Telegram Web Link
TANTI TABIAT NE’MATI

☘️ Ravoch parhez mahsuloti hisoblanadi. Undan hech qan­day yog‘ moddasini topmaysiz. 100 gramm ravoch tanasi bor-yo‘g‘i 116 kilokaloriyadan iborat. Mazkur o‘simlik tarkibida juda ko‘p miqdorda pektin, oziq tolalari, organik kislota va mineral moddalar mavjud. Shuningdek, C, B vitaminlari, karotin moddasi va kaliy, fosfor, magniy tuzlari ham bor.
🍀Ravoch me’da-ichak faoliyati buzilishida juda foydali. Magniy, kaliy, fosfor kabi moddalar ravoch tarkibida juda ko‘p miqdorda uchray­di. Bu esa kamqonlikning oldini olishda ayni muddao. U qon yaratish tizimi faoliyatini yaxshilaydi, qonni ko‘paytiradi.
O‘simlikning foydali xususiyatlari bu bilan kifoyalanmaydi. U avitaminozni davolashda umumiy quvvat beruvchi dorivor vosita sanaladi.
Ayniqsa, o‘pka kasalliklari bilan xastalangan bemorlar uchun ravoch iste’mol qilish foydalidir.
👉 @postdarasmiy
18 GA TO‘LMAGAN «HAYDOVCHILAR»

Aynan shu yoshlar tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalariga e’tibor qaratar ekanmiz, avvalo, o‘zimizning dilbandlarimiz ko‘z ol­dimizga kelib, yuragimiz orqaga tortib ketadi. Axir, kim avtohalokat oqibatida farzandidan ayrilib yoki nogiron bo‘lib qolishni istaydi?!
...Jizzax shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori «Nexia» rusumli avtoulovni to‘xtatdi. Buni qarangki, rulda 13 yashar maktab o‘quv­chisi. Ota o‘g‘liga transport vositasini boshqarishni topshirib qo‘ygan, bolakay esa shahar ko‘chalarida bemalol sayr qilib yurgan. Aytishicha, mashina boshqarishni o‘rganganiga ancha bo‘lgan, otasi uning rulga o‘tirayotganidan har safar xabari bo‘lgan va bunga mone’lik qilmagan. Aksincha, «bizning o‘g‘ilcha mashina hayday oladi», deya tanish-bilishlari oldida gerdayib maqtangan.
Batafsil o'qing 👉
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Опасности лапши
быс­трого приготовления


Лапша быстрого приготовления, несмотря на свою популярность и удобство, имеет негативные последствия для здоровья:
Избыток натрия: лапша быстрого приготовления часто содержит высокий уровень натрия, что может привести к серьезным заболеваниям.
Добавки: в составе могут быть различные консерванты и усилители вкуса. Некоторые из них могут быть вредными для здоровья и вызывать различные побочные эффекты.
Глутамат натрия: этот ингредиент, также известный как мононатриевая соль глутаминовой кислоты, часто используется в лапше быстрого приготовления как усилитель вкуса. Он может вызывать головные боли и другие нежелательные реакции у некоторых людей.
Перед применением проконсультируйтесь с врачом.
👉 @postdarasmiy
Кемадаги қул

Бир куни подшоҳ денгиз саёҳатига чиқди. Унинг ҳали денгизга чиқиб кўрмаган ва йўл азобини тортмаган бир қули ҳам бор эди. Кема сувга туширилиб, тўлқинлар ичра ҳаракатлана бошлаганида, қулни ваҳима ва қўрқув қамраб олди. Ўз-ўзидан қалтираб, йиғлай бошлади. Атрофдагилар уни тинчлантиришга қанча уринишмасин, қулнинг ваҳимаси сира ҳам босилмади. Буни кўрган подшоҳнинг ҳам кайфияти анча бузилди. Лекин, чораси топилмасди. Кемада бир доно қария бор эди. Шунда у шоҳга қараб:
–Султоним амр этсалар, шу қулни ўзим тинчлантирсам… – деди.
–Бизга катта яхшилик қилган бўлардингиз, – деди подшоҳ.
Қария дарҳол: “Белига арқон боғлаб, денгизга улоқтиринг”, – дея кемадагиларга амр қилди.
Batafsil o'qing 👉

👉 @postdarasmiy
Донолар сўзи

Инсонга бир марта бериладиган ҳаётда у умридан, ўтган кунидан қониқиб яшаши керак. Виждонига хилоф иш қилмай яшаса – бундан улуғ бахт йўқ. Ҳар бир айтган сўзинг, ишинг ўзингнинг хоҳишингга мувофиқ бўлса – энг катта бахт шу. Аксинча, инсоннинг ўз ички интилишлари, қалби, эътиқоди, сўзи билан иши ўртасида зиддият пайдо бўлса, виждони буюрганини қилолмаса, бу – инсон учун жуда катта бахтсизликдир.
✍️ Эркин Воҳидов

👉 @postdarasmiy
DAVLATMAND DADAM

Yoshi ulug‘, tabarruk insonlar ora­mizda bor ekan, biz baxtiyormiz. Chunki ularning pand-nasihatlari, suronli kunlarni xotirlab aytgan so‘zlari tinchlikni qadr­lash va shukr qilib yashashga undaydi. Ana shunday nuroniy keksalardan biri dadam – Ahmed bobo Muhsinovdir. U Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hamda ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilib, mayor unvonigacha bo‘lgan
ma­shaqqatli va sharafli yo‘lni bosib o‘tgan insondir.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
HUQUQIY SAVODXONLIK UCHUN
Uchtepa tumani 3-sektor hududidagi 295-sonli umumtaʼlim maktabida “Yosh huquqshunos” musobaqasi oʻtkazildi. Unda 1-oʻrin  “Aristokratlar”, 2-oʻrin “Adolat”, 3-oʻrin esa “Yosh huquqshunoslar” jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblar Uchtepa tumani IIOFMB tomonidan faxriy yorliq xamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
#LIVE

Bugun IIV Madaniyat saroyida Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Vazirlikning tegishli tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalarida xizmat olib borayotgan xodimlarning oila a'zolari o‘rtasida "Sogʻlom oila-sog'lom jamiyat " gʻoyasini hayotga tadbiq etish, oilalar mustahkamligini ta‘minlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini targ'ib qilish, shuningdek namunali oilaning hayotiy tajribasini ommalashtirish maqsad qilib olingan.
👉 @postdarasmiy
ҚИЛМИШИ ФОШ БЎЛДИ
Мамлакатимизда гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддаларнинг ноқонуний айланишига қарши курашиш мақсадида “Қорадори-2024” тезкор-профилактик тадбирининг биринчи босқичи давом этмоқда. Хоразм вилояти ИИБ Тезкор-қидирув хизмати ходимлари ҳам мазкур тадбир доирасида бир қатор жиноятларни фош этишяпти.
Урганч шаҳрининг Навбаҳор кўчасида фуқаро Б.С. гумон қилинучи сифатида тўхтатилиб, холислар иштирокида кўздан кечирилганида, чўнтагидан 4 та гугурт қутиси ва 1 та полиэтилен пакетга солинган марихуана гиёҳвандлик воситаси топилди. Шундан сўнг унинг хонадони тегишли тартибда тинтув қилинганида, марихуана гиёҳвандлик воситаси, заҳри қотилни истеъмол қилиш учун мослаштирилган идишлар ҳамда пневматик тўппонча борлиги аниқланди. Мазкур ҳолат юзасидан Б.С.га нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда. Худойберган ЖАББОРОВ,
ўз мухбиримиз.
Хоразм вилояти.
JUMBOQ

Faol o'quvchimiz Otabek Abrorov yo'llagan savol.

Qaysi orolning aholisi uzoq umr ko‘rishi, sog‘lom va baquvvat ekanligi bilan ajralib turadi?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
SURATLI LAVHALAR
Buxoro viloyati IIB TQX TQKB xodimlari Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro xalqaro aeroporti orqali Buxoro–Sankt-Peterburg yo‘nalishida ishlash va boshqa maqsadlarda uchib ketayotgan yo‘lovchilar bilan targ’ibot tadbiri o’tkazilmoqda. Bunda noto‘g‘ri talqin qilinayotgan islomiy tushunchalar, ekstremistik xurujlarning xususiyati, diniy-maʼrifiy sayt va ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy tarmoq odoblari, tahdidlardan himoyalanish yo‘llari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tomonidan tayyorlangan bukletlar tarqatildi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
2024/10/03 04:32:44
Back to Top
HTML Embed Code: