Telegram Web Link
МУЗЕЙГА САЙЁҲАТ

Бугунги кунда хотин-қизларнинг фаоллигини ошириш ҳамда уларни ҳар томонлама қӯллаб-қувватлаш орқали жамиятдаги ролини оширишга қаратилган чора-тадбирлар йӯлга қӯйилган.
Хусусан, яқинда Шуманай туман 3-сектор раҳбари ташаббуси билан ҳудуддаги «Аёллар дафтари» рӯйхатига олинган хотин-қизлар ва нуроний онахонларнинг Нукус шаҳридаги И.В.Савицкий номидаги Қорақалпоқ давлат санъат музейига сайёҳати ташкил этилди. Бундан кӯзланган хотин-қизларнинг маънавий-маърифий дам олишини ташкил этиш орқали , оилавий муаммолардан узоқлаштирган ҳолда психологик жиҳатдан мотивация беришдан иборатдир.
Тадбир давомида музей ходимлари томонидан меҳмонларга музей тарихи, шунингдек, ундан жой олган экспонатлар юзасидан батафсил маъулмотлар берилди.
Кумисай БЕКМАНОВА,
катта лейтенант.
Жазони очиқда ўтаётганлар учун

Жиззах шаҳар ИИБ ЖХХ пробация гуруҳи назорати остида жазо ўтаётган шахслар учун бўш иш ўринлари ярмаркаси ташкил қилинди. “Пробация ойлиги” доирасида ўтказилган  мазкур тадбир давомида китоб савдоси уюштирилди. 
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сиз ҳам вилосидедда шу йўлакдан юрган бўлармидингиз?
Abdumalik Xalokov Olimpiya chempioni!

“Parij-2024” XXXIII Yozgi Olimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan ichki ishlar organi xodimi Abdumalik Xalokov oltin medalni qoʻlga kiritdi!

Hamkasbimiz jahon arenasida yana bir bor Yurtimiz bayrogʻini baland koʻtardi!

———
Абдумалик Халоков Олимпия чемпиони!

«Париж-2024» XXXIII Ёзги Олимпия ўйинларида юртимиз шарафини муносиб ҳимоя қилаётган ички ишлар органи ходими Абдумалик Халоков олтин медални қўлга киритди!

Ҳамкасбимиз жаҳон аренасида яна бир бор Юртимиз байроғини баланд кўтарди!


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
TAKLIF VA MUAMMOLAR TINGLANDI

Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Namangan shahridagi “Obi-hayot” va Davlatobod tumanidagi “Elobod” mahallalarida huquq-tartibot maskani xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi va ularning taklif hamda muammolarini tingladi.
Shuningdek, ushbu hududlarda mahalla xodimlari tomonidan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, yetarlicha manzilli ishlar tashkil etilmaganligi va jamoat joylarini videokuzatuv orqali nazoratga olinmaganligi natijasida og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilganligi keskin tanqid qilindi.
O‘rganishlar davomida kelgusida mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida mahalla hamda huquq-tartibot maskani xodimlarining masʼuliyatini yanada oshirish yuzasidan masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
“QAYRAG‘OCH”DA UCHRASHUV

Shofirkon tumanining viloyat 3-sektor hududiga qarashli “Qayrag‘och” mahallasida Ichki ishlar boshqarmasidan biriktirilgan masʼullar, mahalla yettiligi, ko‘cha faollari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla ko‘chalari va xonadonlarini obodonlashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini organish va bartaraf qilish boyicha chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, mahallada yashovchi viloyat IIB boshligiga biriktirilgan 433 nafar yoshning muammolarini organish yuzasidan ham ishlar olib borildi.
Mahallada aholi ortasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, “Xavfsiz mahalla” tamoyili boyicha muloqotlar olib borildi. Buning natijasida gavjum joylarda va yol yoqalarida 27 ta videokuzatuv moslamalari ornatildi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
Кўрсатилган йўл белгиларидан қайсилари Сиз йўлнинг тор қисмида йўл беришингизни талаб қилади?
Anonymous Poll
14%
F1. b ва d
13%
F2. a ва c
62%
F3. Фақат c
11%
F4. b ва c
MUHIM AHAMIYАT KASB ETDI

IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda batalyon komandirlari bilan besh kunlik o'quv-uslubiy yig'in o'tkazildi.
Unda ishtirok etgan Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan 7536 va 7532-harbiy qismlarning osoyishtalik posbonlari jangovar va ma'naviy-ruhiy tayorgarlik, tarbiyaviy ishlar, qo'shin xo'jaligi va uni yuritish tartibi, shuningdek, harbiy texnika va qurol-aslahalar eksplutatsiyasi bo'yicha bilim va tajribalarini oshirishdi.
Batafsil 👉

@postdarasmiy
2024/10/07 22:27:11
Back to Top
HTML Embed Code: