Telegram Web Link
#yangiliklar

Informatika fani o'qituvchilariga GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati uchun ustma to'lashda davom etiladi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi matbuot xizmatining GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati haqida quyidagilarni ma'lum qildi:

GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati bekor qilinganligi va unga to‘lanadigan ustama pullari to‘lab berilmasligi yuzasidan sizlardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlarga javoban, to‘lovlar to‘xtatilmagani, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan informatika fani o‘qituvchilariga ustamalar mazkur sertifikat olingan davrdan boshlab belgilangan tartibda to‘lab berilishini ma’lum qilamiz.

Ushbu sertifikat uchun to‘lovlar faqat Informatika fani o‘qituvchilariga tatbiq etilib, GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati uchun boshqa fanlardan dars beradigan o‘qituvchilarga ustama to‘lanmasligi bo‘yicha qonuniy ko‘rsatma berilgan.

©️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

DUSHANBA kunidan navbatdagi fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslariga start beriladi

🗓 6-mart soat 14:00 dan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 6 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlanadi:

➡️ Ingliz tili
➡️ Ona tili
➡️ Davlat tili (o'zbek)
➡️ Rus tili
➡️ Geografiya

📔 Malaka oshirish tarixida ilk bor ta'lim tili tojik tilida olib boriladigan umumta'lim maktablari uchun kontentlar yaratilib, platformaga joylashtirildi. Ayni paytda boshlang'ich ta'lim (sinfhoyi ibtidoyi) yo'nalishining tojik tili kontentlari faollashtirildi.

🖊 Shuningdek, fizika, matematika, kimyo, biologiya fanlaridan rus tilida tayyorlangan malaka oshirish kurslariga ham start berildi.

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
71%
Tanovul qilmoq
29%
Tanavul qilmoq
​​#metodik_tavsiya

Baholashda nimalarga e'tibor qaratish kerak?

O'quvchining o'zlashtirish darajasi faqatgina siz mavzuni qanchalik tushuntira olishingizga bog'liq emas. Baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali siz o'quvchilar aynan nimani yaxshi o'zlashtirayotganini, kimda qanday kuchli va zaif tomonlar borligini aniqlaysiz. Kelgusi faoliyatingizni shunga qarab tashkillashtirasiz. O'quvchining o'zi ham siz bergan topshiriqdan keyin nimaga ahamiyat qaratishi kerakligini anglab yetadi. Mana shu jarayonni unumli tashkillashtirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim.

Vaqt:
- topshiriq uchun ajratilgan vaqt
- belgilangan vaqt: boshlanish va tugash vaqti

Kutilgan natija:
- masalan, natija toʼliqligi yoki biror yechim namunasini qay darajada ko'rsata olganligi

Baholash mezonlari:
- Koʼp balli sistema boʼyicha
- Ogʼzaki savol-javob orqali
- Savolga berilgan javoblardan tashqari, oʼquvchi oʼzini qanday tutishi, reaksiyasi va muloqot qobiliyatlarini aniqlash

Muammo: yozma imtihonga nisbatan ogʼzaki imtihon oʼquvchi uchun psixologik jihatdan qiyinroq boʼladi.

Oʼquvchining natijasi oʼqituvchining savol berish tarziga bevosita bogʼliq:
- tushunarlilik
- bir maʼnolilik
- suhbatning ogʼir-bosiq, ishonch bildiruvchi ohangda olib borilishi
- oʼquvchi savollarga javob berishda qiynala boshlasa, osonroq savollar berilishi

Agar og'zaki imtihon olmoqchi bo'lsangiz:
Imtihon oluvchining subyektiv yondashuvini ( kayfiyati, yoqtirish yoki yoqtirmasligi ...) oldini olish uchun
- Аsosiy savollar va mazmun elementlari yozma ravishda rejalashtirilishi kerak
- Javoblar oldindan asosiy soʼzlar yordamida belgilangan boʼlishi kerak

Quyidagi baholash mezonlaridan iborat baholash formulalari ishlatilishi kerak:
- Toʼgʼri
- Qisman toʼgʼri
- Yordam berilgandan keyin toʼgʼri
- Xato
- Javob yoʼq

Baholashda yo'l qo'yiladigan xatolar:
- Xayrixohlik xatosi
- Kontrast xatosi (Kontrast – ikki narsa orasidagi keskin farq. Masalan, bolalar oʼzlashtirishidagi mayda farqlarni sezmaslik, ularga bir xil 4 qoʼyib ketaverish. Lekin, bola uyga vazifani oʼtgan safargidan yaxshi bajargan boʼlishi mumkin. Bu mayda muvaffaqiyat boʼlsa, oʼqituvchi sezmay oʼtishi mumkin.)
- Oʼrtacha baho berish xatosi
- Oʼz fikrini oʼzgartirmaslik xatosi
- Yoqtirmaslik xatosi
- Bir marta qolgan taassurot xatosi
- Kayfiyat xatosi

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
#yangilik

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Ilgari sobiq Prezident taʼlim muassasalari agentligi matbuot kotibi lavozimida ishlagan Sobirova Dilfuza Azimjonovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ПЕДАГОГЛАРНИ ҲУҚУҚИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШГА ҚАРАТИЛГАН КАНАЛ

Мазкур каналда малакали юрист (адвокат)лардан таркиб топган жамоа ўқитувчиларимизни қийнаб келаётган долзарб саволларга жавоб бериб келмоқда. Жумладан:

Ўқитувчиларга уй-жой сотиб олишда субсидия бериладими?

Кимларга 50 фоизгача устама берилади?

Қайси тоифа ўқитувчиларига икки ҳисса ҳақ берилади?

Кимлар икки лавозим маоши миқдорида моддий ёрдам олиши мумкин?

5 060 000 сўм пул мукофотини қайси тоифадаги ходимлари олиши мумкин?

Жамоа адлия вазирлиги эътирофига сазовор бўлган.

Пастдаги каналга аъзо бўлиб бемалол боғланишингиз мумкин👇

@yuristlar_maslahati
#LMS_haqida

Profil faqat boshqalar nomidan kirishga urinilganda bloklanadi

Hurmatli ustozlar!
Platformada o'z profilingizga kirish jarayonida sizda shunday xabar chiqsa, demak siz boshqa profil egasi nomidan kirishga uringan bo'lasiz. Bunda qay maqsadda kirilganligining aslo ahamiyati yo'q.

Har bir tinglovchimizning platformadagi faoliyati to'liq nazoratga olingan. Bu mehnatkash fidoyi ustozlar uchun emas, balki o'z ustida ishlash niyati yo'q ayrim "pedagog"lar uchun yaratilgan. Ular o'tgan yili malaka oshiruvchilarning 4% ni tashkil qilgan. Bu yil ushbu raqamni keskin tushirish asosiy maqsadimiz.

Ha, aytgancha, xabarda ko'rsatib o'tilganidek 228-modda nima ekanligini bilib qo'ygan foydadan holi bo'lmaydi.

👉 228-modda to'liq matni: https://lex.uz/docs/-111453

Mehnatkash o'z ustida doimiy ishlab izlanuvchi ustozlarimiz bizning jamoa uchun doimo ardoqlidir.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ob_havo

Sinoptiklar bugun havo harorati 30 darajagacha ko‘tarilishini bashorat qilishmoqda

“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechka tomon yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

Savol: Hozirgi vaqtda onlayn malaka oshirishda qaysi fanlar faollashtirilgan?

Javob: Ayni paytda "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun quyidagi fanlar yo'nalishidagi malaka oshirish kurslari faollashtirilgan:

➡️ Kimyo;
➡️ Biologiya;
➡️ Fizika;
➡️ Informatika va axborot texnologiyalari;
➡️ Matematika
➡️ Nemis tili
➡️ Fransuz tili
➡️ Davlat huquq asoslari
➡️ Tarix
➡️ Musiqa
➡️ Tarbiya

🗓 6-mart sanasidan boshlab esa "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 6 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlandi:

➡️ Ingliz tili
➡️ Ona tili
➡️ Davlat tili (o'zbek)
➡️ Rus tili
➡️ Geografiya

Malaka oshirish tarixida ilk bor ta'lim tili tojik tilida olib boriladigan umumta'lim maktablari uchun kontentlar yaratilib, platformaga joylashtirildi. Ayni paytda boshlang'ich ta'lim (sinfhoyi ibtidoyi) yo'nalishining tojik tili kontentlari faollashtirildi.

🖊 Shuningdek, fizika, matematika, kimyo, biologiya fanlaridan rus tilida tayyorlangan malaka oshirish kurslariga ham start berildi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tayyorlangan bayram tabrigi.
#bayram

Aziz ayollar sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz. Doimo shu gullardek go‘zallik ifori sizni aslo tark etmasin!

Hurmat bilan
Raqamli pedagogik xizmatlar
Jamoasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gettutor – xususiy repetitorlik xizmatlarini taqdim etuvchilar (o‘qituvchilar) va ushbu xizmatdan foydalanuvchilar (o'quvchilar) uchun qulay va zamonaviy platformadir.

Platformadan foydalanish uchun ro'yxatdan o'ting va albatta foydalanuvchi anketasini to'ldiring!

Barchasi oddiy va qulay!

https://www.tg-me.com/+Tp7t0JybnNUxM2Iy
https://www.gettutor.uz/
#LMS_haqida

🇷🇺Rus tili fani pedagoglari diqqatiga!

Ayni paytda platformada umumta'lim maktablarida o'tiladigan rus tili (o'zbek va qardosh tillarda) bo'yicha kontentlar faollashtirilgan.

Biroq ko'pchilik ustozlarimiz ro'yxatdan o'tish jarayonida rus tili va adabiyoti yo'nalishini tanlaganliklari uchun ko'pchilikda tushunmovchiliklar paydo bo'lmoqda va aynan shu ustozlarimizda o'z fanlari bo'yicha kontentlar faollashmagan.

☝️Agarda siz bilan ham shunday chalkashlik yuz bergan bo'lsa, ya'ni siz o'zbek va qardosh tillardagi umumta'lim maktablarida rus tilidan dars bersangiz, biroq platformada ro'yxatdan o'tishda rus tili va adabiyoti yo'nalishini tanlagan bo'lsangiz A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining murojaatlar chatiga o'z faningizni rus tili va adabiyoti yo'nalishidan ➡️ rus tiliga (o'zbek va qardosh tillarda) o'zgartirish bo'yicha murojaat yo'llang.

➡️ Rus tili va adabiyoti yo'nalishi ham qisqa muddatda faollashtirilishini ma'lum qilamiz.

👉 Onlinedu. uz|Rasmiy 24/7 Chati: http://www.tg-me.com/joinchat-UthvxcGuRTIyMjZi

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʼshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Umumiy oʼrta taʼlim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning soʼnggi oʼqish kuni boʼlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanadi.

©️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza

Umumxalq xayriya hashari 2023-yil 11-martdan 18-martga ko‘chirilibdi. Eng qizig'i bu haqida 10-mart kuni 19:20 atrofida maʼlum qilindi.

Qaysidir jihati anomal davrni esga soldi 😄

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ ЭРТАГА ОНЛАЙН ТЕСТ! ЮТУҚ: 2 МИЛЛИОН СЎМ!

📆 Эртага, 12 март куни Oliygoh.uz платформаси ва University of Management and Future Technologies олийгоҳи ҳамкорлигида Республика миқёсидаги кенг қамровли навбатдаги 30-онлайн диагностик имтиҳонга старт берилади.

Ажойиб имконият: Ўқитувчи ва ўқувчиларга максимал тарқатинг! Сиз педагог бўлсангиз ўз ўқувчиларингизни албатта қатнаштиринг, хам билимни синаб, хам пул ютиб олиш имконияти хар доим хам бўлавермайди!

Онлайн имтиҳон худди ДТМ стандартида ташкил этилиб, барча фанлардан кириш имтиҳонлари андозасидаги 5 БЛОКЛИ тест саволлари тақдим этилади.

💰 Умумий соврин: 2 млн сўм
📊 Ғолиблар сони: 40 нафар
🔥 Имтиҳонда қатнашиш: БЕПУЛ

Маълумот учун, UMFT Университети - халқаро стандартлар асосида ИТ, иқтисодиёт, молия ва бизнес бошқаруви соҳаларида кадрлар тайёрловчи Республикадаги йирик нодавлат олий таълим муассасаларидан биридир.

📚 БЛОК ТЕСТ барча фанлардан бўлиб ўтади. Ўзингизга мос йўналишни танланг:

👉 Ҳуқуқ + Инглиз тили
👉 Инглиз тили + Математика
👉 Инглиз тили + Она тили
👉 Кимё + Биология
👉 Математика + Инглиз тили
👉 Математика + Она тили
👉 Математика + Физика
👉 Она тили + Инглиз тили
👉 Она тили + Математика
👉 Она тили + Тарих
👉 Тарих + География
👉 Тарих + Инглиз тили
👉 Тарих + Она тили
👉 Биология + Она тили
👉 Биология + Кимё
👉 Кимё + Математика
👉 География + Математика
👉 Бошқа йўналишни танлаш

Тестнинг афзалликлари:

ДТМ стандартидаги саволлар
Асосий фан + мажбурий фанни танлаш
Барча фанлардан блок тест
Тўғри жавоблар таҳлили
Умумий натижалар мандати
Тест якунида барчага сертификат
Пул ютиб олиш имкони.

☝️Енг муҳими, тест якунида қайси олийгоҳга киришингиз мумкинлиги ҳақида таҳлилий маълумотлар берилади.

👨🏻‍💻 Тестга рўйхатдан ўтиш:
👉 Рўйхатдан ўтиш
👉 Рўйхатдан ўтиш
​​"Scatter-gories" o'yini
                                               
Ushbu qiziqarli o‘yin  o‘quvchilaringizni “qutidan tashqari” o‘ylashga majbur qiladi  va bir qator mavzular bo‘yicha bilimlarini qayta ishlashga undaydi.

Kerakli resurslar: qog‘oz parchalari, qalam, ruchka va mavzuga oid tushunchalar ro‘yhati . Masalan , Yer va kosmik ob’yektlar mavzusi uchun jismlar, toshlar, relf shakllari, ob-havo, quyosh tizimi tushunchalari ishlatiladi.

O‘tkazilish tartibi: o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratib oling va ulardan qog‘ozdagi tushunchalarni yozib olishlarini so‘rang. A dan Ng gacha bo‘lgan tasodifiy harflarni tanlang va o‘quvchilarga tushunchaga qarab, 1-2 daqiqagacha vaqt bering. O‘quvchilar har bir tushuncha uchun shu harfdan boshlanadigan so‘z o‘ylab topishlari kerak. Belgilangan vaqt tugagandan so‘ng, to‘g‘ri javoblar uchun ball qo‘ying. Agar 2 jamoa ham tushunchaga bir xil so‘z yozsalar, unda hech kim ball olmaydi. O‘yinni turli harflar bilan takrorlang.     
       
Masalan:
Mavzu : Yer va kosmik ob’yektlar  (M harfi )
Toshlar : metamorfik
Relf shakllari: materik do‘nglik (megarelyef)
Ob-havo: momaqaldiroq
Quyosh tizimi: Mars

Eslatma: agar sinfda o‘quvchilar oz bo‘lsa, ular jamoada emas, yakka tartibda ishlashlari mumkin.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Sizning maktabingizda har safar oylik tushgandan so'ng direktor tomonidan turli bahonalar bilan "yig'di-yig'dilar" bo'lib turadimi?
Anonymous Poll
22%
ha, tez-tez yig'ib turamiz
35%
ora-orada, lekin arzirli sabab bo'lsa
44%
yo'q, bizda umuman yig'ilmaydi
#yangiliklar

O’qituvchi ham maktabga bolani uraman deb kelmaydi

Toshkent shahri Yashnobod tumani 152-sonli maktabdagi 2-mart kuni 8-sinf o‘quvchisi bilan sodir bo‘lgan, ya'ni o’qituvchi o’quvchilarni kaltaklagani yuzasidan ayni paytda vazirlik tomonidan tuzilgan ishchi guruh o’rganish ishlarini olib bormoqda. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati ham rasmiy munosabatni e’lon qildi.

Bu safargi bayonot ancha qoniqarli berilibdi. Chunki ishni tezda "bosdi-bosdi qilish"ga harakat qilinmagan. Aksincha, holat yuzasidan ikki tomonning davolari ko’rib chiqilib, undan keyin chora ko’rilishi ma’lum qilinibdi. Voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib boramiz.

➡️ Voqea tavsilotlari haqida batafsil bu yerda: https://kun.uz/01018303

➡️ https://www.tg-me.com/ToshkentshaharXTBB/22524

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 07:26:08
Back to Top
HTML Embed Code: