Telegram Web Link
ЭНГ КУЛГИЛИ ИСТАК

* Ҳаёт яшаш эмас, яшаётганингни ҳис қилишдир.
* Ўлдирмаган ҳар азоб кучлантирар.
* Баъзан бахтли қолиш учун ниманидир билмаган ёки сўраб-суриштирмаган маъқул.
* Ақлли одам ҳамма вақт ўз хатоларини тузатиши мумкин, аҳмоқ эса уларни тан олишга ҳам қодир эмас.
* «Куйиб кетмаслик» учун вақтида қаҳрни «ўчириш»ни ўрган.
* Кимдандир ўч олишнинг энг осон йўли – усиз ҳам ҳар нарсанинг уддасидан чиқа олишингни исботлаш.
* Бировнинг ҳамёни ҳамма вақт қалин, иши енгил кўринади.
* Муҳаббатнинг кўзи кўр, аммо оилавий ҳаёт ажойиб окулистдир.
* Энг кулгили истак – ҳаммага бирдек ёқиш.
* Ҳасад эмас, ҳавас қилишга ўрганган инсон бахтли бўлади.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
Кун ҳикмати
Энг буюк Ҳаж –  бир кўнгилга  йўл топиб  киришдир.
Жалолиддин РУМИЙ
Kinologlar – bolalar huzurida
Kosonsoy tumanidagi ”Sohil” bolalar dam olish maskanida bolajonlar uchun qiziqarli uchrashuv o‘tkazildi. Namangan viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi kinolog xodimlari tomonidan dam oluvchilarga kinolog itlar va ularning imkoniyatlari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Kinolog itlarning jinoyatni ochishda qay tartibda ishtirok etishini ko‘rsatib beruvchi ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Bu kabi tadbirlar o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tabiatga, jonivorlarga mehrli bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
ОЙЛИК ДОИРАСИДА

Маълумки, айни пайтда "Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги" доирасида жойларда турли тарғибот тадбирлари ташкил этиб келинмоқда. Бундан кўзланган мақсад–кибержиноятларнинг олдини олиш, шунингдек бу борада аҳолининг хабардорлигини оширишдан иборатдир. Бунда Қорақалпоғистон Республикаси ИИВ ЖХХ ППХ батальон ходимлари ҳам иштирок этиб, Нукус шаҳар ҳудудидаги хизмат жараёнида фуқароларга тегишли буклетлар тарқатиб келинмоқда.

Абиу ТОРЕМОВ,
майор.
СУРАТЛИ ЛАВҲАЛАР

Ҳавонинг иссиқ келиши маҳсулотларнинг айнишига сабаб бўлади. Шу боис вилоят ИИБ ЖХХ ЖТСБ Карантин тадбирларини таъминлаш гуруҳи ҳамда Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш бошқармаси ходимлари билан ҳамкорликда деҳқон бозорларда ветеринария-санитария тартиб-қоидаларига амал қилиниши юзасидан назорат рейд тадбирлари ўтказилмоқда. Тадбирлар давомида тарғибот-ташвиқот ишлари ҳам олиб борилмоқда.
А.ЗАЙНИЕВ,
сафдор.
Бухоро вилояти.

👉 @postdarasmiy
Intilgan murodga yetadi

IIV Qorovul qo‘shinlari 7536-harbiy qism 3-batal­yoni 3-toifali nazoratchisi, oddiy askar Mirshod Sharo­pov sportga ham, tanlagan sohasiga ham birdek mehr qo‘ygan.
Dastlab maktabdagi erkin kurash to‘garagiga qatnashib, sportga qiziqishi oshgan Mirshodjon soliq kollejida tahsil olayotganida Buxoro shahridagi «Umid» klubida murabbiyi Homid Rahmatovga shogird tushib, boks bilan shug‘ullandi. Shahar va viloyat miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
JUMBOQ SAVOL

Suratdagi ayol 2006-Yil AQSHning Vashington shtati Sietl mahallasida tijoriy yo'l ochish uchun uyini sotish evaziga 1 million dollar taklifini rad etganida butun dunyo e'tiborini tortdi. Ya'ni ayol pul taklifini rad etgan holda o'z uyini quruvchilar buzib yuborishidan saqlab qolgan. U 2008 yil 86 yoshida vafot etdi. Va qaysidir ma'noda xalq qahramoniga aylandi. Bu voqeadan bir muddat o'tib Uning hayoti asosida butun dunyoga mashhur bo'lgan bir multfilm yaratildi.

Diqqat savol: Yuqoridagi ma'lumotlardan foydalanib, gap qaysi multfilm haqida ketayotganini toping!
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ESKIJO‘VA

«Eskijo‘va» Sebzor dahasining qadimiy mahallalaridan biri bo‘lgan. Mahsido‘zlik ko‘chasida mahalla hunarmandlarining asosiy qismi joylashgan bo‘lib, savdo-sotiq qaynagan joylardan biri hisoblangan. Vaqt­lar o‘tib bu qadimiy mahalla ham markaziy bozorning bir qismi va keyinchalik bozorning asosini tashkil qilib, Eskijo‘va nomi bilan atala boshlangan.
Professor X. Hasanov «Eskijo‘va» – mahalla nomi, harbiy aslahalar ombori (jo‘vaxona) bo‘lganidan bu joy shunday nom olgan, deydi. Haqiqatan ham, jiba «sovut» degan so‘z.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
AMALIY ISHLAR SAMARASI

Pastdarg‘om tumani uchinchi sektori hududidagi
26 ta mahallada 21 mingdan ziyod oila istiqomat qiladi. Yil boshidan buyon bu yerda tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik Ma’ruf Qo‘ziyev rahbarligida qishloq ahli farovonligini oshirishga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Aholisining turmush sharoitini o‘rganishda maxsus daftarlarga kiritilgan ehtiyojmand, kam ta’minlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
O‘TGAN UMRIMGA ACHINMAYMAN

Halollik – inson qalbiga halovat baxsh etuvchi fazilat. Iste’fodagi mayor Akmal Azimov qariyb 30 yil ichki ishlar organlarida halol, sidqidildan xizmat qilib, hamkasblarining, aholining hurmatini qozongan faxriylardan biri.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi munosabati bilan Navoiy viloyati bo'ylab targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda

👉 @postdarasmiy
JUMBOQ SAVOL

Suratdagi ayol 2006-Yil AQSHning Vashington shtati Sietl mahallasida tijoriy yo'l ochish uchun uyini sotish evaziga 1 million dollar taklifini rad etganida butun dunyo e'tiborini tortdi. Ya'ni ayol pul taklifini rad etgan holda o'z uyini quruvchilar buzib yuborishidan saqlab qolgan. U 2008 yil 86 yoshida vafot etdi. Va qaysidir ma'noda xalq qahramoniga aylandi. Bu voqeadan bir muddat o'tib Uning hayoti asosida butun dunyoga mashhur bo'lgan bir multfilm yaratildi.

Diqqat savol: Yuqoridagi ma'lumotlardan foydalanib, gap qaysi multfilm haqida ketayotganini toping!
Ushbu savolning javobini Sardor Abdullayev, Ismoil Ismoilov, Akbarjon Odilov, Qurbonov Ulug'bek, Odiljonlar to‘g‘ri topishdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

JAVOB: «Tepaga» (inglizcha — «Up») deb nomlangan multifilm.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, hudud osoyishtaligi va tinchligini nazorat qilish borasida tunu kun xizmat olib borilmoqda

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
2024/10/03 13:29:02
Back to Top
HTML Embed Code: