Telegram Web Link
Davra suhbati davomida

Mirzo Ulugʻbek tumani “Alisherobod” mahallasida joylashgan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida tadbir tashkil etildi. Tuman IIOFMB HPB xotin-qizlar masalalari inspektorlari tomonidan tashkil etilgan tadbirda oilalar oʻrtasida huquqbuzarlik, zoʻravonlik, oilalarning ajrimga kelib qolishining oldini olishga qaratilgan davra suhbati boʻlib oʻtdi va mavzuga doir videorolik namoyish etildi.
Feruza JUMANAZAROVA,
podpolkovnik.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
#Kun_hikmati

Kun koʻrish kerak emas, yashash kerak.

Маhmud Sa'diy

👉 @postdarasmiy
#Касб_фидойиси
Катта лейтенант Муҳиддинжон Ортиқбоев Боёвут тумани ИИБ ЖХХ ҲПБ профилактика инспектори вазифасида хизмат қилади. У ўтган йилда вилоятда энг яхши профилактика инспектори, деб топилган.
Тумандаги «Амир Темур» маҳалласида хизмат вазифасини ўтаётган ходим яқинда фоҳишахона сақлаш билан боғлиқ жиноятни фош этди. Жамиятда юриш-туриш қоидаларига зид равишда бетайин турмуш тарзини ёйиш, моддий манфаатдор бўлишни мақсад қилган уч нафар аёл эндиликда қонун олдида жавоб берадиган бўлишди.
Ўз мухбиримиз.
Сирдарё вилояти.
HARBIYLAR SALOMATLIGI YO'LIDA

IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7532-harbiy qismda “Huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish profilaktikasi” kuni munosabati bilan “Spirtli ichimliklarning inson salomatligi uchun zararli oqibatlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Viloyat IIB poliklinikasi mutaxassis-shifokorlari ishtirokida bo'lib o'tgan mazkur yig'ilishda soha xodimlari tomonidan bu borada keng tushuntirishlar olib borildi.
Shuningdek, sog'lig'ida shikoyati bo'lgan harbiylar bilan tibbiy ko'rik o'tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi.
Mixli SAFAROV,
o'z muxbirimiz.
JUMBOQ

Ayrim yuk avtomobillarida vertolyot tasvirini koʻrish mumkin. Buni haydovchilarning oʻzlari nakleyka koʻrinishida yopishtirib qoʻyishadi. Dastlab vertolyotning ehtiyot qismlarini tashiydigan yuk avtomobillariga yopishtirilgan. Keyinchalik bu nakleyka orqali MDH davlatlaridagi haydovchilar yuk avtomobillari haqidagi bir maʼlumotni berishgan.
Savol: Vertolyot tasviri yopishtirilgan yuk avtomashinasi haqida qanday maʼlumot bergan?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot
JIDDIY TAHLIL VA TANQIDIY RUHDA
Xalq deputatlari Giliston shahar kengashining navbatdagi sessiyasida shahar IIB boshligʻi, podpolkovnik B. Sayitnazarovning hisoboti tinglandi. Unda shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xafvsizligini taʼminlash, jinoyatchlikka qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Sodir etilgan jinoyatlarning sabablari, oldini olish imkoniyatlari ochiq mihokamaga sabab boʻldi.
Sessiya yakuniga koʻra, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Salbiy oqibati tushuntirildi

Toshkent mintaqasi temir yoʻl TXTB HPB xodimlari tomonidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” AJ korxonasining ishchi-xizmatchilari oʻrtasida “Onlayn qimor” mavzusida profilaktik yigʻilish tashkilashtirildi. Tadbirda bu oʻyinlar qonunlarimizda taqiqlanganligi boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek, “Onlayn qimor oʻyinlarining salbiy oqibatlari” va “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan har qanday oʻyinlar uchun qonunlarimizda javobgarlik belgilangan” mavzusida videoroliklar namoyish etildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
XODIMALAR “OQSAROY”DA BO‘LISHDI

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining ish samaradorligini oshirish va maʼnaviy hordiq olishlari maqsadida tez-tez sayohatlar uyushtirilmoqda. Yaqinda ichki ishlar organlarida faoliyat olib boruvchi 30 nafar xodima va 20 nafar farzandlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Oqsaroy” majmuasi hamda Miraki dam olish maskaniga sayohat qilishdi.
M.YAKUBOVA,
mayor.
Buxoro viloyati.
БОР МЕҲРИМИЗ СЕНГА, БОЛАЖОН!

1 июнь – Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни муносабати билан Қашқадарё вилояти Ички ишлар бошқармаси соҳавий хизматлари ходимлари вилоят Қон қуйиш марказида беғараз донорлик тадбирида иштирок этишди.
Вилоят Қон қуйиш маркази билан ҳамкорликда “Бор меҳримиз сенга, болажон!” шиори остида ўтказилган тадбирда беғараз қон топшириш кўплаб инсонлар ҳаётини сақлаб қолишга хизмат қилиши айтилди.
Тадбирда донорлар “Адолат” социал-демократик партияси ташаккурномалари билан тақдирланди.
Содиқ РАҲИМОВ,
ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
2024/10/05 05:31:19
Back to Top
HTML Embed Code: