Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy_rolik

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ogohlantiradi!

Internetdagi onlayn piramidalar qurboniga aylanib qolmang!

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
JUMBOQ

Bugungi savolimizga Nodir ismli o'quvchimiz birinchi bo'lib to'g'ri javob yo'lladi. Mirsaid ham javobini to'g'ri topgan. Bilimdonimizga omad tilaymiz.

Javob:  20-30-yillar davomida ayollar rolini teatrda ham kinoda ham erkaklar o‘ynagan, ularning ko‘rinishini o‘xshatish uchun usta grimmyorlar kerak bo‘lgan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
DOLZARB 30 KUN
IIV Malaka oshirish instituti hamda Bektemir tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi hamkorligida ta'lim muassasasining Bektemir tumani o'quv bazasida boshlang'ich kasbiy tayyorgarlikdan o'tayotgan tinglovchilar bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Dolzarb 30 kun tadbiri doirasida tashkil etilgan ushbu yig'inda yong'inlarning oldini olish, elektr va sovutish uskunalaridan foydalanish tartibi, shuningdek, favqulodda holatlarda to'g'ri harakatlanish qoidalari bo'yicha keng tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida nosoz elektr moslamalaridan foydalanmaslik bo'yicha eslatmalar tarqatilib, yong'inni keltirib chiqaruvchi holatlar va uni bartaraf etish borasida ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
O'z muxbirimiz.
ТЕМИР ИНТИЗОМ ВА ҲАЛОЛЛИК – МУВАФФАҚИЯТ КАЛИТИ
Вилоят ИИО шахсий таркиби ўртасида “Темир интизом ва ҳалоллик – муваффақият калити” мавзусида йиғилиш бўлиб ўтди. ИИБ соҳавий хизматлари, шаҳар-туман ИИБ бошлиғининг маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосарлари, ходимлар ва уларнинг ота-оналари иштирок этди.
Йиғилишни вилоят ИИБ Маънавий-маърифий ишлар ва кадрлар билан таъминлаш хизмати бошлиғи ўринбосари, подполковник Шермуҳаммад Муслимов очиб, шахсий таркиб ўртасида ички тартиб-интизом ва бепарволик муҳитига барҳам бериш учун ўзини ўзи профилактика қилиш тизимини йўлга қўйиш лозимлигини таъкидлади. Шунингдек, тадбирда сўз олган ИИВ Шахсий хавфсизлик бош бошқармаси Қашқадарё вилояти бўйича масъул ходими ходимлар хизмат жараёнида ва хизматдан ташқари пайтларда салбий ҳолатларга йўл қўймаслиги бўйича тегишли тавсиялар берди.
Якунда бир гуруҳ ходимлар ва уларнинг ота-оналари бошқарма раҳбариятининг миннатдорлик хатлари билан тақдирланди.
Ҳамза НИЁЗОВ,
капитан.
Қашқадарё вилояти.
XODIMALAR MANFAATI YO'LIDA
Toshkent viloyati ichki ishlar organlari tizimida xalq osoyishtaligini ta'minlab kelayotgan xodimalar o'rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish yuzasidan navbatdagi profilaktik tadbir bo'lib o'tdi. Uning doirasida yakka tartibdagi suhbat va xodimalarning oilaviy sharoitlari o'rganildi.
Bundan tashqari, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, xizmat yoki oilada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan stressli holatlarning oldini olish va ishni samarali tashkil  etish borasidagi  ko'nikmalarni hosil qilish bo'yicha psixologik trening ham o'tkazildi.
O'z muxbirimiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyatida oʻtkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Buloqboshi tumanida keng qamrovli targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, aholi vakillari kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolishlikdan ogohlikka chaqirildi
———
Андижон вилоятида ўтказилаётган «Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги» доирасида Булоқбоши туманида кенг қамровли тарғибот тадбирлари ўтказилиб, аҳоли вакиллари кибержиноятлар қурбонига айланиб қолишликдан огоҳликка чақирилди
#Кун_ҳикмати

Жазолашдан кўра кечирмаклик мардликдир. Ожиз одам кечиролмайди. Афв этиш кучлилар фазилатидир.
Маҳатма Ганди
Qizg‘in kechgan musobaqa
Toshkent shahar IIBB idora va tizimlarida faoliyat yurituvchi yosh xodimlar o‘rtasida sportning suzish turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda xodimlar 100 mert uzoqlikka qisqa vaqt ichida suzish bo‘yicha  bahsga kirishishdi. Yakunga 1-oo‘rinni va Respublika bosqichiga yo‘llanmani Mirobod tumani  IIOFMB Huquqiy statistika guruhi katta inspektori, kapitan Salavat Sultanov qo‘lga kiritdi.
O‘z muxbirimiz,
Toshkent shahri.
2024/10/05 07:27:14
Back to Top
HTML Embed Code: