Telegram Web Link
MONOMARKAZDA TADBIR

Buxoro viloyati IIB TQX xodimlari Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi xodimlari va taʼlim olayotgan talabalar ishtirokida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.
Tadbirda “Ekstremizm va terrorizm tahdidi” mavzusida tushunchalar berildi. Savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilgan tadbir so‘ngida fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan bukletlar tarqatildi.
M.NASIBULLAYEVA,
mayor.
Buxoro viloyati.
Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi

Chortoq tumani IIB boshlig‘i 3-sektor hududidagi mahallalardan xorijga ketib ishlayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.
Sektor rahbari suhbat davomida mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar natijasida yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtalib, ulardan unumli foydalanishga, ularni o‘z yurtiga kelib ishlashga chaqirdi. Buning uchun migrantlarga barcha imkoniyatlar ishga solinishi aytildi.
Yurtimizda oliy taʼlim olish, kasb-hunar o‘rganish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda o‘zini-o‘zi band qilish, ishlab chiqarish korxonalariga ishga joylashtirish borasida maʼlumot berildi. Bu borada amaliy ko‘mak berilishi tushuntirildi.
Suhbat davomida muloqot ishtirokchilarining murojaatlari ham tinglandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
ОИЛАЛАР ТОТУВЛИГИ УЧУН

Қумқўрғон туманида оилавий ажралишлар сонини камайтириш мақсадида семинар ташкил этилди. Унда 31 та ишчи гуруҳ тузилиб, улар тумандаги 61 та маҳаллага бириктирилди ва ўрганиши лозим бўлган оилалар рўйхати шакллантирилди.
Семинар аввалида вилоят Оила ва хотин-қизлар бошқармаси бошлиғи Зулхумор Хидирова ҳамда вилоят ИИБ ЖХХ Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси бошқармаси бошлиғи ўринбосари, подполковник Ўролтош Эшимовалар ҳудуддаги криминоген вазият ҳақида маълумот беришди. Шундан сўнг ишчи гуруҳ аъзолари ўзларига бириктирилган маҳаллаларга юборилиб, оилаларнинг муаммоларини ўрганиш ва бартараф этиш чоралари кўрилди. Жумладан, масъуллар туманнинг “Боғаро”, “Азларсой” ва “Янгишаҳар” маҳалаларида яшовчи нотинч, низоли ҳамда шаръий никоҳ асосидаги оилалар билан профилактик суҳбат ўтказишди.
Ўз мухбиримиз.
Сурхондарё вилояти.
Bu – fakt

Har yili 8000 dan ortiq odam sho'ng'ish natijasida nogiron bo'lib qoladi.
#JUMBOQ

Ushbu har ikki rasmda nimadir noto‘g‘ri.

Bugungi savolimizga yana eng faol o‘quvchilarimzdan biri Ulug‘bek Qurbonov birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Qolgan o‘quvchilarimiz bittasini to‘g‘ri topgan-u ikkinchisida chalg‘ishgan.

Javob: 1. Bo‘sh idishdan sut quyilmaydi.
2. Londonda avtomashinaning roli o‘ng tomonda bo‘ladi
.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
АҚЛ ГИМНАСТИКАСИ БАҲСЛАРИДА

ИИВ ҳузуридаги ЖИЭД Тўртинчи минтақавий мувофиқлаштириш маркази тасарруфидаги муассасалар ходимлари ўртасида спортнинг ақл гимнастикаси дея таърифланадиган шахмат тури бўйича мусобақалар ўтказилди. Қизғин ва муросасиз руҳда кечган баҳсларда 1-ўринни 5-сон ТҲ ДПЁКБ шифокори, майор Ф.Махманазаров, 2-ўринни 3-сон ЖИЭК ДПЁКБ шифокори майор Ш.Худойназаров, 3-ўринни эса 4-МҲ МММ МТТГ мутахассиси, катта сержант О. Ҳазратқулов эгаллади. Ғолиб ва совриндорларга диплом ҳамда қимматбаҳо совғалар топширилди.
Шерзод ЭШМУРОДОВ,
капитан.
YUZ KOʻRINISHIDAN ANIQLANMOQDA

Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limida o‘tkazilayotgan test sinovlarida abituriyentlar biometrik va pasport maʼlumotlarini tekshirish orqali nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Nazorat o‘tkazish punktlarida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan maxsus planshetlardan foydalanib, «Face ID» tizimi orqali shaxsni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Afsuski, boshqa shaxslar o‘rniga imtihonga kirishga urinish holatlari ham boʻlgan. Abituriyent o‘rniga imtihon topshirishga kelgan shaxslarga qonunchiligimizda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limining kirish joylarida nazorat o‘tkazish punktlari tashkil etilgan. Ushbu joylarda yuzni tanib oluvchi kameralar o‘rnatilib, bu kameralar orqali imtihonga abituriyent yoki boshqa shaxs kelganligi aniqlanadi. Ushbu kameralarda abituriyentning shaxsi uning fotosurati orqali aniqlanmagan hollarda, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari tomonidan abituriyentlarning biometrik va pasport maʼlumotlarini tekshirish orqali ularning shaxsiga aniqlik kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi test sinovlari joriy yilning 14 iyul sanasidan boshlangan.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
#Кун_ҳикмати
Ишла – худди пул керак эмасдек.
Сев – худди ҳеч ким сени ташлаб кетмагандек.
Ўйна – худди ҳеч ким кўриб турмагандек.
Куйла – худди ҳеч ким эшитмаётгандек.
Яша – худди ер жаннатдек.
Марк Твен
2024/10/06 11:27:11
Back to Top
HTML Embed Code: