Telegram Web Link
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda Zarafshon shahrida joylashgan Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning xodim va harbiylari o'rtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
Unda o'zining tajribasi va mahoratining ustunligi bilan barcha raqiblaridan yaqqol ajralib turgan IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli 7551-harbiy qism jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritib, faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol:
Qadimgi yunonda paydo bo‘lgan jangchilarni safi – falanga haqida darsliklarda tanish bo‘lsangiz kerak. Falanga bir qo‘lida nayza, ikkinchi qo‘lida qalqon ushlab turgan, Jangchilardan iborat bo‘lib, har bir jangchi yonidagi safdoshini jang paytida himoya qilib turgan. Safni buzmasdan yurishlik falanga uchun muhim bo‘lgan. Buning uchun esa, bir shart bajarilishi kerak edi. Hozirgi zamonda bu shart maktab davridan nafaqat o‘gil bolalarga, balki qizlarga ham tanish.
Darsda o‘qituvchi doimiy talab qilgan shart qanday?

Ushbu savolning javobini Shamsiyev O. to‘g‘ri topdi. Ofarin! Xasan aka, Bahodir, Qurbonov Ulug‘bek, Inomjonlar ham to'g'ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javob: Bolalar bo‘yiga qarab saflanish.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
27-SENTABR – BUTUNJAHON TURIZM KUNI

Butunjahon turizm kuni Jahon sayyohlik tashkiloti, YUNVTO Bosh assambleyasi tomonidan 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida tashkil etilgan va har yili 27-sentabrda nishonlanadi.
Bundan ko‘zlangan maqsad turizmni rivojlantirish, uning jahon iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini yoritish, turli mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishdan iborat.
Viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan umumtaʼlim maktablarida muntazam targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Nurobod tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari bilan oʻtkazilgan profilaktik tadbirda yoʻllarda harakatlanish qoidalari, hushyorlikni yoʻqotmasdan, qoʻl telefon, quloqchindan foydalanmaslik borasida tavsiyalar berildi.

Qoidalarga amal qilmaslikning salbiy oqibatlari tushuntirildi. Ularga koʻcha harakatiga rioya qilish boʻyicha bukletlar tarqatildi.

Shuningdek, hududdagi yoʻl belgilari tartibga keltirildi.

Yoʻllarda toʻgʻri harakat, oʻzi va atrofdagilar salomatligi garovidir.
👉 @postdarasmiy
TALABALAR BILAN TARG‘IBOT

Buxoro shahar IIOFMB mas’ullari oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar bilan profilaktik targ‘ibot ishlari o‘tkazib kelishmoqda. Bunda asosan talabalar yotoqxona ichki tartib-intizomiga rioya qilish, jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalariga amal qilish, ayniqsa, tungi vaqtlarda bemaqsad yurish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar xususida ogohlantirilmoqda. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi rolini mustahkamlashga doir yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish ta’kidlanmoqda.
S.G‘ANIYEVA,
talaba.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy
27 СЕНТЯБРЬ – БУТУНЖАҲОН ТУРИЗМ КУНИ

Бутунжаҳон туризм куни Жаҳон сайёҳлик ташкилоти, ЮНВТО Бош ассамблеяси томонидан 1979 йилда Испаниянинг Торремолинос шаҳрида ташкил этилган ва ҳар йили 27 сентябрда нишонланади.
Бундан кўзланган мақсад туризмни ривожлантириш, унинг жаҳон иқтисодиётига қўшган ҳиссасини ёритиш, турли мамлакатлар халқлари ўртасидаги алоқаларни ривожлантиришдан иборат.
Туризм нафақат янги жойлар ва маданиятларни кашф қилиш имконияти, балки мамлакатимиз иқтисодиётини ривожлантириш, халқаро алоқаларни мустаҳкамлаш ва Ўзбекистоннинг меҳмондўст мамлакат сифатидаги обрўсини оширишнинг муҳим омилларидан биридир. Шу муносабат билан, бугунги кунда туристлар хавфсизлигини таъминлаш ва минтақамизни саёҳатлар учун жозибадор ва очиқ қилишга ўз ҳиссасини қўшаётган барчага алоҳида миннатдорчилик билдирамиз.
Қадрли ҳамкасблар ва туризм соҳаси фидоийлари, “Бутунжаҳон туризм куни”да барчангизга самарали фаолият ва касбий муваффақият тилаймиз!
Қашқадарё вилояти ИИБ ХТТБ
2024/09/28 20:19:08
Back to Top
HTML Embed Code: