Telegram Web Link
ҚОИДА БАРЧА УЧУН БИРДЕК

Йўл қоидаларидан бохабар бўлиш ва унга риоя этиш катта-кичик ёшдагилардан бирдек талаб қилинади. Шундан келиб чиққан ҳолда Қорақалпоғистон Республикаси ИИВ ЖХХ ЙҲХБ ходимлари томонидан бу борада турли тарғибот тадбирлари ўтказилмоқда. Шундай тадбирлардан бири Ўзбекистон давлат санъат ва маданият институти Нукус филиалида ўтказилди. Тадбирда масъуллар томонидан йўл қоидасига оид кўплаб зарурий маълумотлар берилди. Ўз навбатида тадбир иштирокчилари ўзларини қизиқтирган саволларга тегишли жавоблар олишди.

Ўз мухбиримиз.
Қорақалпоғистон Республикаси.


@postdarasmiy
ТАНҚИДИЙ РУҲДА ЎТДИ

Вилоят ИИБда “Республикада ички ишлар ходимлари томонидан содир қилинган қонун бузилиши ва салбий ҳолатлар” мавзусига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди. Танқидий руҳдаги йиғилишда ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти маъсул ходими, подполковник Ғ.Набиев, вилоят ИИБ бошлиғи ўринбосари, полковник О.Ҳасанов, ИИВ Шахсий хавфсизлик бош бошқармаси Бухоро вилояти бўйича бошқармаси бошлиғи, подполковник Ш.Ҳайдаровлар қатнашиб, иштирокчиларга мавзу доирасида атрофлича маълумотлар берди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ўқув семинари

Вилоят ички ишлар органларининг хотин-қизлар масалалари бўйича инспекторлари ҳамда Жиззах шаҳридаги маҳаллалар хотин-қизлар фаолларининг гендер тенглигини таъминлашга оид билимларини оширишга қаратилган икки кунлик ўқув семинари уюштирилди. Мазкур жараёнда аёлларга нисбатан зўравонликларнинг олдини олиш, жабрланганларга психологик ёрдам кўрсатиш, ҳимоя ордерига оид тартиблар, зўравонлик ва оилавий низога ҳуқуқий баҳо бериш масалаларига эътибор қаратилди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Yoshlar giyohvandlikka qarshi

“Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi munosabati bilan Toshkent shahrida ham bir qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xususan, bu illatga keskin va murosasiz kurash olib borish boʻyicha Yunusobod tumani IIO FMB 5-sonli IIB HPB Yoshlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik  G. Zarimova hamda 3-sonli IIB HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik Q. Baxitovalar ishtirokida Yunusobod tumani 17-sonli maktabda ham ana shunday tadbir tashkil etildi. Unda iqtidorli oʻquvchilar mavzu yuzasidan faol qatnashib hozirgi kundagi dolzarb muammo boʻyicha  oʻz ifikr va mulohazalarini bildirishdi.
Sarvar SOBIROV,
o‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol:
Qadimgi yunonda paydo bo‘lgan jangchilarni safi – falanga haqida darsliklarda tanish bo‘lsangiz kerak. Falanga bir qo‘lida nayza, ikkinchi qo‘lida qalqon ushlab turgan, Jangchilardan iborat bo‘lib, har bir jangchi yonidagi safdoshini jang paytida himoya qilib turgan. Safni buzmasdan yurishlik falanga uchun muhim bo‘lgan. Buning uchun esa, bir shart bajarilishi kerak edi. Hozirgi zamonda bu shart maktab davridan nafaqat o‘gil bolalarga, balki qizlarga ham tanish.
Darsda o‘qituvchi doimiy talab qilgan shart qanday?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
“Чегарачи”да очиқ эшиклар куни

Музработ тумани 3-сектори раҳбари, подполковник Ўткир Шукуров ташаббуси билан оталиққа олинган ёшлар учун “Чегарачи” маҳалласида жойлашган ҳарбий қисмда “Очиқ эшиклар куни” тадбири ташкил этилди. Ёшлар онгида ватанпарварлик руҳини юксалтириш мақсадида ўтказилган тадбирда ҳарбий хизматчиларнинг хизмат фаолияти ҳамда ҳарбий техникалар, қурол-аслаҳалар билан яқиндан таништирилди.
Ўз мухбиримиз.
Сурхондарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
“Саломатлик куни” доирасида

Қашқадарё вилояти ИИБ Тиббиёт бўлими поликлиникаси шифокорлари “Саломатлик куни” тадбири доирасида ИИВ ЖИЭД 4-МММ ҳамда 35-манзил колонияси ходимларини чуқурлаштирилган тиббий кўрикдан ўтказишди.
Тиббий кўрик давомида шахсий таркибга соғлом овқатланиш, руҳий зўриқишларнинг олдини олиш, гипертония, мавсумий ринит, коксартроз, бел умуртқалари остеохондрози касалликлари профилактикаси, донорликнинг организм учун фойдали томонлари ҳақида ҳам тушунчалар берилди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
Profilaktik-targ'ibot tadbirlari

Xorazm viloyati IIB JXX YHXB xodimlari hududlarda yo'l transporti hodisalarining oldini olish maqsadida profilaktik-targ'ibot tadbirlarini davom ettirishmoqda. Paxta yig'im-tеrimi mavsumi munosabati bilan o'tkazilgan navbatdagi tadbirda haydovchilarning yuk tashish qoidalariga rioya etishi yuzasidan tushuntirishlar bеrildi. Shuningdеk, targ'ibot tadbiri davomida traktor va traktor tirkamalariga nur qaytaruvchi tasmalar o'rnatish bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazilib, amaliy yordam ko'rsatildi.
O'z muxbirimiz,
Xorazm viloyati.


@postdarasmiy
O‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat”

O‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Andijon viloyati hududiy bosqich o‘yini bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tgan intellektual o‘yin yakunida IIV Andijon аkademik litseyi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, o‘tkazilgan turnirida ADU akademik litseyi jamoasi ikkinchi, Oltinko‘l iqtisodiyot texnikumi jamoasi esa faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lgan kiritib, ular ham IIV Andijon Akademik litseyi qatori “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Boris KLEYMAN,
o‘z muxbirimiz.
👉
@postdarasmiy
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda Zarafshon shahrida joylashgan Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning xodim va harbiylari o'rtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
Unda o'zining tajribasi va mahoratining ustunligi bilan barcha raqiblaridan yaqqol ajralib turgan IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli 7551-harbiy qism jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritib, faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol:
Qadimgi yunonda paydo bo‘lgan jangchilarni safi – falanga haqida darsliklarda tanish bo‘lsangiz kerak. Falanga bir qo‘lida nayza, ikkinchi qo‘lida qalqon ushlab turgan, Jangchilardan iborat bo‘lib, har bir jangchi yonidagi safdoshini jang paytida himoya qilib turgan. Safni buzmasdan yurishlik falanga uchun muhim bo‘lgan. Buning uchun esa, bir shart bajarilishi kerak edi. Hozirgi zamonda bu shart maktab davridan nafaqat o‘gil bolalarga, balki qizlarga ham tanish.
Darsda o‘qituvchi doimiy talab qilgan shart qanday?

Ushbu savolning javobini Shamsiyev O. to‘g‘ri topdi. Ofarin! Xasan aka, Bahodir, Qurbonov Ulug‘bek, Inomjonlar ham to'g'ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javob: Bolalar bo‘yiga qarab saflanish.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
2024/09/28 06:15:34
Back to Top
HTML Embed Code: