlar har bir davlatda amalga oshirilayotgan muayyan ta'lim tizimi va siyosatiga qarab farq qiladi. Bundan tashqari, ba'zi mamlakatlarda boshlang'ich ta'limdan tashqari qo'shimcha majburiy ta'lim yillari ham bo'lishi mumkin.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ustama

Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun toʻlanadigan ustamalar maʼlum qilindi

Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun:

Sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,4 foizidan 52,8 foizigacha;

Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 8,8 foizidan — 17,6 foizigacha;

Informatika kabineti mudirligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 17,6 foizi;

🔹 Toshkent islom universitetini bitirgan pedagog xodimlarga —lavozim maoshining 20 foizi;

Boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglar uchun:

🔸 Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan, oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;

🔸 boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foiz;

🔸 Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga — ish stajidan kelib chiqib bazaviy tarif stavkalariga 10 foizidan 50 foizigacha;

🔸Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlarga — ish haqi summasining 10 foizidan 60 foizigacha (bunda xodimning lavozim maoshi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravari miqdoridan ortiq boʻlsa mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravariga nisbatan) to‘lanadi.

Ayol oʻqituvchilar uchun:

🔺 Qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi hamda sport ustozi boʻlib ishlayotgan ayol oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz;

🔘 Shuningdek, joriy yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tegishli tanlov jarayonlaridan oʻtgan oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5.5 baravari miqdorida ustama belgilangan.

🆘 Bu haqida Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Kundalik.com” tizimida yangi imkoniyat yaratildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko'ra, kundalik.com tizimidagi yangilangan “Jurnallar” bo‘limi bilan ishlash o‘qituvchilar uchun yanada qulayroq bo‘ldi. Endilikda darsbay rejalashtirish “Fan bo‘yicha jurnal” bilan bir sahifaga chiqarildi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

AQSH maktab ta’limida o‘qituvchilarning necha foizini ayollar tashkil etadi?

✔️ 2022-yil holatiga ko‘ra, AQShda davlat va xususiy maktablarda umumiy 3,8 millionga yaqin o‘qituvchi bor.

✔️ 13600 ga yaqin davlat maktablari mavjud. O‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 42,4 yosh.

📊 O‘qituvchilarning eng katta qismi (56,9%) 30-49 yosh orasidagilardir. O‘qituvchilarning 74,3 foizini ayollar va 25,7 foizini esa erkaklar tashkil etadi.

🛍 Boshlang‘ich maktablarda erkak va ayol o‘qituvchilar o‘rtasidagi nisbat 89 foiz ayollar va 11 foiz erkaklar ekanligi qayd etildi.

✔️ O‘rta maktablarida esa bu farq qisqaradi, ya’ni o‘rta maktab o‘qituvchilarining 64 foizini ayollar, 36 foizini esa erkaklar tashkil qiladi.

🛍 89% insonlar o‘qituvchilikni qiyin kasb deb hisoblashadi.

🗣️ O‘zbekiston Respublikasida esa bu ko‘rsatgichlar Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida maktab taʼlimida 529116 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib borgan bo‘lib, undan 31.7% erkak o‘qituvchilar, 68.3% ayol o‘qituvchilar hisoblanishadi.

Manbaa: https://www.zippia.com/advice/teacher-statistics/

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza

Albert Eynshteyn aytganidek, inson eng tez va sifatli tajribani o'z xatolari orqali o'zlashtiradi. Yuqoridagi rasm buni yaqqol aks ettirgan.


👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

Har yili malaka oshirish uchun alohida ro'yxatdan o'tishingiz shart emas

"Uzluksiz kasbiy ta'lim"
platformasida har bir yil uchun yangi malaka oshirish kontentlari yaratiladi. O'tgan yil uchun o'zlashtirilgan darslar, testlar keyingi yilda qaytib berilmaydi.

Shuningdek, pedagog xodim ushbu platformada bir marotaba ro'yxatdan o'tish jarayonini amalga oshirsa yetarli. Agarda o'qituvchining ma'lum sabablarga ko'ra telefon raqami o'chib ketgan bo'lsa yoki yangi telefon raqamdan foylanayotgan bo'lsa, buning uchun yana alohida ro'yxatdan o'tish talab etilmaydi. Platfotmadagi "SOZLAMALAR" qismida shaxsiy profil uchun kiritilgan raqamni o'zgartirish funksiyasi mavjud.

Faqatgina ushbu yangi foydalanayotgan raqam nomida telegram ijtimoiy tarmog'ida shaxsiy akkaunt ochilgan bo'lsa kifoya. Chunki o'zgartirish uchun zarur bo'lgan 5 ta raqamdan iborat kod tizim tomonidan shu telegram akkauntiga jo'natiladi.

📹 Quyidagi videoyo'riqnomada batafsil ko'rsatilgan: https://www.tg-me.com/video_yoriqnoma/55

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish ham 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Jumladan, “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham atroflicha ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Tez orada ustozlarimiz uchun yangiliklar bo'lishi kutilmoqda.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab 11 yillik ta’limdan 12 yillikka uzaytirilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar mutlaqo asossiz deb atadi.

O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuniga muvofiq umumiy o'rta ta’lim 11 yilni tashkil qiladi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#happy_learn

🇬🇧 Don't mention it. (o'qilishi: dont menshn it)
🇺🇿 Arzimaydi.
🇷🇺 Не стоит (благодарности).

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harkness pedagogikasi yoki Buyuk Britaniyada ta'lim

"Harkness" ta'limi
— bu o'quvchilar o'rtasida davra suhbatiga asoslangan, tengdoshlar o'rtasidagi muloqotga alohida e'tibor qaratiladigan pedagogika.  Bu o'qituvchi boshchiligidagi muloqotdan farq qiladi, bunda o'qituvchiga fikrlar qaytariladi yoki yo'naltiriladi. O'quvchilar darsning intellektual mazmuni uchun javobgar bo'lishlari uchun bir -birlari bilan gaplashishadi, izohlar va savollar sinf markaziga, professional o'qituvchiga qaytadi, muloqotga turtki har tomondan keladi.

O'qitishning bunday yondashuvi AQShning kichik maktablari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u 30 -yillarda kichik guruhlarda o'qitishning yangi tizimini joriy qilgan Filipp Exeter Akademiyasida yaratilgan (falsafiy nomi Edvard Harkness).  U AQShning boshqa taniqli maktablari (Andover, Lawrenceville va boshqalar) orasida tarqaldi va hozirda Amerika xususiy maktablarida stolga o'tirib o'tkaziladigan seminarlar o'tkazishda keng tarqalgan va bu Britaniya ta'limi mazmunidir.

Afzalliklari

Bu usul o'quvchi va talabalarga ma'suliyat yuklaydi, mustaqillik va tanqidiy fikrlashni talab qiladi, u hamkorlik va konstruktiv munozara orqali ishlaydi (ochko to'plash emas) va shuning uchun biz o'quvchilarimizdan talab qilinadigan ko'plab intellektual va ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantiradi.  Harkness usulida muvaffaqiyat qozonish uchun o'quvchi yaxshi tinglovchi, mutafakkir, hamdard, badiiy his etish va tortinmaslik, yuqori intellektual bo'lishi kerak. Bu afzalliklarning barchasini hisobga olgan holda, Harknessni keng miqyosda joriy etish ochiq va akademik madaniyatni rivojlantirishni istagan har qanday ilg'or maktab uchun yaxshi natija beradi.

Biroq, Harknessni qo'llashdan oldin, maktablarimizning ta'lim madaniyatidan kelib chiqib, uni qanday qabul qilinishiga asoslanib, bir nechta to'siqlarni yengib o'tish kerak.

Harkness ko'nikmalarga va jarayonga asoslangan, asosan o'quvchilarning o'quv muhitida o'zini qanday tutishiga e'tibor qaratadi, Buyuk Britaniya ta'lim tizimida esa ishlash va natijalarga e'tibor qaratiladi.  AQSh maktablarida o'qitish aniq va u tashqi baho bilan bog'liq emas.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
​​O'quvchilar xotirasini kuchaytiruvchi o'yinlar

Ob'ektlarni yodlash o'yini

Ushbu o'yin kimyo, fizika, texnologiya fanlarida qo'l keladi. Tegishli vositalar va materiallar bilan o'quvchilaringizni yangi mavzuni tanishtirishning qiziqarli usulini izlab yurgan bo'lsangiz — bu usul aynan siz uchun!

O'tkazilishi

Sinfdagi stolingiz ustiga kamida 15 xil ob'ektni joylashtirasiz va o'quvchilar ularni ma'lum vaqt oralig'ida o'rganadilar.Vaqt belgilashda o'quvchilarning yoshidan kelib chiqasiz. O'quvchilardan ular haqidagi tavsilotlarni eslab qolishlarini so'rang.

Shundan so'ng ob'ektlar ustini yoping va bolalardan bu jihozlardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi haqida so'rang. Yoki proyektor ekranida tasvirlarni ko'rsatib, takrorlashlarni tashkil etishingiz ham mumkin.

"Gapni tugating'' o'yini

Siz ushbu o'yindan o'quvchilarni so'z yodlash va diqqatlarini jamlash ko'nikmasiga o'rgatish uchun foydalanishingiz mumkin. Doskaga jumlaning yarmini yozasiz, o'quvchilar uni davom ettiradilar. Masalan, "Men ta'tilga ketyapman" kabi gapning yarmini yozib, ikkinchi yarmi uchun bo'sh joy qoldiring.

Birinchi raqamdagi o'quvchi doskaga chiqib, “Men taʼtilga ketyapman va itimni o'zim bilan olib ketaman” kabi biror fikrni qoʻshadi. Shundan so'ng, har bir o'quvchi o'zining fikrini kiritishdan oldin avvalgi gapni tugatadi.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
#Bilasizmi

Quyidagi pedagogika taʼlim sohasining 6 ta taʼlim yo‘nalishida o‘qish muddati amaldagi qonunchilikka ko'ra 3 yil etib belgilangan.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ingliz tili o'rganishni endi boshlaganlar , albatta, bu insonning kitobiga murojaat qiladi. Chunki bu muallifning kitobida ingliz tili grammatikasi nihoyatda qiziq va sodda tarzda ifoda etilgan.

Reymond Murfi 1946-yil 3-oktabrda Buyuk Britaniyada tug'ilgan. 17 yil davomida Germaniya va Buyuk Britaniyada (Birlashgan Qirollik) ingliz tilidan talabalarga saboq bergan. Aynan eng taniqli kitobi "qizil rangli murfi" kitobi 1988-yildan boshlab nashrdan chiqa boshlagan. Va shundan buyon 5ta yangi tahrirdagi nashrlarda chiqarildi hamda ko'plab xorijiy talabalar mehrini qozondi.

📕 U quyidagi eng mashhur ommabop kitoblar muallifi hisoblanadi:
Essential Grammar in Use, English Grammar in Use, Basic Grammar in Use (US English), Grammar in Use (US English)

🔔😃 Agarda siz ham bu muallifning kitobidan foydalangan bo'lsangiz bitta layk bosishni unutmang!

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

LMS platformasidagi diagnostika testidan ko'zlangan maqsad...

_“Uzluksiz kasbiy ta’lim
platformasida malaka oshirishni boshlayotgan har bir tinglovchi, avvalo, diagnostika testini topshirishi lozim bo’ladi.

Diagnostika testi yo'nalishlari o'qituvchining kasb standartidan olingan bo’lib, u yerda 8 ta kompetensiya/ko'nikma belgilangan. Pedagogga shu asosda birinchi tashxis qo'yiladi, keyin o'qitiladi. Shundan so'ng dastlabki o'qishni boshlagan holati va yakunlangandan so'ng erishilgan natija solishtiriladi.

Yangi malaka oshirish tizimining o’ziga xos jihati shundaki, har bir pedagog xodim o’zi bilgan fan sohasidagina emas, balki kasbiy ehtiyojidan kelib chiqqan holda malaka oshiradi. Ya’ni matematika o’qituvchisi faqat matematika fani bo’yicha emas, ayni paytdagi fandagi yangiliklar, axborot kommunikatsion texnologiyalari savodxonligi (*
bugungi kunning eng dolzarb va muhim talablaridan), shuningdek metodik, iqtisodiy, huquqiy va shu kabi ehtiyojlari asosida malaka oshiradi.

Savollar 36 ta turli yo’nalishlar bo’yicha tuzilgan testlardan iborat bo’lib, uning natijasi faqatgina o’qituvchining bilim bo’shliqlarini aniqlash hamda shu asosida kerakli kurslarni tavsiya etishdan iboratdir. Test natijasi tinglovchiga hech qanday kredit ballarni taqdim etmaydi. Diagnostika testi har yili malaka oshirish kontentlari kabi yangilanadi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#hikmatlar

Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi.

✏️ Jaloliddin Rumiy

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⌨️ Noutbuk kerakmidi? Mana sizga olam-olam noutbuk!

👨‍💻 Noutbuk sotib olish bunchalik oson bo'lmagan. Shunchaki @noutbuk_noutbook_notebook_laptop kanalimizga obuna bo'ling, o'zingizga yoqqan noutbukni tanlang va qo'ng'iroq qiling!

🛠 Barcha turdagi ehtiyot qismlari ham mavjud

1 million Uzbek coders sertifikati bo'yicha foizsiz noutbuk beriladi

3, 6, 12 oyga faqat pasport evaziga bo'lib to'lashlikka ham o'zbekiston bo'ylab qiberamiz

🚕 Ha, albatta, bizda bepul yetkazib berish xizmati ham bor!

😉 Kanalimizga o'tavering, kelishtirib beramiz:👇👇👇

@noutbuk_noutbook_notebook_laptop

☎️ +998970402661
       +998900562661

🔔 Adminga murojaat: @hero2424
​​"Scatter-gories" o'yini
                                               
Ushbu qiziqarli o‘yin  o‘quvchilaringizni “qutidan tashqari” o‘ylashga majbur qiladi  va bir qator mavzular bo‘yicha bilimlarini qayta ishlashga undaydi.

Kerakli resurslar: qog‘oz parchalari, qalam, ruchka va mavzuga oid tushunchalar ro‘yhati . Masalan , Yer va kosmik ob’yektlar mavzusi uchun jismlar, toshlar, relf shakllari, ob-havo, quyosh tizimi tushunchalari ishlatiladi.

O‘tkazilish tartibi: o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratib oling va ulardan qog‘ozdagi tushunchalarni yozib olishlarini so‘rang. A dan Ng gacha bo‘lgan tasodifiy harflarni tanlang va o‘quvchilarga tushunchaga qarab, 1-2 daqiqagacha vaqt bering. O‘quvchilar har bir tushuncha uchun shu harfdan boshlanadigan so‘z o‘ylab topishlari kerak. Belgilangan vaqt tugagandan so‘ng, to‘g‘ri javoblar uchun ball qo‘ying. Agar 2 jamoa ham tushunchaga bir xil so‘z yozsalar, unda hech kim ball olmaydi. O‘yinni turli harflar bilan takrorlang.     
       
Masalan:
Mavzu : Yer va kosmik ob’yektlar  (M harfi )
Toshlar : metamorfik
Relf shakllari: materik do‘nglik (megarelyef)
Ob-havo: momaqaldiroq
Quyosh tizimi: Mars

Eslatma: agar sinfda o‘quvchilar oz bo‘lsa, ular jamoada emas, yakka tartibda ishlashlari mumkin.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
2024/11/15 17:49:00
Back to Top
HTML Embed Code: