Telegram Web Link
O'RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
IIV Qorovul qo'shinlari qo'mondoni o'rinbosari, polkovnik U. Jabborov boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda o'rganish ishlarini olib bormoqda.
Dastlab ular barcha ofitser va moddiy ta'minotga javobgar shaxslar bilan umumiy yig'ilish o'tkazib, harbiy intizomni yanada mustahkamlash, zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashish hamda jangovar xizmatni olib borishda hushyorlik va sergaklikni oshirish lozimligini ta'kidlashdi. Shuningdek, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkib o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari ham muhokama qilindi. Ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.
Azamat XOLMATOV,
harbiy qism komandirining madaniyat va ma'rifat ishlari
boʻyicha maslahatchisi.
ПЛЯЖ МАВСУМИДА ЯХШИ ДАМ ОЛИНГ

Шу кунларда республикамизда анъанавий пляж мавсуми кетмоқда. Бу пайтда сайёҳлар ва маҳаллий аҳоли соҳилларга, сузиш ҳавзаларига интилади.
Маълумки, пляж мавсумида соҳилларда хавфсизлик ва тартибни таъминлаш зарурати пайдо бўлади. Ушбу масалада муҳим ўринни хавфсиз туризмни таъминлаш ходимлари эгаллайди. ХТТБ ходимлари соҳилларда патруллик қилади, фавқулодда вазиятларда ёрдам кўрсатади, тартиб-қоидалар ҳақида маълумот беради. Бу фаолият, айниқса, оммабоп туристик ҳудудларда, дам олувчилар оқими катта бўлган жойларда муҳим аҳамиятга эга. Уларнинг мавжудлиги нафақат хавфсизликни таъминлашга, балки сайёҳлар ўзларини нотаниш муҳитда ҳимояланган ва ишончли ҳис қилишларига имкон яратади.
Азамат АХМАТОВ,
капитан.
Muhokamada – dolzarb masalalar

Namangan tumani madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman hokimligi, tuman IIB, MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror, yoshlar bandlik dasturi ijrosi, migratsiya bo‘yicha “xonadonbay” xatlov jarayoni masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglandi. Hujjatlarning yuritilishi, berilgan xulosalar va ular asosida amalga oshiriladigan ishlarni qo‘shma qaror talablari asosida tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
JUMBOQ

Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy “Avesto”ning vatani haqida gapirib, uni qayerda paydo bo‘lganini aytadi?


Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
“Salomatlik kuni” doirasida Samarqand viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan  viloyati IIB shaxsiy tarkibi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib,  jarohatlanganda birinchi tez tibbiy yordam, mavsumiy kasalliklar, issiqlikning organizmga salbiy ta’siri, gipertoniya kasalligi mavzusida tushuntirish ishlari va ma’ruzalar olib borildi.
Gʻamxoʻrlik – 2024

MAROQLI HORDIQ UCHUN


Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida XTB xodimlari yana bir tadbirda ishtirok etishdi. Ularning kuzatuvida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi “Burchmullo” bolalar dam olish oromgohiga 3-bosqich yozgi dam olish uchun bolajonlar oromgohga joʻnatildi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
MUAMMOLAR NAZORATGA OLINDI
Viloyat ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼullar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘limida hamda “Oydin nur NTT”da yashayotgan og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning muammolari o‘rganildi. Shuningdek, xotin-qizlarga huquqiy va psixologik maslahatlar berildi hamda aniqlangan muammolar nazoratga olindi.
X.TOYIROVA,
kapitan.
Buxoro viloyati.
2024/10/05 15:26:08
Back to Top
HTML Embed Code: