Telegram Web Link
#Kun_hikmati

Hamrohini mushkul yo‘lda tashlab ketgan odam hech yerda halovat topmaydi.
✍️Sa'diy SHEROZIY

👉 @postdarasmiy
ТАЖРИБА АЛМАШИШДИ

Муддатли ҳарбий хизматчиларнинг дам олиш кунларини мазмунли ташкил этиш борасида тажриба алмашиш мақсадида 7536-ҳарбий қисм муддатли ҳарбий хизматчилари Мудофаа вазирлигига қарашли 28803-сонли ҳарбий қисмга боришди. Ҳамкорликда тузилган дам олиш куни тадбирлар режасига асосан, муддатли ҳарбий хизматчилар ўртасида “Заковат” ҳамда “Қувноқлар ва зукколар” кўрик-танловлари ўтказилди.
Шунингдек, муддатли ҳарбий хизматчилар ҳарбий қисмнинг ҳаёти ва хизмат фаолияти билан яқиндан танишиб, Мудофаа вазирлиги муддатли ҳарбий хизматчилари билан биргаликда тушлик қилишди. Қисқаси, дам олиш ва байрам кунларини мазмунли ва қизиқарли тарзда ташкиллаштириш бўйича тажриба алмашилди.
М.АҲАДОВ,
ўз мухбиримиз.
Бухоро вилояти.

👉 @postdarasmiy
Kasbiy madaniyat va intizom

Toshkent shahar IIBBda xizmatga yangi qabul qilingan yosh xodimlar bilan “Faoliyat intizomdan boshlanar” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Uni oʻtkazishdan maqsad - xizmat faoliyati avvalida “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi” kodeksini chuqur anglash, shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlashdan iborat edi. Tadbir davomida yosh xodimlarga ushbu kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tarqatildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
UMR – TEZLIKDAN MUHIMDIR

Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumanida yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan mazkur hududda joylashgan mahalla, tashkilot va aholi gavjum joylarda profilaktik suhbat tashkil etildi.
“Umr – tezlikdan muhimdir” shiori ostida bo'lib o'tgan ushbu tadbirda yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi haydovchilarga mamlakatimizda sodir etilgan yo'l-transport hodisalarining tafsilotlari haqida ma'lumotlar berilib, ularning ayanchli oqibatlari muhokama qilindi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Jumboq

Qadimgi sharq o‘lchovlarida Pud -16 kg, Botmon -20 kg., Nimcha -2 kg., Paysa -50 gr., Qadoq -400 gr. deyilgan. Ayting-chi, Sari o‘lchov birligi qancha bo‘lgan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Профилактик тадбирлар

Айни кунларда Жиззах вилоятининг барча маҳаллаларида ички ишлар органлари ходимлари томонидан оила-турмуш доирасидаги қонунбузарликларнинг олдини олишга қаратилган профилактик тадбирлар ўтказилмоқда. Мазкур жараёнда низоли оилалар ҳамда ўзаро келишмовчилиги мавжуд фуқаролар билан суҳбатлар уюштириляпти. Ўз навбатида ҳуқуқбузарлик ва жиноятларни келтириб чиқарувчи омиллар бартараф қилинаётир.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.
👉
@postdarasmiy
ВИДЕО ВА СУРАТЛИ ЛАВҲАЛАР

“Кибермаданиятни юксалтириш” ойлиги доирасидаги комплекс тарғибот тадбирлари Бухоро вилояти ИИБ ходимлари томонидан корхона, ташкилот ва муассасаларда ўтказиб келинмоқда.
Бухоро вилояти ИИБ Ахборот хизмати.
👉 @postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BIZ SIZLARGA ISHONAMIZ!

Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan Oʻzbekiston delegatsiyasi Fransiya poytaxtiga yetib borib, Olimpiya shaharchasiga joylashgan. Sportchilarimizdan oltin medallar kutib qolamiz!

@postdarasmiy
Bolalarga yo'l qoidalari o'rgatildi

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Namangan shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 69-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari bilan “Yo'l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi. Unda bolalarga yo'llarda piyoda va haydovchilarning vazifalari tushuntirilib, amaliy mashg'ulotlar davomida bolajonlarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
O‘z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
Шатакка олиб ҳаракатланишингиз мумкин:
Anonymous Quiz
33%
F1. Фақат А йўналишда
25%
F2. Фақат B йўналишда
42%
F3. Исталган йўналишда
2024/10/05 22:51:01
Back to Top
HTML Embed Code: