Telegram Web Link
Фаолият таҳлил қилинди

Жиззах вилояти ички ишлар бошқармасида соҳа вакилларининг жорий йилнинг биринчи ярмидаги фаолияти таҳлилига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди. Вилоят ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари, шунингдек, соҳавий хизматлар бошлиқлари, уларнинг ўринбосарлари иштирокида, видеоалоқа шаклида ташкил қилинган тадбирни вилоят ИИБ бошлиғи, генерал-майор Ғайрат Қодиров бошқариб борди.
Batafsil 👉
👉 @postdarasmiy
108 км/с тезликда ҳаракатланаётган транспорт воситаси 1 секундда қанча масофани босиб ўтади?
Anonymous Quiz
47%
F1. 30 м
39%
F2. 15 м
14%
F3. 25 м
#Jumboq

Savol: Xitoyda oddiy odamlar uchun 1500 ta, ishchilar 1800 ta, to‘liq ma'lumot egalari 3000 ta. Bu ko‘rsatkich nimani anglatadi?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Моҳир сузувчилар тақдирланди

ИИВ “Динамо” жисмоний тарбия ва спорт жамияти Қашқадарё вилояти кенгашининг тақвимий режасига асосан Қарши шаҳрида сузиш бўйича кенгаш биринчилиги ўтказилди. Унда иштирокчилар 100 метрга эркин яккалик ва жамоа билан 4х100 усулда сузиш бўйича ўзаро беллашди.
Мусобақанинг 100 метрга эркин усулда сузиш баҳсларда 1-ўринни ДХХ вилоят бўйича бошқармаси жамоаси вакили Ф.Рустамов, 2-ўринни 55159-ҳарбий қисм жамоаси вакили, капитан Ҳ.Латипов ва 3-ўринни вилоят ИИБ жамоаси вакили, лейтенант У.Саъдиев қўлга киритди.
Қизғин ва муросасиз ўтган мусобақанинг 4х100 метрга эркин усулда эстафета сузиш бўйича 55159-ҳарбий қисм жамоаси ғолиблибликни қўлга киритди. Навбатдаги совринли ўринларни ДХХ вилоят бўйича бошқармаси ва вилоят ИИБ жамоалари банд этди.
Ғолиблар медаль ва қимматбаҳо совғалар билан тақдирланди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
📍Қон томирларни тозалашнинг оддий усули

✔️ Бу тавсия нафас қисилиши ва кучли юрак уришини пасайтиради, тананинг умумий саломатлигини яхшилайди. Бундан ташқари, қон-томирларни ҳам тозалайди

◽️ 2 та ўртача катталикдаги лимон;
◽️ 2 ош қошиқ асал.

✔️ Лимонни майдалаб, асал билан аралаштириб, банкага солинг. Хона ҳароратида 24 соат қолдиринг.

Бу аралашмадан ҳар куни овқатдан 30 дақиқа олдин 1 ош қошиқни қабул қилинг.

🔍 «Соғлом ҳаёт»
SHAYLIGI KO’ZDAN KECHIRILDI

Toshkent viloyati IIBB xodimlarining xizmatga bo’lgan shayligini ko‘zdan kechirish maqsadida saf ko‘rigi hamda saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o'tkazildi.
Unda rahbar va mas'ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko'rinishi, xizmat guvohnomasi hamda ularning saf tayyorgarligi darajasiga alohida e'tibor qaratildi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
“MUQADDAS AYOL” TARG‘IBOT KARVONI

Viloyat IIB hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida yangi loyiha bo‘yicha tadbirlar boshlandi. Jumladan, xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilik, erta turmush, erta tug‘uruq, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ayollar bandligini taʼminlash maqsadida “Muqaddas ayol” shiori ostida targ‘ibot karvoni barcha shahar-tumanlar bo‘ylab yo‘lga chiqdi.
Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda IIB xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi, “Qizlar ovozi” klubi aʼzolari, iqtidorli va faol yoshlardan tarkib topgan mazkur guruhning dastlabki manzili G‘ijduvon tumani bo‘ldi.
X.TOYIROVA,
mayor.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol: Xitoyda oddiy odamlar uchun 1500 ta, ishchilar 1800 ta, to‘liq ma'lumot egalari 3000 ta. Bu ko‘rsatkich nimani anglatadi?

Ushbu savolning javobini Nigora Mamayusupova,
𝓢.𝓖.𝓑𝓪𝓴𝓱𝓻𝓪𝓶𝓸𝓿𝓷𝓪, Rozaboyeva, Abduqodir Zokirov, Shukurjon, Inomjon, Qurbonov Ulug‘bek, Samoyiddin kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: Bu dehqon, ishchi va to‘liq ma’lumot egasi biladigan ierogliflar soni. Ko‘rsatkich intellektual salohiyatni belgilaydi.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Xizmatdan pensiyaga

Toshkent shahar Yashnobod va Shayxontohur tumani IIOFMBda tadbir tashkil etildi. Unda dastlab qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilinishiga doir ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, Yashnobod tumani IIOFMB xodimi, podpolkovnik Baxtiyor  Kospayev hamda Shayxontohur tumani IIOFMBdagi tadbirda esa 4 nafar xodim pensiyaga kuzatildi.
Sarvar SOBIROV,
o‘z muxbirimiz.
👉
@postdarasmiy
2024/10/06 20:29:49
Back to Top
HTML Embed Code: