Telegram Web Link
XIZMAT SAMARADORLIGI TA’MINLANMOQDA

Kuni kecha Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, general-mayor B. Mirzarahimov Qorovul qo'shinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda bo'ldi.
Tadbirda so'z olgan vazir o'rinbosari shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va jangovar shayligini yanada oshirish maqsadida qilinayotgan sa'y-harakatlar yetarli darajada tashkil etilayotgani, bu borada qism qo'mondonligining munosib o'rni borligini ta'kidladi. Shuningdek, yaqinda Turkiyada bo'lib o'tgan sportning universal jang turi bo'yicha jahon kubogi hamda Farg'ona shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionati musobaqalarida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan bir guruh harbiylarga medal va faxriy yorliqlar topshirdi.
Tadbir yakunida shaxsiy tarkibga yaratilgan shart-sharoit va harbiy texnikalarni ko'zdan kechirib, o'z tavsiyalarini ham berib o'tdi.
Abduhamid OLLAYОROV,
kichik serjant.

👉 @postdarasmiy
Уйқуни ураётганида ушланди
Бахмал туманининг “Нуробод” маҳалласида яшовчи С.Ў. ички ишлар органларига мурожаат қилиб, эшиклари очиқ қолдирилган “Нексия” автомашинасини номаълум шахс олиб кетганлигини билдирган. Ички ишлар органлари ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбир натижасида ушбу жиноят “Оқтош” маҳалласида истиқомат қилувчи Т.А. томонидан содир этилгани аниқланди. Маст қонунбузар автоуловни ўз уйи яқинида қолдириб, уйқуни ураётганида ушланди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
Bayram xavfsiz o‘tishi uchun

Ma'lumki, shu kunlarda umumta'lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq  tadbirlari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan Namangan viloyati IIB JXX YHXB va shahar IIB rahbar hamda xodimlari tomonidan maktab o'quvchilari bilan bog'liq YTHlarning oldini olish, voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lmagan shaxslarning avtomashina boshqarishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida o'quvchilar, ularning ota-onalari, o'qituvchi va mahalla faollari ishtirokida yig'ilish tashkil etildi. Unda voyaga yetmagan bolalar tomonidan boshqarilgan avtomashinalar ishtirokida sodir bo'lgan ayanchli halokatlar to'g'risida ma'lumotlar berildi hamda mazkur avtohalokatlar tasvirlangan film namoyish etildi.
Hali tajribasi va tegishli hujjatlari bo'lmasada, avtomashina boshqarib yurgan bolalarning harakati jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinib, ularning ota-onasi hushyorlikka chaqirildi.
Batafsil o'qing👉
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
УЧКЎПРИКДА САЙЁР ҚАБУЛ

Фарғона вилояти ИИБ бошлиғи, генерал-майор Азизбек Икрамов Учкўприк тумани “Катта Кенагас” МФЙ да оммавий сайёр қабул ўтказди.
Унда 38 та мурожаат тингланиб, уларнинг 11 таси жойида ижобий ҳал этилди. 9 таси юзасидан малакали ҳуқуқий тушунтиришлар берилди. 5 та мурожаат эса тегишли ташкилотларга йўналтирилди. Кўриб чиқиш муайян вақт талаб этадиган 13 та мурожаатнинг ижроси назоратга олинди.
Шу билан бирга, бошқарма раҳбарияти томонидан ҳудудий ички ишлар органлари масъул ходимларига аҳоли муаммолари билан ишлаш юзасидан услубий ва амалий ёрдам кўрсатилди.
Абдувосит СИДИҚОВ,
ўз мухбиримиз.

👉 @postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Harakat ishtirokchilari uchun

Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, harakat ishtirokchilari uchun qulay hamda xavfsiz sharoitni yaratish va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida poytaxtimiz koʻchalarida yoʻl yotiq chiziqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.
Oʻz muxbirimiz,
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
#Кун_ҳикмати

Ҳар бир инсоннинг қадр-қиммати ўз ишини қандай бажараётгани билан ўлчанади. Инсоннинг тилак ва хоҳишлари меҳнат туфайлигина амалга оширилиши мумкин.
Абу Райҳон Беруний

👉 @postdarasmiy
#Касб_фидойиси
Сирдарё вилояти ИИБ ИИБ ЖХХ ЙҲХБ бўлинмалари, маъмурий амалиёт бўлинмаси кичик инспектори, сафдор Бурҳониддин Нуралиев йўлларда ҳаракат хавфсизлигини таъминлаш жонкуяри. У йўлларда тирбандлик содир бўлганида, светофорлар ишламай қолганида биринчи бўлиб етиб борадиган масъулиятли шахслардан.
Яқинда Гулистон - Мирзаобод йўлида хизмат вазифасини ўтаётганида «Кобалт» ва «Матиз» автомобили тўқнашиб кетганига дуч келади. Инспектор оғир тан жароҳати олган «Кобалт» ҳайдовчиси 52 ёшли Г.У. га зудлик билан биринчи ёрдам кўрсатиб, вақтни бой бермай, касалхонага етказди. Натижада, ҳайдовчининг ҳаёти сақлаб қолинди.
Ўз мухбиримиз.
Сирдарё вилояти.
QORAKOLDA XONADONBAY O'RGANISH
Qorako‘l tumani IIB boshlig'i, podpolkovnik Sh. Hayitov 3-sektor hududidagi mahallalarda “xonadonbay” tizimi asosida organishlar olib bordi. Jarayonlarda sektor rahbari mahalladagi yettilik vakillari va hududlarga biriktirilgan bank xodimlariga ishsiz aholini, ayniqsa, xotin-qizlar hamda yoshlarni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka ko‘maklashish, chorvachilik, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
2024/10/04 21:13:48
Back to Top
HTML Embed Code: