Telegram Web Link
#Jumboq

XX asr boshlarigacha Yevropa korxonalarida ichki ahvol ancha yomon bo‘lgan. Odob va axloq normalaridan chiqish, xodimlar oʻrtasida yomon, haqoratli soʻzlar ishlatish, soʻkinishlar avjiga chiqadi. Keyin kasaba uyushmalari tomonidan qilingan bir yangilik korxonalar ichida axloq, odob normalarining sogʻlomlashishiga olib keladi. Xodimlar baralla soʻkinishdan, haqoratomuz soʻzlarni ishlatishdan ancha tiyilib qolishgan.
Savol: Korxonalarga odob va axloqni kimlar olib kirishgan?

Ushbu savolning javobini Xasanaka to‘g‘ri topdi. Ofarin! Elnora Inoyatova, Sardor, Olmurodov Qadamjon kabi o'quvchilarimiz ham to'g'ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: Kollektivlar ichiga ayollar ishga olina boshlangan. Ular tufayli korxonalarga madaniyat va axloq kirib kela boshlagan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Himoya orderi rasmiylashtirildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumani «O‘rta qal'a» OFYda oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrim yoqasiga kelib qolib, nizolashayotgan oila o‘rganilganda ayolga nisbatan tazyiq holati aniqlandi. Natijada himoya orderi rasmiylashtirilib, oilani yarashtirish choralari ko‘rildi.

@postdarasmiy
Yoshlarga eʼtibor

Yunusobod tumani 2-IIB HPB YOMB inspektorlari, mayor B.Amanova va kapitan N.Ubaydullayeva tomonidan JIEMdan qaytgan yoshlarning xonadoniga borib yashash sharoiti va muammolari oʻrganildi.
    Xususan, “Astrobod” mahallasida yashovchi M. Xayrutdinovga boʻsh ish oʻrni taklif etildi va  “Begʻubor” mahallasida istiqomat qiluvchi yashovchi Ye. Ivanov mebel sexiga ishga joylashtirildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Xavfsiz tun» profilaktik tadbiri

Xorazm viloyatida IIB YHXB va JTSB tomonidan "Xavfsiz tun" profilaktik tadbiri doirasida Urganch shahrida o‘tkazilgan reyd tafsilotlari...

@postdarasmiy
#Xushxabar
HAMKASBIMIZ XALQARO TURNIR G'OLIBI
Joriy yilning 17-18-iyun kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko'i shahrida  sportning Taekwon-do GTF turi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.  Unda Sirdaryo viloyati IIB TVBSO inspektori, katta serjant Javohir Tog‘aymurodov  uchta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etdi. Quvonarlisi, u musobaqaning yakkalik bahslarida 2-o‘rinni, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan bo'lsa,  professional vazn toifasi janglarida mutlaq g‘olib chiqib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Hamkasbimizni  xalqaro miqyosdagi g'a'labasi bilan muborakbod etamiz!
O'z muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.

👉 @postdarasmiy
Тушкунлик ҳолатини енгиш

Нохуш вазият, кўнгилсизлик, ёмон хабар ёки ҳодисалар туфайли инсоннинг руҳий ҳолатида стресс, ваҳима ва қўрқув ҳолатлари кузатилиши мумкин. Бу куч-қувват ҳисобланган кортизол гормонининг организмдан кўп миқдорда чиқиб кетишига олиб келади.
Мазкур ҳолат ўз-ўзидан зарарли эмас, лекин мунтазам давом этса, турли хил психологик касалликларни келтириб чиқариши исботланган.
Batafsil 👉

👉 @postdarasmiy
#Кун_ҳикмати

Одам ўз қилмишини оқлаш учун бир сабабдан бошқа ҳар қандай сабабни топади, ўз жиноятларини оқлаш учун бир баҳонадан бошқа ҳар қандай баҳонани топади, ўз тинчини таъминлаш учун бир важдан бошқа ҳар қандай важни топади-ю, фақат ўзининг ҚЎРҚОҚлигини ўйламайди.
✍️Бернард Шоу,
инглиз ёзувчиси, драматург.

👉 @postdarasmiy
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarning faoliyati o‘rganildi

Viloyat hududida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka chek qo‘yish, oila turmush doirasidagi huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash maqsadida Boshqarma JXX HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari Uychi, Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida bo‘lib, tumandagi XQMB katta inspektorlarining xizmat faoliyatlari, ular tomonidan olib borilgan profilaktik ishlar ahvolini o‘rganishdi.
O‘rganishlar davomida xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida olib borilgan ishlar, yuborilgan taqdimnomalar, o‘tkazilgan muhokamalar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.
👉 @postdarasmiy
ҚАШҚАДАРЁДА ЁШЛАР ФОРУМИ БОШЛАНДИ

Ички ишлар вазирининг 2024 йил 8 июндаги тегишли фармойишига асосан, Қашқадарё вилоятида Ички ишлар органлари ёш ходимлари ва ҳарбий хизматчиларининг IV Республика ёшлар форумига старт берилди.
Форумнинг биринчи куни хотин-қизлар учун Қарши шаҳридаги “Геолог” ўйингоҳида соҳил волейболи мусобақалари бўлиб ўтди.
Эрта тонгда бошланиб, қизғин ва муросасиз ўтган мусобақада ИИВ Жазони ижро этиш департаменти волейболчилари 1-ўринни қўлга киритди. Навбатдаги совринли ўринларни Қашқадарё вилояти ва Сирдарё вилояти ички ишлар бошқармалари жамоалари банд этди.
Шаҳрисабз шаҳрида эса йигитлар учун “Жанговар марш” синовлари бўлиб ўтди. Беш километр масофага югуриш давомида иштирокчилар дастлаб қурол-аслаҳа тўлдирилган қутиларни, кейинги гал ярадорларни санитария носилкасида 200 метр масофага олиб бориш шартини бажаришди. Сўнгра 200 метр заҳарланган ҳудудни противогазда кесиб ўтиш машқларини бажаришди.
Батафсил ўқинг👉
#Касб_фидойиси
Болакай уйига қайтди
Наманган шаҳрида ўтаётган 63-халқаро гуллар фестивалини тинч ва осойишта ўтказиш учун вилоят ИИБ соҳавий хизматлари ходимлари ҳам жалб этилган. Афсоналар водийси тематик паркида "Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик" шиори остида ўтказилаётган тадбирда  хизматга жалб этилган Косонсой тумани ИИБ ЖХХ Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси бўлими ходими, профилактика инспектори, лейтенант Жаҳонгир Абдумаликовнинг эътиборини   олти ёшли Муҳаммадризо исмли болакай тортди. Аниқланишича, бола  онаси ва синглиси билан айлангани чиқиб, уларни йўқотиб қўйган. Лейтенант Жаҳонгир Абдумаликов боланинг Янги Наманган тумани Беруний маҳалласида яшашини аниқлади. Маҳалла профилактика инспектори билан боғланиб, Муҳаммадризонинг отасига хабар берди. Бола уйига соғ-саломат қайтди.
Г. Бувамирзаева,
ўз мухбиримиз,
Наманган вилояти.
2024/10/01 19:22:31
Back to Top
HTML Embed Code: