Telegram Web Link
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida kredit ballarini to'plash tartibi

Pedagoglarimiz sertifikat olishlari uchun 8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida belgilab berilgan (9+2+2+1+1+1+1+1) minimum 18 kredit ball to‘plashlari kerak bo‘ladi. 18 kredit to'plangandan so'ng platformaning MALAKA OSHIRISH degan qismida SERTIFIKATNI OLING degan tugma chiqadi.

8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida bir nechta variativ kurslar joylashtirilgan. Ya'ni shu moduldagi istalgan bitta kursni o'qib, minimum kredit olishlari yetarli. Agarda pedagog xodim 7 ta moduldagi kursdan bir qancha kurslarni o'qib, aytaylik, 20 kredit ball jamlagan taqdirda ham tizim unga sertifikat taqdim etmaydi. Chunki u hali bitta modul uchun minimum kreditni to'plamadi. Shunga ko'ra, 8 ta moduldagi kurslardan tanlov asosida bittasini o'qib, tegishli 18 kreditni to'plashi lozim.

Qaytaramiz, agarda bitta moduldagi kurs bajarilmagan taqdirda, tizim sertifikat taqdim etmaydi. 18 kredit ball — sertifikat olish uchun belgilangan eng minimum ball. Bir nechta variativ kurslarni o'qib, hatto 30 kredit balldan ham yuqori to'plash mumkin. Bu tomoni endi pedagogning ixtiyorida. Sertifikat uchun 18 kredit ball to'plash kifoya.

Shuningdek, agar pedagog 25 kredit ball to'plasa ham, bu kredit ballari faqat joriy yil uchun amal qiladi. Keyingi yilga o'tkazilmaydi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Nega o'smirlar isyon qiladilar?

Agar bolani ijobiy tarbiya usullari bilan o'stirgan bo'lsangiz, balog'atga yetgan bola o'z "men" ini shakllantirish uchun isyon qilishga majbur bo‘lmaydi.

Baxt o'yin davomida o'rganiladi. 7-14 yoshli bolalarni o'yin va xursandchilik bilan siylash kerak. Bunday bolalar kelgusida sidqidildan mehnat qilishga o'rganadi. Agar bola yaxshi o'qishi va uy vazifalarini bajarishi uchun ortiqcha bosim o'tkazilsa, u hech qachon baxtli bo'lish va quvonishni o'rganolmasligi mumkin.

14-21 yoshli o'smirga do'stlarining ko'magi zarur. Aynan shu davrda atrofdagi tengdoshlarning bolaga ta'siri kuchayadi. Agar ota-onalar shu paytgacha farzandlari bilan mustahkam rishta o'rnatmagan bo'lsalar, bola tengdoshlaridan ko'mak qidirishi va salbiy ta'sirlar ostida qolishi mumkin

Bolalikda yetarlicha erkinlik berilmagan bo'lsa, bola balog'atga yetganda isyon qilishga moyil bo'ladi. Buyurishdan avval hamkorlik o'rnating, o'smirning nimadan noroziligini eshiting va fikriga hurmat bilan yondashing.

Jon Grey, mashhur psixolog, olim va ijodkor

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
​​''Meni eshiting'' metodi

Chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi Yan Amos Komenskiy oʻquvchilarni darsga har kuni eshikdan sanab kiritar edi. Biroq, bir qitmir oʻquvchi har doim eshikdan emas, derazadan kiradi. Komenskiy unga umuman eʼtibor bermaydi. Kunlarning birida bola oʻz harakatidan oʻzi zerikib, sinfdoshlari qatori darsga eshikdan kirmoqchi bo'ladi. Shunda Komenskiy “Sening kirish yoʻling bu yer emas”- deb unga derazani koʻrsatadi. Bola qilgan ishidan pushaymon boʻlib yigʻlab yuboradi. U oʻzining shu paytgacha notoʻgʻri harakat qilganini anglab yetgan edi...

Taʼlimda bolaning xatosini oʻziga anglatish uchun pedagog kuchli psixolog va sabrli boshqaruvchiga aylanishi muhim. Quyida eʼtiboringizga havola etiladigan metod, darsda tinch oʻtirmaydigan bolalar uchun , yoki ilk marotaba boshlanayotgan fan oldidan barcha sinflarda qoʻllash uchun tavsiya etiladi.

“Meni eshiting” texnologiyasi

Oʻqituvchi oʻquvchilarni oʻtirgan joylarida ikki guruhga boʻlib oladi. Yaʼni, oʻng tomonda oʻtirgan oʻquvchilar va chap qanotda oʻtirgan oʻquvchilar. Oʻng tomonda oʻtirgan oʻquvchilardan tashqariga chiqishlarini iltimos qiladi va nazoratni oʻz qoʻliga oladi. Tashqariga oʻng qanot oʻquvchilarini olib chiqib ketib, ularga “Hayotingizda roʻy bergan eng quvonchli voqeani partadoshingizga aytib bering”, deb topshiriq beradi. Ichkarida qolgan oʻquvchilarga esa, “Sherigingiz kirib sizga gapirgan paytda unga umuman ahamiyat bermay, oʻz ishingiz bilan mashgʻul boʻling”, deb topshiriq beradi.

Ushbu metoddan soʻng, oʻqituvchi bolalarga qarata: “Men dars oʻtayotgan paytimda menga beeʼtibor boʻlishingiz, mening ham shunday qalbimni ogʻritadi”, deb aytadi. Natijada oʻquvchilar oʻqituvchi darsga kirgan paytda ularning eʼtiborsiz boʻlishlari, darsni tinglamasliklari oqibatini his qiladilar.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Қабул тугашига озгина вақт қолди. Шошилинг!

Охирги кунлар абитуриентлар учун кўплаб яхши янгиликлар тайёрлаб қўйганмиз!

Бакалавриат таълим йўналишларимиз (Сиртқи таълим шакли) ⬇️

Бошланғич таълим;
Мактабгача таълим;
Мусиқа таълими;
Психология (амалий психология);
Иқтисодиёт;
Молия;
Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар.

📣 Магистратура мутахассисликларимиз⬇️

Педагогика ва психология;
Таълим ва тарбия назарияси ва методикаси (Бошланғич таълим);
Таълим ва тарбия назарияси ва методикаси (Мактабгача таълим);
Таълим муассасаларининг бошқаруви;
Жаҳон иқтисодиёти;
Иқтисодиёт (тармоқлар ва соҳалар бўйича).

💻Онлайн ҳужжат топшириш: https://admission.nordicuniversity.org

☎️ Қўшимча маълумот олиш учун:
📞 +998955053300| @nordikedu
📞 +998955054400| @nordikedu

📌 Локация:https://goo.gl/maps/y71wnCd64nhvnepr8

🌐 Web-site | 🕊Telegram |📱Instagram | 📺YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#happy_lesson

📱 Matematika fani ustozlari uchun maxsus tayyorlanibdi. Qoyil amallardan ham ajoyib raqs chiqarkan. Mana haqiqiy kreativlik 👏👏👏

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar #LMS_haqida

📱2022-yili Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida:

45 ta
nodavlat umumiy o'rta ta'lim maktabi;
8 ta Sog'liqni salqash vazirligi tasarrufidagi maktab;
40 ta Sport vazirligi tasarrufidagi maktab;
16 ta Badiiy akademiya huzuridagi maktablarning jami 1911 nafar o'qituvchilari rejadan tashqari malaka oshirgan.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
​​"Bingo'' o'yini

Agar o‘quvchilaringiz bilim olishda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, albatta bu o'yinni darsda sinab ko'ring. Bingo—o'quvchiga motivatsiya beradigan tezkor va sodda o'yin.

Kerakli resurslar: doska, qalam yoki qog'oz va qalamlar, shuningdek mavzuga oid atamalar yoki tushunchalar ro'yxati, masalan, matematikada raqamlar, ona tilida fonetikaga oid asosiy so'z boyliklari, boshqa fanlarda ilmiy formulalar yoki ijtimoiy fanlarda tarixiy shaxslar.

O'tkazilishi: O‘quvchilardan qog'oz parchalariga(yoki o‘z taxtachalariga) 6x6 katakchani chizishlarini so'rang, so'ngra ushbu ro'yxatdan 6 ta so'z yoki rasmni tanlashni va katakchalarga yozishni so‘rang. So'ngra tasodifiy ro'yxatdagi so'zni ta'riflash uchun asosiy so‘zni tanlashingiz kerak va o'quvchilar bu so'zni o'zlarining tarmoqlaridan (agar mavjud bo'lsa) topib taxmin qilishlari kerak. Bitta o‘quvchi o'z katakchasini muvaffaqiyatli to'ldirguncha va "bingo!" deb qichqirmaguncha turli xil so'zlarni ta'riflashda davom eting va siz ketma-ket 3 marta  g'olib bo'lgan birinchi o'quvchiga  sovrinni topshirishingiz mumkin.

Eslatma: O‘quvchilar o'zlarining mavzuga oid javoblarini bingo tarmog'iga kiritishlari mumkin, ammo bu so'z tanlash noaniqligi tufayli siz uchun qiyinroq bo'ladi. Bundan tashqari, agar ko'proq vaqtingiz bo'lsa, u holda siz o'zingizning bingo doskalarini ushbu o'yinda ishlatiladigan lug'at yoki tushunchalar bilan yaratishingiz mumkin (qayta ishlatish mumkin).

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
#LMS_haqida

LMS platformasidagi yana bir yangi o'zgarish: videolarni oxirigacha ko'rish lozim bo'ladi

Videodarslarni ko'rayotganingizda yashil tugmachaga ko'zingiz tushganligi aniq. Xo'sh, bu nimaligini bilasizmi?

2022-yil davomida malaka oshirish jarayonida videodarslar bir nechta qismlarga ajratilgan hamda ular orasida pedagogning yangi egallagan bilimlarini mustahkamlash uchun test topshiriqlari joylashtirilgan edi. Shuningdek, tinglovchi uchun videodarsni qisqa fursatda oxirgi daqiqasiga o'tkazish imkoni ham yaratilgan edi.

Endilikda uzoq mashaqqatlar bilan yaratilgan videodarslarni qisqa muddatda oxirgi daqiqasiga surib, keyingi mavzuga o'tib keta olmaysiz. Har bir mavzuga yaratilgan video kontentni to'liq ko'rishingiz talab etiladi. (videoni o'tkazish imkoniyati mavjud emas) Keyingi safar aynan shu videodars tomosha qilinganda esa istalgancha qayta o'tkazish funksiyasi faollashadi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#yangiliklar

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 4-5-mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-11- va 13-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

📍 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

©️ Bilim va malakalarni baholash agentligi

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Darsim zerikarli o'tmasin desangiz...

Darslaringizni interaktiv qiling.

An’anaviy sinf xonasida o‘qituvchi xonaning oldida turadi va  tinglovchilarga ma’ruzalar qiladi. Afsuski, bu o'quvchilarning qiziqishini oshirishning samarali usuli emas. Kreativ fikrlab, interfaol bo‘ling, har qadamda o'quvchilarni qamrab oladigan amaliy, kooperasion o‘quv mashg‘ulotidan foydalanib ko‘ring, bunda har bir o‘quvchi guruh faoliyatida  o‘ziga tegishli  roli bo‘ladi. Yoki o‘zingiz yaratgan dars o‘tish usulingizni ilmiy tajriba qilib ko‘ring. Agar siz o'quvchilarni jalb qilsangiz va darslaringizni interfaol qilsangiz, darsingiz yanada qiziqarli bo‘ladi.

Materiallarni o‘quvchilaringiz hayoti bilan bog‘lang.

O‘quvchilaringiz o‘rganayotgan narsalar bilan haqiqiy aloqani yaratishga harakat qiling. Bu ularga nima uchun siz o‘rgatayotgan narsalarni bilib olishlari kerakligini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Agar ular bu mavzuni nimaga o‘rganish kerakligini sizdan  so‘rashsa, siz doim ularga  quruq, yuzaki  ma’lumot bilan javob bersangiz, tez orada ularning ishonchni yo‘qotasiz. Buning o‘rniga, ularga, masalan, "Siz pul haqida o‘rganyapsiz, chunki haqiqiy hayotda siz qanday qilib oziq-ovqat sotib olishni va ehtiyojlar uchun to‘lov to‘lashni bilishingiz kerak" kabi aniq javob berishga harakat qiling. To‘g‘ri javob berish bilan siz ularga sinfda o‘rganayotgan narsalari kelajakda ushbu ma’lumotlardan real hayotda qanday foydalanishlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga yordam berasiz.

✓Darslaringizni muzokaraga aylantiring.

Mustaqil ta'lim atamasi 2012 yilda keng qamrovda ta’lim olamiga kirgandan beri ommalashib bormoqda. Birinchi marta taqdim etilganida, o‘quvchilar uyda yangi ma’lumot olishlari, keyin esa maktabga kelib, dars vaqtini tanqidiy fikrlash uchun ishlatishlari mumkinligi haqidagi fikr paydo bo‘ldi, harakatlar va konsepsiyalarni mustahkamlashda noyob usul edi. Ko‘plab o‘qituvchilar ushbu strategiyadan foydalanadilar va ijobiy natijalarga erishmoqdalar. Ushbu usulda o‘qitilgan sinfdagi o‘quvchilar o‘z qobiliyatlari tezligida ishlashlari mumkin (bu differensial o‘rganish uchun juda qulay) va o‘z tengdoshlari bilan sinfda bo‘lganlarida yanada interfaol va mazmunli tarzda darsga qatnashishlari mumkin. Keyingi darsingiz uchun boshqa o‘qitish strategiyasidan foydalanishga harakat qiling va o‘quvchilaringiz unda qanchalik chuqur ishtirok etishini kuzatib boring.

Qutidan tashqarida o‘ylang.

Dars rejalarida o'quvchilar o'z yozuvlarni qayta-qayta yozib o'tiradigan konspektlar yoki ma’ruzalar bo‘lishi shart emas. Qutidan tashqarida o‘ylab ko‘ring va umuman odatiy bo‘lmagan darsni rejalashtiring. Mehmon ma’ruzachini taklif qiling, safarga olib boring yoki ochiq havoda dars uyushtiring. Siz yangi va o'zgacha texnikalarni sinab ko‘rsangiz,o‘quvchilaringiz ijobiy javob berishlari uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ladi. Darsni rejalashtirayotganda, boshqa o‘qituvchi bilan hamkorlik qilishga yoki o‘quvchilaringizni virtual maydonga olib borishga harakat qiling.
O‘quvchilaringizni darsga jalb qila olgan o‘rganish usuli- eng samarali o‘rganish usuli hisoblanadi.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Как написать эссе и стать победителем: определилась дата открытого вебинара для участников Пушкинского конкурса

🗓 14 марта в 11:00 по московскому времени встречаемся в Zoom, вспоминаем отличительные особенности эссе как жанра, классическую структуру эссе, стиль изложения.

В прямом эфире мы рассмотрим, чем эссе отличается от сочинения-рассуждения, художественного рассказа и анекдота. Обсудим основные вопросы аргументации, чтобы при написании творческой работы выбрать именно те доводы, которые наиболее эффективно подтвердят выбранный тезис.

👩‍💼 Вебинар проведет эксперт в области обучения на русском языке Ксения Грушко. За время профессиональной деятельности Ксения проверила уже более 5 000 эссе, в том числе письменные работы кандидатов тестирования по русскому языку на уровень С1.

Ссылку для подключения опубликуем в нашем канале.

Напомним, чтобы поучаствовать в Пушкинском конкурсе, нужно написать эссе на заданную тему. Главный приз конкурса —поездка в Москву на 5 дней.

www.tg-me.com/class_news_channel
#yangiliklar

Sifatsiz narsa berib, sifatli ta'limni talab etish ham mantiqqa zid.

Rasmda ko'rib tuganingiz Qoraqalpog'iston Respublikasining Kegeyli tumanidagi 1, 8, 19 va 55-sonli umumtaʼlim maktablaridagi o‘rganish ishlari davomida aniqlangan kamchiliklar ekan. 🤦‍♂️

Kimdir tun-u kun mehnat qiladi, kimdir esa bitta harakat bilan uning mehnatini havoga uchiradi. Qanday yaxshi gʻoyani qadriga yetmaydigan yetkazib beruvchi tashkilotlar bor ekan.

📨 Manba

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturida maktab va maktabgacha ta'limga oid qanday vazifalar belgilandi?

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, ta’lim tizimi faoliyatiga doir qator yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda.

Jumladan:

2023-yil 1-sentabrdan boshlab
— har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

Batafsil:
👉 https://uzedu.uz/uz/news/922

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Osiyo Xalqaro Universitetida 13 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlarida hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Bakalavriat yo'nalishlari:

Pedagogika va psixologiya
Boshlang'ich ta'lim
Maktabgacha ta'lim
Ingliz tili va Adabiyoti
Tarix
Jismoniy madaniyat
Iqtisodiyot
Moliya
Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsevtika
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
Konchilik ishi

Magistratura yo'nalishlari:

❇️ Pedagogika va psixologiya
❇️ Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
❇️ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)


Bakalavrda o'qish: kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida
Magistraturada o'qish: kunduzgi va masofaviy ta'lim shaklida

✔️ Shuningdek, xorijdan o'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun 2-kursdan qabul mavjud.

Yo'nalishlar bo'yicha to'liq ma'lumot:
🌐 www.oxu.uz

Universitet bilan bog'lanish:
☎️ +998553050009

Universitet manzili:
👉 Lokatsiya

Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani
#yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi ilmiy jurnalining 2022-yilning ikkinchi soni nashrdan chiqdi

📝 Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan ilmiy jurnal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

📘Mazkur jurnalning 2022-yil 2-soni ham nashrdan chiqdi. Jurnalda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidagi mavjud muammolar, yechimlar va jahon taʼlimida kechayotgan tendensiyalarning ilmiy tahlillari keltirilgan.

👉 Jurnalning elektron shakli: https://avloniy.uz/uz/scientific-activity/2

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
​​”Kubik” metodi

Bu usul ko‘rilayotgan masalani turli tomondan, qadam-ba qadam, osondan qiyinga tomon yo‘nalishda tasavvur etish imkoniyatini beradi. Kubikning har tomoni muayyan topshiriqni ifodalaydi.

• Bu nima?

Ko‘rayotgan narsangizni rangi, o‘lchamlari, shaklini tasavvur eting va yozma ravishda ta’riflang.

• Taqqoslang!

U nimaga o‘xshaydi, nimadan farq qiladi?

• Assotsiatsiya

Taassurotingizni izohlang. U sizni nima to‘g’risida o‘ylashga majbur qildi, xayolingizga nima keldi?

• Tahlil qiling 

U nimadan va qanday yasalgan? Qanday qismlardan tashkil topgan?

• Qo‘llang

Bu nimaga yaraydi? Uni qayerda qo‘llash mumkin?

“Kubik” metodini o'tkazish bosqichlari:

✓Mavzu (tushuncha) e’lon qilinadi;
✓O‘quvchilar yakka tartibda ishlaydilar. Kubikning har bir tomoni uchun topshiriq berilib, 40-60 soniya tayyorgalik uchun vaqt ajratiladi.
✓Yakka tartibda ishlash tugagandan keyin guruhlarda muhokama qilinadi.
✓“Kubik”ning har bir tomonini guruh vakillaridan biri taqdimot qilib beradi.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
#bilasizmi

Bugungi kunda dunyoning qaysi mamlakatlarida davriylikka asoslangan tizim tugatilib, o‘qituvchilarning uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy etilgan va malaka oshirish uchun eng kam vaqt necha soat qilib belgilangan:

🇫🇮 Finlandiya
- kamida 30 soat/yil
🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlari - 30-40 soat/yil (shtatga bog‘liq)
🇨🇦 Kanada (baʼzi viloyatlarda) - 20 soat/yil
🇩🇪 Germaniya - kamida 30 soat/yil
🇯🇵 Yaponiya - kamida 30 soat/yil
🇸🇬 Singapur -33 soat/yil (3 yilda 100 soat)
🇹🇷 Turkiya - kamida 30 soat/yil
🇰🇷 Janubiy Koreya - 60 soat/yil
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya - 1 yildan oshiq tajribaga ega o‘qituvchilar uchun kamida 10 soat/yil, yangi o‘qituvchilar uchun 50 soatlik malaka oshirish kursi talab qilinadi
🇫🇷 Fransiya - 20 soat/yil (3 yilda kamida 1 marotaba 20 soatlik anʼanaviy talab etiladi)
🇦🇺 Avstraliya - kamida 20-40 soat/yil (hududlariga qarab)
🇳🇿 Yangi Zelandiya - kamida 20 soat/yil
🇮🇪 Irlandiya - kamida 20 soat/yil
🇩🇰 Daniya - 40 soat/yil (7-10 kunlik kurslar)
🇳🇴 Norvegiya - kamida 50 soat/yil (2 haftalik)
🇪🇸 Ispaniya - kamida 30 soat/yil
🇸🇪 Shvetsiya - kamida 20 soat/yil
🇨🇭 Shveysariya - 80 soat/yil
🇳🇱 Niderlandiya - kamida 32 soat/yil
🇧🇪 Belgiya - kamida 30 soat/yil
🇦🇹 Avstriya - kamida 15 soat/yil
🇪🇪 Estoniya - kamida 30 soat/yil
🇵🇱 Polsha - 30 soat/yil (5 yilda 150 soat)
🇱🇻 Latviya - 20 soat/yil (ikki yilda 40 soat)

🇱🇹 Litva, 🇨🇿 Chex Respublikasi, 🇸🇰 Slovakiya, 🇭🇺 Vengriya, 🇷🇴 Ruminiya, 🇧🇬 Bolgariya, 🇭🇷 Xorvatiya, 🇵🇹 Portugaliya, 🇨🇱Chili hamda qolgan davlatlarda ham yillik yuklama soatlari o‘rtacha 25-30 soatni tashkil qilmoqda.

♻️ Eng ko'p vaqt ajratilgan davlat Shvetsariya bo'lib, har yili pedagogning 80 soat malaka oshirishi talab etiladi. O'zbekistonda esa bu ko'rsatkich kamida 36 soat etib belgilangan. Polshada esa har besh yilda bir marta 150 soat vaqt amalda davom etmoqda.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

“Haftalik malaka oshirish qanchaga tushmoqda”…

“Ishonch” gazetasida chop etilgan achinarli “savdolashish” maqolasiga

🎙️ RASMIY MUNOSABAT

Institut tomonidan ishlab chiqilgan, xalqaro taʼlim ekspertlari tomonidan ijobiy baholangan bu platformada 36 soatlik malaka oshirish bir haftada emas, balki yil davomida etib belgilangan.

Yaʼni, o‘qituvchiga istagan vaqtda istagan joyidan istagi va vaqtiga qarab malaka oshirish imkoniyati yaratilgan. Bu vaqt ichida o‘z ustida ishlashni, izlanishni maqsad qilgan o‘qituvchi bemalol har qanday muammosiga yechim topib, malaka oshirishi mumkin.

✔️ Avvalo, yangi tizim joriy etilgandan so‘ng, platformani ishlab chiqish jarayonida 60 mingga yaqin pedagoglar tajriba sinovidan o‘tkazildi. Yaʼni, tizim hozirda faoliyat yuritayotgan pedagoglar salohiyatiga mos ravishda ishga tushirildi.

Ikkinchi bosqichda, tizimni to‘liq ishga tushirishdan oldin 14 nafar masʼul xodimlardan tashkil topgan ishchi guruh Respublikamizning barcha hududlarida pedagog-o‘qituvchilar uchun platformada ishlash bo‘yicha seminar treninglar olib bordi. Bunda 40 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar va AKTga masʼul xodimlar qamrab olindi.

Bu bilan, albatta, barcha auditoriyaga platformadan foydalanishni tushuntirish oxiriga yetkazilmadi.

✔️ Keyingi bosqichda esa shunday yondashuv qilindiki, barcha pedagog xodimlarga yordam berish maqsadida institutning 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan http://www.tg-me.com/joinchat-UthvxcGuRTIyMjZi telegram chati ishga tushirildi. Bu chatda platforma bo‘yicha tayyorlangan trenerlar maxsus grafik asosida pedagoglarning barcha savollariga javob berib, yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Tizim ishga tushirilgan so‘ng bu telegram chatda bir yil davomida 250 mingga yaqin pedagog xodimlarga platformadan foydalanish bo‘yicha yordam ko‘rsatildi, savollariga javob berilib, muammolari yechildi. Telegram chatning statistikasiga ko‘ra, bugungi kunga qadar mazkur chat orqali 783 ming marotaba xabar almashilgan. Undan tashqari telagram chat orqali yil davomida har kun soat 17-00 dan boshlab, to murojaatlar yakuniga yetkunga (baʼzan tungi 12-00) qadar jonli video muloqotlar olib borilib, bunda ham ko‘plab ustozlarning savollariga javoblar hamda platformadagi imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda. Bu video muloqot ayni kunlarda ham tashkil etilmoqda.

Butun auditoriyani qamrab olish maqsadida platformadan foydalanishni pedagog xodimlarga tushuntirish uchun navbatdagi, yaʼni to‘rtinchi bosqich amalga oshirildi. Bunda platformada ro‘yxatdan o‘tib, to sertifikat olishgacha bo‘lgan jarayon platformani o‘zidan ko‘rsatib, video yo‘riqnomalar ishlab chiqildi va telegramda maxsus kanalga (https://www.tg-me.com/video_yoriqnoma), institutning rasmiy telegram kanali https://www.tg-me.com/avloniyuz ga hamda platformadagi “Videoyo‘riqnomalar” rukniga joylashtirildi. Bugunga qadar mazkur yo‘riqnomalarning jami ko‘rishlar soni 954 000 marotabaga yetgan.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining mehnatini obro‘sizlantirayotgan bunday xabarlar fonida har qanday sharoitda ham o‘z ustida ishlashni, zamonaviy pedagogikani o‘rganishni emas, osonlikcha moddiy mablag‘ topishni ko‘zlayotgan, boshqacha qilib aytganda xalqiga xiyonat qilayotgan ayrim kimsalar borligi achinarli.

Xo‘sh, bu bo‘yicha institut tomonidan qanday yechim qilindi?

👉 Batafsil: https://avloniy.uz/uz/press-center/news/2

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mamlakat taʼlimini yaxshilash maqsadida barcha harakat va imkoniyatlarini ishga solishga tayyorligini va barcha OAV vakillarini tizim bilan batafsil tanishtirishga doim ochiqligini maʼlum qiladi.

Hurmat bilan,
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 13:45:25
Back to Top
HTML Embed Code: