Telegram Web Link
YOSHLAR IJOD SAROYIDA

Toshkent shahar IIBB JTSB PPX brigadasi 2-MSB xodimlari ishtirokida Yoshlar ijod saroyidagi kutubxonada maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Xodimlar bu yerdagi turli mavzudagi kitoblar bilan tanishar ekan, oʻzlari uchun tegishli maʼlumotlarni olishdi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
Keng qamrovli targibot
Kosonsoy tumani IIB boshlig‘i topshirig‘iga ko‘ra, mahallalarda profilaktika inspektorlari tomonidan aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Mahallalardagi profilaktika, probatsiya guruhi hisobida turuvchi hamda spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan shaxslar va ularning oila aʼzolari bilan profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda chet elda uzoq muddat bo‘lib, yurtga qaytgan shaxslar holidan xabar olindi, migratsiyadan qaytganlarni ishga joylashtirish masalasida suhbatlashildi.
Aholi o‘rtasida firibgarlik, o‘g‘irlik va kiberjinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslikka qaratilgan targ‘ibot tadbirlari ham olib borildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
O'RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
IIV Qorovul qo'shinlari qo'mondoni o'rinbosari, polkovnik U. Jabborov boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda o'rganish ishlarini olib bormoqda.
Dastlab ular barcha ofitser va moddiy ta'minotga javobgar shaxslar bilan umumiy yig'ilish o'tkazib, harbiy intizomni yanada mustahkamlash, zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashish hamda jangovar xizmatni olib borishda hushyorlik va sergaklikni oshirish lozimligini ta'kidlashdi. Shuningdek, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkib o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari ham muhokama qilindi. Ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.
Azamat XOLMATOV,
harbiy qism komandirining madaniyat va ma'rifat ishlari
boʻyicha maslahatchisi.
ПЛЯЖ МАВСУМИДА ЯХШИ ДАМ ОЛИНГ

Шу кунларда республикамизда анъанавий пляж мавсуми кетмоқда. Бу пайтда сайёҳлар ва маҳаллий аҳоли соҳилларга, сузиш ҳавзаларига интилади.
Маълумки, пляж мавсумида соҳилларда хавфсизлик ва тартибни таъминлаш зарурати пайдо бўлади. Ушбу масалада муҳим ўринни хавфсиз туризмни таъминлаш ходимлари эгаллайди. ХТТБ ходимлари соҳилларда патруллик қилади, фавқулодда вазиятларда ёрдам кўрсатади, тартиб-қоидалар ҳақида маълумот беради. Бу фаолият, айниқса, оммабоп туристик ҳудудларда, дам олувчилар оқими катта бўлган жойларда муҳим аҳамиятга эга. Уларнинг мавжудлиги нафақат хавфсизликни таъминлашга, балки сайёҳлар ўзларини нотаниш муҳитда ҳимояланган ва ишончли ҳис қилишларига имкон яратади.
Азамат АХМАТОВ,
капитан.
Muhokamada – dolzarb masalalar

Namangan tumani madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman hokimligi, tuman IIB, MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror, yoshlar bandlik dasturi ijrosi, migratsiya bo‘yicha “xonadonbay” xatlov jarayoni masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglandi. Hujjatlarning yuritilishi, berilgan xulosalar va ular asosida amalga oshiriladigan ishlarni qo‘shma qaror talablari asosida tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
JUMBOQ

Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy “Avesto”ning vatani haqida gapirib, uni qayerda paydo bo‘lganini aytadi?


Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
“Salomatlik kuni” doirasida Samarqand viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan  viloyati IIB shaxsiy tarkibi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib,  jarohatlanganda birinchi tez tibbiy yordam, mavsumiy kasalliklar, issiqlikning organizmga salbiy ta’siri, gipertoniya kasalligi mavzusida tushuntirish ishlari va ma’ruzalar olib borildi.
2024/10/04 19:20:07
Back to Top
HTML Embed Code: