Telegram Web Link
Boshqa ma’no qidirmang…)
29🤣23👍6
Qanday kulishingiz odobingizni bildirsa,
Nimaga kulishingiz saviyangizni bildiradi
23👍13💯11
Yomon ayolning sifati shundaki, yonida halovat topmaysan, uzoqligida hotirjam bo’lolmaysan…

Hazrat Umar r.a.
🔥20🤔10😢4🌚3😱2💯21👍1
“Deraza oldida gul turibdi” — bu hali ichkarida bahor degani emas.
Ba’zan tashqi ko‘rinish yolg‘on guvohlik beradi:

Ijtimoiy tarmoqda “baxtli” — haqiqatda esa yolg‘iz.

Ko‘plab odamlar tashqi ko‘rinishda “bahor” ko‘rsatadi — tabassum qiladi, chiroyli so‘zlar aytadi, mehribonlik ko‘rsatganday bo‘ladi. Ammo qalbi muzlab yotadi. Ichkarida quvonch, yurakda hotirjamlik, ichkarida halovat yo‘q. Chunki tashqi gul — his-tuyg‘uning belgisi emas, balki uni yashirishga urinilayotgan niqob ham bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunda ko‘pchilik odamlar hayotlarining derazasiga chiroyli gullar qo‘yishadi:

ijtimoiy tarmoqlardagi “baxtli” suratlar,

soxta tabassumlar,

“hammasi yaxshi” degan gaplar.

Bahor degani nima?
• Ko‘ngilda halovat.
• Qalbdagi poklik.
• Niyatdagi rostlik.
• Ruhan barqarorlik.

Misol:
Kimdir ijtimoiy tarmoqda har kuni «muvaffaqiyatli» hayotini ko‘rsatadi. Lekin har kechasi yolg‘iz yig‘lab uxlaydi. Chunki qalbida tinchlik yo‘q. U faqat gulni derazaga qo‘ygan, ammo ichkarini tozalashga kuch topmagan.

Xulosa:
Derazadagi gulga emas, ichkaridagi bahorga qarang.
Tashqi ko‘rinishlar sizni aldamasin.

Bahor deraza oldiga emas, yurak ichiga kelsin. Faqat shunda u bardavom bo‘ladi.

Savol:
Sizning ichingizda bahor bormi, yoki faqat derazangizda gulmi?
🔥127👏5
#shogirdimga

Quyidagi to’rtliklar seni halok
qiladi:

Ribo, Shirk, Kufr, Kibr
Zino, Fisq, Ujub, Sehr
Riyo, Pora, Hirs, Makr
Kayf, Zulm, Qahr, Jabr
🔥30👍16🤝21
#shogirdimga

Quyidagi to’rtliklar seni najotga eltadi

Sabr, Zikr, Farz, Hilm
Sidq, Sulh, Shukr, Fahm
Zuhd, Hayo, Vafo, Ijmo
Qunt, Lutf, Hulq, Rahm
🫡19🔥98👍4
#shogirdimga

Yolg‘on muomala va munofiqona ikkiyuzlamachilikdan to‘xta.

Bahosi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, haqiqatni gapir.

Shunda ko‘pchilik sendan uzoqlashadi.

Sen bilan qolganlar barmoq bilan sanarli bo‘ladi.

Ammo aynan o‘sha oz sonli odamlar sen bilan abadiy birga qoladi.
34❤‍🔥9🔥5👏1
Sadaqa qilayotganimizda cho‘ntagimizdagi eng mayda pulni qidiramiz, Allohdan so‘raganimizda esa Firdavsni so‘raymiz.
29😢27🔥4💯2
Xursand bo‘lganingda eng yaxshi ko‘rgan insoningga bog‘lanasan.

Xafa bo‘lganingda esa seni eng ko‘p yaxshi ko‘radigan kishiga bog‘lanasan.

Ikki holatda ham ular bitta inson bo‘lishi esa haqiqiy ne’matdir
51🔥20👍3
Tanlash vaqtida shakl emas, qalb tanla!
43👍13🤝2🕊1💯1
Safarda munosib imom yo‘q, jamoatda luqma bera oluvchi yo‘q, lekin qo‘shiqchiga yoddan jo‘r bo‘lishga doim tayyormiz.

Bu — qalblar qiblasi qayerga burilganini ochiq ko‘rsatadi.
💔25🔥9😢73👏1
Kimdir kelar, seni sen etar...
Kimdir kelar, seni sendan ayro etar!

Shams Tabriziy
1❤‍🔥22🔥117
Yoshligimda hayvonlar bilan tanishishni orzu qilar edim.
Katta bo’lganimda bu orzuyim amalga oshdi…
😁56🤣26😭42🤔1
Seni yaxshi ko‘radigan kishiga tushuntirishning hojati yo‘q.

Seni yomon ko‘radigan kishiga tushuntirishning foydasi yo‘q!
🔥38💯189👍4
Alloh taolodan yukingni yengillatishini emas, belingni baquvvat qilishini so‘ra!
🔥4114😭12👍5👏2😇1
“Agar sen asoschi bo‘lsang va AI ni ko’p ishlatmasang — o‘zingni ishdan bo‘shat.”

Reid Hoffman
(LinkedIn asoschisi)
🔥26🤔76
#shogirdimga

Tanilishingizni o’zi yetarli emas, tan olinishingiz ham shart…
1🔥28🤔74👍2💯1
MURUVVATNI O‘LDIRMANG!

1880 yil Tailand malikasi suvga cho‘kib o‘ldi. Uning qayig‘i ag‘darilib ketdi. Xos qo‘riqchilaridan birortasi ham uni qutqarishga jur’at qilmadi. Uning cho‘kishiga tomoshabin bo‘lishdan boshqasiga yarashmadi. Chunki Tailand qonunlariga ko‘ra malikaga qo‘lini tekkizgan kishini o‘lim kutar edi.

Bu kabi qonunlar insonlardagi muruvvatni o‘ldiradi.

Bir kishi boshqa birovni mashinasi bilan urib yubordi. U qonga belandi. Haydovchi esa qochib qoldi. Hayot uchun kurashib turgan u kishining oldiga siz kelib qoldingiz. Uni mashinangizga solib shifoxona sari o‘qdek uchdingiz. Ammo u yo‘lda jon berdi. Uni siz urib yuborganligingiz haqida o‘ylamaslariga kafolatingiz bormi?

Shifoxonaga kelgan militsiya xodimiga "men faqat uni mashinamga solib olib keldim" desangiz sizni shunday qo‘yib yuborarmikan rahmat aytib?!

Ana shunday qilib insonlardagi muruvvatni o‘ldirishadi.

Bir hikoya bor. Bir kishi bir otni yoqtirib qolib uning egasidan otini sotishini so‘raydi. Ot sohibi ko‘nmaydi. Pulni ziyoda berishini aytadi. Ammo ot sohibi ko‘nmaydi. So‘ngra u bir o‘g‘rini yollaydi. O‘g‘ri ot o‘tadigan yo‘lda o‘zini bemorlikka solib yotadi. Otning egasi kelib uni ko‘rib rahmi keladi. Uni otga mindirib o‘zi otni yetaklab oladi. Otga mingan o‘g‘ri otni qamchilab qochib qoladi.
Otning sohibi unga baqiradi:
"Birov so‘rasa otni sotib oldim degin. Aks holda insonlarda muruvvat qolmaydi. Bir-birlariga yordam berishmaydi!".

ILTIMOS MURUVVATNI O‘LDIRMAYLIK!
30👍6🔥5💘4❤‍🔥3
"O‘q qalbimga tekkanida o‘lmadim. Ammo uni kim otganini ko‘rgach o‘ldim!".
💔34🤣11❤‍🔥8😢8💯422👎1🕊1
Baxt

- Qahva ichasanmi?
- Ha
- Shokolad bilanmi?
- Sen bilan…
❤‍🔥21🥰2😁2💯2
2025/12/14 01:18:11
Back to Top
HTML Embed Code: