Telegram Web Link
Rekordchi qo'chqor

Avstraliya poytaxti yaqinida topilgan qo‘chqordan 40 kilogrammdan ortiq jun olingan va bu rasman dunyodagi eng ko‘p junga ega bo‘lgan qo‘chqorga aylangan.

#qiziq, #antiqa

@postdarasmiy
“SOG‘LOM HAYOT SARI 5000 QADAM” MARAFONI

Viloyat IIB tashabbusi bilan Shofirkon tumanida “Sog‘lom hayot sari–5000 qadam” hamda “Xavfsiz hayot uchun” shiorlari ostida piyoda yurish marafoni o‘tkazildi. Marafonda viloyat IIB va sektor rahbarlari, huquq-tartibot organlari xodimlari, nuroniylar hamda 2000 dan ortiq uyushmagan yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Jumboq

Bu ro’yxat boshida Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha Buyuk Britaniya davlati turgan. Hozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan.
Savol: Bu qanday ro’yxat? U nimaga qarab tuzilgan?

Ushbu savolga Ashirbekov Jaxongir, Turgunov, Adham, Sardor, Qurbonov Ulug'bek kabi o'quvchilarimiz toʻgʻri javob yoʻllashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin.

Javob: Orollar soni boʻyicha roʻyxat.
U Britaniyadan Osiyo mamlakatlari ozodlikka chiqishiga qarab tuzilgan.  Roʻyxat shu tarzda oʻzgargan.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
БУХОРОИ ШАРИФГА САЁҲАТ

Қашқадарё вилояти ИИБ раҳбарияти ва бирлашган касаба уюшма қўмитаси ташаббуси билан бир гуруҳ хотин-қиз ходималар иштирокида Бухоро шаҳрига саёҳат уюштирилди.
Саёҳатнинг илк йўналиши Когон туманидаги Саййид Амир Кулол мақбараси бўлди. Сўнгра Бухоро шаҳридаги Баҳоуддин Нақшбанд тарихий меъморий мажмуаси зиёратгоҳида бўлган зиёратчилар аллома ҳаёти ва фаолияти, обиданинг яратилиш тарихи билан яқиндан танишдилар.
Ходимлар Бухоронинг сўнгги амири Амир Олимхоннинг уй-музейи ва Арк саройига қўйилган турли тарихий экспонатлар ва осори атиқалар, халқ амалий санъати ва ҳунармандчилик намуналари, аждодларимиз тарихини акс эттирувчи миниатюра асарларини мириқиб томоша қилишди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
TAVSIYАNOMALAR BERILDI

IIV Malaka oshirish institutida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan bir guruh professor-o'qituvchilar va xodimlarning farzandlariga fuqarolik va harbiy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravishda o'qishga kirish huquqini beruvchi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda so'z olgan institut boshlig'i, texnika fanlari nomzodi, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov so'nggi yillarda davlatimiz tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligi, mazkur sa'y-harakatlar ham buning yaqqol tasdig'i ekanligini ta'kidladi.
Yig'ilishda so'zga chiqqan ota-onalar va ularning farzandlari ham yaratib berilayotgan bu kabi imkoniyatlarga munosib bo'lishga va'da berishdi.
O'z muxbirimiz.
ҲАҚИҚАТНИ ЭШИТА ОЛАСИЗМИ?

Кўпинча бировдан эшитган гапларимизнинг қай даражада ҳақиқат эканига иккиланиб қоламиз. Тадқиқотчилар фикрига кўра, 3 тоифа кишилар сизга ҳар доим ҳақиқатни айтар экан.
Маст киши, ёш бола ва сиздан ғазабда бўлган инсонларгина рост сўзни айтаркан. Ишонмасангиз синаб кўринг. Масалан, яқин дўстларингиздан бирининг жаҳлини чиқаринг. Иложи бўлса бу воқеа ҳақида яна бир-икки кишини огоҳлантириб қўйинг. Тағин ҳақиқий жанжалга айланиб, бегоналашиб кетманг...

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning iyun oyi ichki ishlar organlari tizimida “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilindi
———
Жорий йилнинг июнь ойи ички ишлар органлари тизимида «Ёшлар ойлиги» деб эълон қилинди

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ўзлик сари уч қоида

1. Танлов эркинлиги.
Инсон яхши ёки ёмон, кучли ёки заиф бўлишни ўзи танлайди. Ушбу эркинликдан унумли фойдаланиб ўз танловингизни қилинг, акс ҳолда буни бошқалар сизнинг ўрнингизга амалга оширади.
2. Ўзини яхши кўриш ва ҳурмат қилиш.
Агар инсон ўз вақти, соғлиғи, мақсад ва қизиқишларига эътиборсиз бўлса, демакки, ўз ҳаётининг қадрига ҳам етмайди. Эркинлик кишининг ўзига бўлган ҳурмат ва муҳаббатидан бошланади.
3. Ўз фикрига эга бўлиш.
Эркин одам доим «боши» билан ўйлайди. Ўз фикрига эга бўлиш бу – бошқаларни тинглаш, аммо ўз ақли билан иш тутиш демак.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.

👉
@postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#Ajoyibotlar_dunyosi
Tojdor boʻyinturuq — Venesuela, Trinidad-tabago, shimoliy Braziliyaning tropik mintaqalarida uchraydigan mitti qush. Kolibrilar turkumiga kiradi. Boʻyi 6,6 santimetr, ogʻirligi 2,5 gramm. Zargʻaldoq toji, yashil-koʻkish patlari, siyohrang qanotlari unga oʻzgacha tus beradi. Gul nektari bilan oziqlanadi.
👉 @postdarasmiy
AVF ETILGANLARNING MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Viloyat huquq-tartibot organlari rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida viloyat 3-sektor shtabi binosida afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda avf etilganlarni uy-joy va ish bilan taʼminlash, salomatligini tiklash hamda boshqa mavjud muammolarini hal etish borasida yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ularning kelgusidagi maqsad va rejalari o‘rganildi. Bildirgan muammoli masalalari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va mutasaddilarga manzilli topshiriqlar berildi. Ushbu shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashishi, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish maqsadida hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
A.ZAYNIYEV,
safdor.
Buxoro viloyati.
2024/10/01 18:50:42
Back to Top
HTML Embed Code: