Telegram Web Link
Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi

Namangan viloyati IIB JXX YHXB Ekspluatatsiya-montaj bo'linmasi ishchi-xodimlari tomonidan Uchqo'rg'on tumani avtomobil qatnov yo'llarida tartib o'rnatish, haydovchi va piyodalar harakatida qulaylik yaratish maqsadida yo'l yotiq chiziqlari chizilib, yo'l belgilari yangilanmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
BOLAJONLARNI ASRAYLIK

Poytaxtda bolalar bilan bog‘liq yo‘l harakati hodisalarining oldini olish borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahar IIBB YHXB yo'l patrul xizmati inspektori tomonidan "Diqqat, bolalar!", "Diqqat, piyoda!" shiori ostida Yakkasaroy tumanidagi 530-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri
УЧ АВЛОД УЧРАШУВИ

Бухоро шаҳридаги Ёшлар маркази анжуманлар залида вилоят ички ишлар органларининг фахрий устозлари ҳамда ёш ходимлари иштирокида “Уч авлод” учрашуви ташкиллаштирилди. Унда вилоят ИИБ бошлиғи, подполковник И.Турсунов, соҳада бир неча йиллар самарали хизмат қилган фахрий устозлар, вилоят ички ишлар органларида хизмат олиб бораётган ёш ходимлар ҳамда Ички ишлар вазирлиги Академияси ва Бухоро академик лицейи ўқувчи ёшлари иштирок этишди. Тадбир давомида узоқ йиллар ички ишлар органлари тизимида турли раҳбарлик лавозимларида хизмат қилиб, ёш авлодга ўрнак ва намуна бўлиб келаётган фахрий устозлар ўзларининг бой амалий тажрибалари ҳақида сўзлаб беришди.
Батафсил ўқинг👉
XAVFSIZLIK CHEGARASINI SAQLANG

Xalqaro ahamiyatdagi yo'llar bo'yida savdo-sotiq bilan shug'ullanish baʼzan transport harakatiga xalal beradi. Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan poliz mahsulotlari bilan savdo qilinayotgan joylarda YTHning oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Dehqonlar, tadbirkorlarga yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, xavfsizlik chizigʻiga yaqin kelmaslik tavsiya etildi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Topqirligingizni sinab ko‘ring

Bugungi savolimizga birinchi bo‘lib Ulug‘bek Qurbonov to‘g‘ri javob yo‘lladi. Elbek Normo‘minov ham javobni to‘liq va mukammal tarzda yo‘llagan. Bilimdonlarimizga ofarin deymiz.

Javob: Shveysariya korxonasida soat ishlab chiqarishgan. Yaponiyada kvars kristalidan tayyorlangan elektron soatlar dunyo bo‘ylab keng tarqalgach, korxona kasodga uchragan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
«ХОДИМБАЙ» ИШЛАШ ЙЎНАЛИШИДА

Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги ЖИЭД ҲСБ бошлиғи, подполковник С. Расулев ҳамда Тўртинчи минтақавий мувофиқлаштириш маркази кадрлар билан ишлаш гуруҳи катта инспектори, майор С. Носиров «Ходимбай» ишлаш йўналиши бўйича мазкур Минтақавий мувофиқлаштириш маркази Ҳарбий сафарбарлик гуруҳи катта инспектори, капитан Ш. Қиличовнинг яшаш шароитларини ўрганишди. Шунингдек, ходим яшайдиган маҳалла фаоллари, унинг қўни-қўшинлари ҳамда оила аъзолари билан суҳбатлар ўтказишди. Уларга ички ишлар органлари ходимларига бугунги кунда яратилаётган барча шарт-шароитлар ҳақида батафсил маълумотлар беришди.
Шерзод ЭШМУРОДОВ,
капитан
.
Doimo hushyorlik kerak

Namangan viloyat IIB Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida jamoat joylarida fuqarolar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida kiberjinoyatlarning turlari va kiberfiribgarlik to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilib, barchani ogohlikka chorlovchi maxsus bukletlar tarqatildi. Shuningdek, bank plastik kartalarining maxfiy kodlarini hech kimga bermaslik, turli messenjerlar orqali kelayotgan soxta xabarlarga aldanib qolmaslik bo'yicha ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Oylik doirasidagi targ'ibotlar davom etmoqda.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
2024/10/04 23:23:40
Back to Top
HTML Embed Code: