Telegram Web Link
Chempion munosib kutib olindi

Joriy yilning 26-30-iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatida sportning “UNI FIYT” aralash jang turi bo‘yicha xalqaro musobaqada munosib ishtirok etib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan, Namangan viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi serjant Ikromjon Adashev IIB rahbariyati, hamkasblari va oila aʼzolari tomonidan munosib kutib olindi.
G‘olib viloyat ichki ishlar boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
TAVSIYALAR BERILDI

Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan amalyotchi psixologlar ishtirokida «Shaxslararo munosabatlarda muloqot madaniyati» mavzusida seminar trening mashg’uloti bo’lib o’tdi. Unda fuqarolar bilan munosabatda muvozanatni saqlash choralari, agressiv aktivlikning oldini olish, vaziyatni nazorat qilish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
SAYLOVLAR – DEMOKRATIYА KO'ZGUSI

Bugun IIV Madaniyat saroyida vazirlik markaziy apparati xodimlari hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirokida navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat darsi bo'lib o'tdi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Jumboq

Savol: Qadimgi Xitoy. Ikki yigit yugurishga tayyorlanmoqda. Yugurish oldidan ulardan birining og‘ziga jenshen o‘zagidan bir bo‘lak solib qo‘yishdi. Bu musobaqa nima maqsadda tashkil qilingan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
BOSHQARMADA MATBUOT ANJUMANI

Matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i, podpolkovnik Ikromjon Tursunov joriy yilning yarim yilligida viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida qilingan ishlar hamda erishilgan yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Bundan tashqari, shov-shuvga sabab bo‘lgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning onlayn muhokamasini viloyat hokimi rahbarligida “yettilik” vakillari hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilishi “Buxoro tajribasi” amalga oshirilayotganini ko‘rsatmoqda. Albatta, bunday tajribalar jinoyatchilikning oldini olishda o‘z samarasini bermoqda.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan boshqarma boshlig‘iga murojaat qilishdi. Matbuot anjumani davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan sohaviy xizmatlar ma’sullariga aniq topshiriqlar berildi.
M.AHADOV,
o‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy
ПСИХОЛОГИК ТРЕНИНГ МАЗМУНЛИ ЎТДИ

Фарғона вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ходимлари ҳамда психолог иштирокида “Мулоқот самарадорлигини ошириш ва низоли вазиятларни бартараф этиш” мавзусида семинар тренинг ўтказилди.
Тренингда Фарғона давлат университети психология кафедраси ўқитувчиси Абдуллажон Ҳомидов юрт посбонларига ўзаро мулоқотда фуқароларнинг руҳий ҳолатини ўрганиш, улар билан низоли вазиятлар келиб чиқишининг олдини олиш ҳамда стресс ҳолатига тушиб қолмаслик усуллари ҳақида маълумотлар берди.
Шунингдек, руҳий ва жисмоний зўриқишлар, сурункали руҳий жароҳатлар, жамоадаги ижтимоий, маънавий-руҳий муҳит ва оиладаги зиддиятли вазиятларни бартараф этиш усуллари бўйича керакли тавсиялар ва маслаҳатлар берилди.
Абдувосит СИДИҚОВ,
ўз мухбиримиз.
👉
@postdarasmiy
Migratsiyadagi yoshlar bilan muloqot

Namangan tumani 3-sektorda tuman IIB boshlig‘i, sektor rahbari, podpolkovnik Umarjon Abduvaliyev «Shamsiko‘l» mahallasida yashovchi, ishlash, o‘qish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.
Suhbat davomida yoshlar tomonidan murojaat va takliflar ham eshitildi hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi savollarga huquqiy tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, yoshlarni shu yurtda ham o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish borasida suhbatlashilib, aholi bandligini taʼminlashga oid amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkil qilinayotgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
БОЛАЛАР БИЛАН ИНДИВИДУАЛ МАШҒУЛОТЛАР

Бола мисоли ниҳол. Уни тарбиясида кемтикликка йўл қўйилса, жамиятда жиддий муаммолар юзага келиши шубҳасиз. Ушбу жиҳатларни инобатга олган ҳолда, Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ Вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш марказида сақланаётган болалар билан индивидуал машғулотлар амалга оширилмоқда.
Машғулотларда болалар ҳаётидаги ижтимоий муаммолари якка тартибда ўрганилиб, уларнинг қизиқишлари, орзулари ҳақида суҳбатлашилмоқда. Бу тоифа болаларнинг жамиятда ўз ўринларини топиб кетиши учун психологик тренинглар ўтказиб келинмоқда.
Дилафрўз МИРЗАЕВА,
подполковник.
Қашқадарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
2024/10/07 12:28:46
Back to Top
HTML Embed Code: