Telegram Web Link
SAMMIT OʻQUVCHILAR ISHTIROKIDA

IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi oʻquvchisi Nilufar Abduqahhorova boshchiligida barcha ingliz tilidan imtiyozli sertifikatga hamda IELTS sertifikatini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar ishtirokida "Artificial intelligence impact on sociaty-Suniy intellektning jamiyatdagi oʻrni" mavzusida "MUN" BMT modeli asosidagi konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada barcha davlatlardan vakil sifatida qatnashgan oʻquvchilar ingliz tilida nutq soʻzladilar. Bunday konferensiya ingliz tiliga boʻlgan eʼtiborni yanada kuchaytirishga xizmat qilib qolmay, balki kelajakda oʻquvchilarning nutq va sahna madaniyatini rivojlantirishiga yordam beradi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
JUMBOQ

Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi: «Bundan bir necha o‘n yil oldin o‘rtamiyona havaskor rassom va yetuk reklama agenti uchrashuvini unutib bo‘lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni egallashiga bir bahya qolgan». Ular kim edi?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
KURSANTLAR AMALIYOTI YAKUNLANDI

IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-o‘quv kursi kursantlarining Buxoro viloyati IIBdagi amaliyoti yakuniga etdi. Tadbirda IIV Akademiyasi hamda viloyat IIB masʼullari ishtirokida kursantlarning amaliyot davomida olgan bilimlari natijalari yuzasidan sinov imtihonlari qabul qilindi. Amaliyot davomida namunali xulq-atvori, bilimi bilan o‘rnak bo‘lgan kursantlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
D.TOSHYEVA,
Buxoro viloyati.
Ғойиб бўлган дарвоза
Жиззах шаҳрининг “Маданият” маҳалласида яшовчи Ҳ.С. ички ишлар органларига мурожаат қилиб, тунда ҳовлисининг дарвозасини номаълум шахслар ўғирлаб кетганлигини билдирган. Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, олиб борилган тезкор қидирув тадбирлари натижасида ушбу қонунбузарлик “Кимёгар” маҳалласида истиқомат қилувчи А.Г. ҳамда Алишер Навоий номидаги маҳаллада яшовчи А.Ц. томонидан содир қилингани аниқланди. Гумонланувчилардан дарвоза ҳужжатлаштириб олинган.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
TARGʻIBOT-TASHVIQOT ISHLARI

Yakkasaroy tumani IIOFMB katta psixologi, kapitan Sayyora Qodirova tomonidan shaxsiy tarkib oʻrtasida navbatdagi psixologik targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbir davomida stressga bardoshlilik, oʻz-oʻzini nazorat qilish, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlikning psixologik tomonlari kabi bir nechta psixoprofilaktik maʼlumotlar xodimlarga yetkazildi. Shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nooʻrin xatti-harakatlarning oldini olish va fuqorolar bilan xushmuomala boʻlib, qonun doirasida ish olib borish lozimligi aytib oʻtildi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
ИИВнинг 2023 йил 10 апрелдаги 185-сонли буйруғи ва ЖИЭДнинг 2024 йил 22 апрелдаги чора-тадбирлар дастурига асосан Тўртинчи минтақавий мувофиқлаштириш маркази ва унинг тасарруфидаги муассасаларда хизмат олиб бораётган ходималар ўртасида ўзаро муносабатларни бевосита ўрганиш ва аёл ходималарни психологик қўллаб-қувватлаш мақсадида психологик тренинг машғулоти ташкил этилди.
Трейдинг усулида “чув” тушириш
Пахтакор туманининг «Дилором» маҳалласида яшовчи Я.У. ички ишлар органларига мурожаат қилиб, фирибгар ижтимоий тармоқ орқали 17 миллион 657 минг сўмини алдов йўли билан олиб қўйганлигини маълум қилган. Соҳа вакиллари томонидан ўтказилган тезкор қидирув тадбирлари натижасида Я.У.нинг пулларини ўзлаштирган шахс Наманган вилояти Косонсой тумани Алишер Навоий номидаги маҳаллада яшовчи А.С. эканлиги аниқланди. Гумонланувчи трейдинг орқали пулни кўпайтириб беришни ваъда қилиб, жабрланувчини “чув” туширган.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
JUMBOQ

Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi: «Bundan bir necha o‘n yil oldin o‘rtamiyona havaskor rassom va yetuk reklama agenti uchrashuvini unutib bo‘lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni egallashiga bir bahya qolgan». Ular kim edi?

Bugungi savolimizga birinchi bo‘lib Avaz ismli o‘quvchimiz to‘g‘ri javob yo‘lladi. Rushana Rozabayeva, Ulug‘bek Qurbonov ham javobni to‘g‘ri topishgan. Bilimdonlarga omad tilaymiz.

Javob: Gitler va Gibbels. Izoh: Gitler havaskor rassom, Gibbels esa reklama agenti bo‘lgan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
“Ochiq eshiklar kuni”

Ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan bir million nafar yoshlar bilan tarbiyaviy-profilaktik ishlarini manzilli tashkil etish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Norin tuman IIB tomonidan “Ichki ishlar bo‘limidagi bir kunim” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbir davomida tumani ichki ishlar bolimi tomonidan otaliqqa olingan 40 nafardan ortiq yoshlarga xizmat avtomashinalari, qurol-aslahalar va ulardan qanday foydalanish haqida ma’lumotlar berilib, Ichki ishlar tizimiga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshirildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
Тўртинчи минтақавий ҳудуд шахсий таркиб ходимлари ўртасида "Танқидий таҳлил, қатьий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик бош мезон" мавзусида маънавият ва маьрифат дарси машғулоти ўтказилди ҳамда ходимларга "Менимча" кўрсатувининг 7-сони намойиш этилди.
2024/10/02 10:29:48
Back to Top
HTML Embed Code: