Telegram Web Link
«GENTRA» БОШҚАРУВИДАГИ «ШЕР»

Фуқаро Х.Х. Тупроққалъа тумани ҳудудида ўзига тегишли бўлган «Gentra» русумли автомашинасини маст ҳолда бошқариб бораётиб, йўлнинг қарама-қарши йўналишига чиқиб кетади. Ўз ҳудудида хизмат олиб бораётган туман ИИБ ЖХХ ҲПБ ҳуқуқ-тартибот маскани профилактика инспектори, катта лейтенант Баҳром Юсупов бу ҳолни кўриши биланоқ унга тўхташ ишорасини беради.
Қарангки, мастлик таъсиридан «шер» қиёфасига кирган ҳайдовчи машинасини йўл ҳаракати қоидаларига зид равишда тўхтатиб, профилактика инспекторини ҳақоратлай бошлайди.
Батафсил 👉
👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol:
Bir Amerikalik tadqiqotchi dastlab vertikal bo'lgan bir narsani o'ylab topdi. Texnikaninng o'ziga xos xususiyatlarii tufayli u o'z g'oyasini amalga oshira olmadi, keyin esa o'ylab topgan narsasi, 45 graduslik nishabga ega bo'ldi.
U nimani ixtiro qildi?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
КИТОБДА САЙЁР ҚАБУЛ

Китоб тумани Халқ қабулхонасида сектор раҳбарларининг фуқаролар учун қабули бўлиб ўтди. Унда 3-сектор раҳбари, туман ИИБ бошлиғи, подполковник Икром Тоғаев ҳам аҳоли мурожаатларини тинглади.
Очиқ мулоқот руҳида ўтган қабулда фуқароларнинг 30 дан ортиқ турли мавзудаги мурожаат ва таклифлар қабул қилинди. Уларнинг айримлари ҳал этилган бўлса, қолганлари маблағ ва вақт талаб этгани боис тегишли соҳа вакилларига бириктирилиб, ижрога қаратилди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
Reyd tadbirlari

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Namangan shahridagi avtomobil qatnov yo'llarida reyd tadbirlari o'tkazilmoqda.
Reyd davomida tegishli hujjatlarsiz avtomashina boshqargan, transport vositasiga ruхsatnomasiz qo'shimcha jihoz o'rnatgan, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmagan haydovchilar to'xtatilib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.
B. Boymirzayev,
mayor.
#Jumboq

Savol:
Bir Amerikalik tadqiqotchi dastlab vertikal bo'lgan bir narsani o'ylab topdi. Texnikaninng o'ziga xos xususiyatlarii tufayli u o'z g'oyasini amalga oshira olmadi, keyin esa o'ylab topgan narsasi, 45 graduslik nishabga ega bo'ldi.
U nimani ixtiro qildi?

Bugungi savolimizga Rushana Rozabayeva birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Akmal Rahmon o‘g‘li ham javobni to‘g‘ri topgan. Bilimdonlarimizga omad tilaymiz.

Javob: kursor

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ВАТАНПАРВАРЛИК ТАДБИРЛАРИ

ИИВ Бухоро академик лицейида “Ватан – муқаддас, уни ҳимоя қилиш шарафли бурч” шиори остида ватанпарварлик тадбирлари ўтказилди. Жараёнда соҳа фахрийлари ўқувчиларга ўзларининг бой ҳаётий тажрибаларини сўзлаб беришди. Шунингдек, вилоят ички ишлар бошқармаси соҳавий хизматлари масъуллари томонидан махсус техникалар ва қурол-яроғлар намойиши ташкиллаштирилди. Унда махсус техникаларнинг тактик-техник хусусиятлари тўғрисида тушунчалар берилди.
И.САМАНДАРОВ,
майор.
Бухоро вилояти.
Bilasizmi?

Sakkizoyoqning uchta yuragi mavjud. Bundan tashqari, qoning tarkibida gemosian moddasi bo‘lgani sababli, uning qoni ko‘k rangda.
GIYOHVANDLIK UMR ZAVOLI

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida giyohvandlikka qarshi kurashish dolzarb oyligi doirasida tashviqot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Uchtepa tumani IIOFMB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Abdurashid Ochilov imom-xatib Raxmatullo Mardonov, IIOFMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori, kapitan Muhammadali Egamberdiyevlar ishtirok etishdi.
Talabalarga giyohvandlik moddalari isteʼmoli va oldi-sotdisining salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushunchalar berilib, videorolik namoyish etildi. Shuningdek, buklet, flayerlar ham tarqatildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
2024/10/02 18:20:50
Back to Top
HTML Embed Code: