Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyati Karmana tumani “Navroʻz” MFYda tashkil etilgan sayyor sud yigʻilishida probatsiya nazoratidagi bir guruh mahkumlar muddatidan oldin jazosidan ozod etildi
———
Навоий вилояти Кармана тумани «Наврўз» МФЙда ташкил этилган сайёр суд йиғилишида пробация назоратидаги бир гуруҳ маҳкумлар муддатидан олдин жазосидан озод этилди


👉 @postdarasmiy
Murabbiylar muhokamasi

Andijon viloyati IIBda o'tkazilgan seminar murabbiylik masalalariga bag'ishlandi. Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov ustozlar ishidagi kamchiliklarni ta'kidlab, ba'zi ustozlarning o'z vazifalariga vijdonsiz munosabatda bo'lish misollarini keltirdi. Ko'p yillar davomida murabbiylik bilan shug'ullangan tajribali xodimlarning chiqishlari eshitildi. Seminar davomida muhokama qilingan barcha masalalar bo'yicha tegishli xulosaga kelindi.
Boris KLEYMAN,
o'z muxbirimiz.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Соҳа фидойиси

Қашқадарё вилояти ИИБ ташаббуси билан ТВБСО ходими, сержант Олим Номуродов таҳсил олган Қарши туманидаги 19-сонли мактабда маънавий-маърифий учрашув бўлиб ўтди.
Унда Олим Номуродовнинг спортнинг қўл жанги тури бўйича эришган ютуқлари тўғрисида ёшларга атрофлича маълумот берилди. Жумладан, яқиндагина Қарши шаҳрида қўл жанги бўйича бўлиб ўтган Амир Темур кубоги халқаро турнирида Швейцария, Чехия, Россия, Беларусь, Озарбайжон, Тожикистон, Қозоғистон давлатларидан профессионал қўл жанги усталари қатори О. Номуродов ҳам қатнашиб, 73 кг вазн тоифасида ғолибликни қўлга киритгани эътироф этилди.
Якунда спортчи ходимнинг ютуқ ва ғалабалари акс этган “Бизнинг фахримиз” номли стенд ибрат лавҳаси сифатида мактабга қўйилди.
Ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy
Eng yaxshi mergan

Toshkent shahar IIBB idora va tizimlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi mergan” musobaqasi oʻtkazildi. Yakuniy natijaga koʻra, 3-oʻrinni Sergeli tumani IIOFMB Psixologik taʼminlash guruhi kata psixologi, leytenant Mushtariy Oʻrolova, 2-oʻrinni Uchtepa tumani IIOFMB jismoniy va jangovar tayyorgarlik guruhi katta mutaxassis-instruktori, kapitan Rasul Eraliyev hamda faxrli 1-oʻrinni IIBB JTSB PPX brigadasi ommaviy tadbirlar davrida xavfsizlikni taʼminlash botalyoni inspektori, safdor Diyoriddin Mamasidiqov egalladi va mazkur musobaqaning Respublika bosqichiga qatnashish huquqni qoʻlga kiritdi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
👉
@postdarasmiy
Zehningizni sinab ko‘ring

Savol
: Kanadaning Toronto shahrida dunyodagi eng baland teleminoralardan biri joylashgan. Ushbu minoraning 111-metrida bunyod etilgan maxsus yugurish yo‘lakchasida boy-badavlat kishilar sport bilan shug‘ullanishadi. Nima uchun bunday balandlikda sport maydoni qurilgan.

Ushbu savolning javobini Xasanaka, Nigora Mamayusupovalar to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdon o'quvchilarimizga omad tilab qolamiz.
Javob: Chunki ushbu balandlikka avtomobillardan ajraladigan gaz yetib bormaydi. Ya'ni, bu yerda toza havo bo'lganligi sabab sport bilan shug‘ullanish har jihatdan foydali.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
XIZMAT SAMARADORLIGI TA’MINLANMOQDA

Kuni kecha Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, general-mayor B. Mirzarahimov Qorovul qo'shinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda bo'ldi.
Tadbirda so'z olgan vazir o'rinbosari shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va jangovar shayligini yanada oshirish maqsadida qilinayotgan sa'y-harakatlar yetarli darajada tashkil etilayotgani, bu borada qism qo'mondonligining munosib o'rni borligini ta'kidladi. Shuningdek, yaqinda Turkiyada bo'lib o'tgan sportning universal jang turi bo'yicha jahon kubogi hamda Farg'ona shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionati musobaqalarida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan bir guruh harbiylarga medal va faxriy yorliqlar topshirdi.
Tadbir yakunida shaxsiy tarkibga yaratilgan shart-sharoit va harbiy texnikalarni ko'zdan kechirib, o'z tavsiyalarini ham berib o'tdi.
Abduhamid OLLAYОROV,
kichik serjant.

👉 @postdarasmiy
Уйқуни ураётганида ушланди
Бахмал туманининг “Нуробод” маҳалласида яшовчи С.Ў. ички ишлар органларига мурожаат қилиб, эшиклари очиқ қолдирилган “Нексия” автомашинасини номаълум шахс олиб кетганлигини билдирган. Ички ишлар органлари ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбир натижасида ушбу жиноят “Оқтош” маҳалласида истиқомат қилувчи Т.А. томонидан содир этилгани аниқланди. Маст қонунбузар автоуловни ўз уйи яқинида қолдириб, уйқуни ураётганида ушланди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
Bayram xavfsiz o‘tishi uchun

Ma'lumki, shu kunlarda umumta'lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq  tadbirlari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan Namangan viloyati IIB JXX YHXB va shahar IIB rahbar hamda xodimlari tomonidan maktab o'quvchilari bilan bog'liq YTHlarning oldini olish, voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lmagan shaxslarning avtomashina boshqarishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida o'quvchilar, ularning ota-onalari, o'qituvchi va mahalla faollari ishtirokida yig'ilish tashkil etildi. Unda voyaga yetmagan bolalar tomonidan boshqarilgan avtomashinalar ishtirokida sodir bo'lgan ayanchli halokatlar to'g'risida ma'lumotlar berildi hamda mazkur avtohalokatlar tasvirlangan film namoyish etildi.
Hali tajribasi va tegishli hujjatlari bo'lmasada, avtomashina boshqarib yurgan bolalarning harakati jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinib, ularning ota-onasi hushyorlikka chaqirildi.
Batafsil o'qing👉
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
УЧКЎПРИКДА САЙЁР ҚАБУЛ

Фарғона вилояти ИИБ бошлиғи, генерал-майор Азизбек Икрамов Учкўприк тумани “Катта Кенагас” МФЙ да оммавий сайёр қабул ўтказди.
Унда 38 та мурожаат тингланиб, уларнинг 11 таси жойида ижобий ҳал этилди. 9 таси юзасидан малакали ҳуқуқий тушунтиришлар берилди. 5 та мурожаат эса тегишли ташкилотларга йўналтирилди. Кўриб чиқиш муайян вақт талаб этадиган 13 та мурожаатнинг ижроси назоратга олинди.
Шу билан бирга, бошқарма раҳбарияти томонидан ҳудудий ички ишлар органлари масъул ходимларига аҳоли муаммолари билан ишлаш юзасидан услубий ва амалий ёрдам кўрсатилди.
Абдувосит СИДИҚОВ,
ўз мухбиримиз.

👉 @postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Harakat ishtirokchilari uchun

Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, harakat ishtirokchilari uchun qulay hamda xavfsiz sharoitni yaratish va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida poytaxtimiz koʻchalarida yoʻl yotiq chiziqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.
Oʻz muxbirimiz,
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
2024/09/27 20:18:42
Back to Top
HTML Embed Code: