Telegram Web Link
АКСАР МУАММОЛАР ҲАЛ ЭТИЛДИ

Аҳолининг мушкулини осон қилиш, дардини аритиш бугунги кун раҳбарининг муҳим вазифаларидандир. Навоий вилояти ИИБ бошлиғи шахсий қабули давомида 10 нафардан ортиқ фуқаронинг мурожаатини тинглади. Улар иш билан таъминлаш, даволаниш учун йўлланма, ижтимоий ва моддий ёрдам сингари масалаларда мурожаат этишган эди. Аксар муаммолар шу жойнинг ўзида ҳал этилди. Кўриб чиқилиши муайян муддатни талаб этадиган мурожаатлар эса бошқарма бошлиғининг назоратига олиниб, масъулларга тегишли топшириқлар берилди.
Маҳлиё ХОЛОВА,
ўз мухбиримиз.
Навоий вилояти.
303-MAKTAB G'OLIB

Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 329-sonli umumta'lim maktabida "Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi o'tkazildi.
Yakuniy natijaga ko'ra 1-o'rin 303-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilariga nasib etdi. Endi ushbu maktab musobaqaning shahar bosqichida Yangihayot tumani sharafini himoya qiladi.
Sarvar SOBIROV,
o'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
JUMBOQ

XVII asr boshlarida Buyuk Britaniyaning uzoq koloniyalardan birida oziq–ovqat yetishmovchiligi tufayli jinoyatchilik keskin ko‘payadi. Uni jilovlash uchun polisiya mahkamasi tashkil etiladi. Ammo, kadrlar yetishmovchiligi tufayli mahkamaning dastlabki kadrlari asl kelib chiqishi jinoyatchi bo‘lgan kishilardan shakllantiriladi. Hozirda bu qaysi davlat?

Bugungi savolimizga birinchi bo‘lib eng faol o‘quvchilarimizdan Ulug‘bek Qurbonov to‘g‘ri javob yo‘lladi. Abror Gʻafforov, O. Shamsiyev ham javobni to‘g‘ri topgan. Bilimdonlarga omad tilaymiz.

Javob: Avstraliya

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
🔰 Чилонзор тумани ёшлар ўртасида "Ёш ҳуқуқшунос" кўрик танлови ўтказилди.

Ёшларнинг ватанпарварлик туйғусини ошириш, уларнинг ҳуқуқий онгини ошириш ва қизиқишларини ривожлантириш мақсадида "Ёш ҳуқуқшунос" кўрик-танлови ташкил этилди. Иштирокчиларга ҳуқуқ фани доирасида тест саволлари берилди.

Саволларнинг энг кўп тўғри жавобларини белгилаган танлов иштирокчилари аниқланиб, диплом ва эсталик совғалар билан тақдирланди.🥇🥈🥉
AHOLI BILAN UCHRASHUVLAR

Toshkent viloyati IIBB boshlig'i, general-mayor Tohir Aripov hamda mahalliy hokimlik, korxona va tashkilotlar rahbarlarining aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan navbatdagi ochiq muloqoti Oqqo'rg'on tumanida tashkil etildi.
O'tkazilgan sayyor qabul davomida aholini har jihatdan himoyalashga qaratilgan 20 ga yaqin murojaatlar tinglanib, ularning asosiy qismi shu yerning o'zida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish talab etadigan murojaatlarni esa, qonuniy tartibda hal etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Hozirda viloyatning barcha shahar va tumanlarida 3-sektor rahbarlarining aholi bilan uchrashuvlari qizg'in davom etmoqda.
Mixli SAFAROV,
o'z muxbirimiz.
2024/10/03 11:16:35
Back to Top
HTML Embed Code: