Telegram Web Link
ҚИЛМИШИ ФОШ БЎЛДИ
Мамлакатимизда гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддаларнинг ноқонуний айланишига қарши курашиш мақсадида “Қорадори-2024” тезкор-профилактик тадбирининг биринчи босқичи давом этмоқда. Хоразм вилояти ИИБ Тезкор-қидирув хизмати ходимлари ҳам мазкур тадбир доирасида бир қатор жиноятларни фош этишяпти.
Урганч шаҳрининг Навбаҳор кўчасида фуқаро Б.С. гумон қилинучи сифатида тўхтатилиб, холислар иштирокида кўздан кечирилганида, чўнтагидан 4 та гугурт қутиси ва 1 та полиэтилен пакетга солинган марихуана гиёҳвандлик воситаси топилди. Шундан сўнг унинг хонадони тегишли тартибда тинтув қилинганида, марихуана гиёҳвандлик воситаси, заҳри қотилни истеъмол қилиш учун мослаштирилган идишлар ҳамда пневматик тўппонча борлиги аниқланди. Мазкур ҳолат юзасидан Б.С.га нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда. Худойберган ЖАББОРОВ,
ўз мухбиримиз.
Хоразм вилояти.
JUMBOQ

Faol o'quvchimiz Otabek Abrorov yo'llagan savol.

Qaysi orolning aholisi uzoq umr ko‘rishi, sog‘lom va baquvvat ekanligi bilan ajralib turadi?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
SURATLI LAVHALAR
Buxoro viloyati IIB TQX TQKB xodimlari Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro xalqaro aeroporti orqali Buxoro–Sankt-Peterburg yo‘nalishida ishlash va boshqa maqsadlarda uchib ketayotgan yo‘lovchilar bilan targ’ibot tadbiri o’tkazilmoqda. Bunda noto‘g‘ri talqin qilinayotgan islomiy tushunchalar, ekstremistik xurujlarning xususiyati, diniy-maʼrifiy sayt va ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy tarmoq odoblari, tahdidlardan himoyalanish yo‘llari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tomonidan tayyorlangan bukletlar tarqatildi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
Aksiya doirasida

Toshkent shahar IIBB YHXB  xodimlari tomonidan poytaxtimizda "Eng namunali haydovchilar" va "Eng namunali piyoda" aksiyasi doirasida bir yil davomida hech qanday yo'l harakati qoidalarini  buzmagan namunali haydovchi va YHQ bo'yicha berilgan savollarga to'g'ri javob bergan piyodalarga esdalik uchun kitoblar sovg'a qilindi.
Sarvar SOBIROV,
o‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
Davlatimiz rahbarining hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlarining ijrosi boʻyicha Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahrida tungi xizmat faoliyatini nazorat tartibida oʻrgandi

▶️ Batafsil
———
Давлатимиз раҳбарининг ҳудудларда криминоген вазиятни барқарорлигини таъминлаш ҳамда ҳуқуқбузарликлар профилактикасига қаратилган топшириқларининг ижроси бўйича Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов бошчилигидаги ишчи гуруҳ Тошкент шаҳрида тунги хизмат фаолиятини назорат тартибида ўрганди


▶️ Батафсил

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
JUMBOQ

Faol o'quvchimiz Otabek Abrorov yo'llagan savol.

Qaysi orolning aholisi uzoq umr ko‘rishi, sog‘lom va baquvvat ekanligi bilan ajralib turadi?

Ushbu savolimizga yo'llangan javoblarning birortasini to'g'ri deya olmaymiz.

To'g'ri javob: Italiyaning Sardiniya oroli

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
2024/10/03 11:12:45
Back to Top
HTML Embed Code: