Telegram Web Link
JUMBOQ

Qaysi Angliya qirolichasi «Yevropaning buvisi» nomi bilan mashhur bo‘lgan va nima uchun?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Xato xulosaga chorlashi kerak

Uychi tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik F. Mirzayev jamiyatda belgilangan qoidalarni buzgan, hozirda vaqtincha saqlash xibsxonasida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar bilan uchrashdi.
Ular bilan suhbatlashib, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik va uning sodir etilish sabablari ko‘rib chiqildi hamda bu kabi holatlar qayta sodir etilmasligi yuzasidan ogohlantirildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
FAXRIYLAR HAMROHLIGIDA

IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi oʻquvchilari 9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan “Gʻalaba bogʻi”ga borishdi. U yerda uzoq yillar davomida ichki ishlar organlarida ishlab, isteʼfoga chiqqan faxriy ustozlar bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Oʻquvchilar faxriylar hamrohligida qahramonlarcha halok boʻlgan harbiylar sharafiga hurmat bajo keltirishdi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
САЙЁҲЛАР МИННАТДОР

Хоразм вилояти ИИБ Хавфсиз туризмни таъминлаш бошқармаси ходимлари вилоятга ташриф буюраётган маҳаллий ҳамда чет эллик сайёҳларнинг хавфсизлигини таъминлаш, улар билан боғлиқ нохуш ҳолатларнинг барвақт олдини олиш бўйича самарали ишларни амалга оширишмоқда. Шунингдек, улар туристларнинг саёҳат давомида унутиб қолдирган буюм ва ҳужжатларини топиб, бут ҳолатда ўз эгаларига қайтариш чораларини кўришяпти.
Жумладан, Хива шаҳридаги “Ичан қалъа” давлат музей қўриқхонаси ҳудудида унутиб қолдирилган қашқадарёлик Ю. И.нинг сумкаси, андижонлик А. Д.нинг пластик картаси, франциялик Л. В.нинг “Samsung” русумли планшети, Италия фуқаролари П. М.нинг “Xiaomi” русумли планшети ҳамда Ф. Р.нинг сумкаси топилиб, ўз эгаларига торширилди. Сайёҳлар тезкорлик билан кўрсатилган амалий ёрдам учун вилоят ИИБ ХТТБ ходимларига миннатдорлик билдиришди.
Марат ХУДОЙБЕРГАНОВ,
подполковник.
Хоразм вилояти.
HAMKORLIK SARI QADAM

Toshkent shahar IIBBda Rossiya federatsiyasi IIVning Moskva shahri boʻyicha Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari politsiya general-mayori Sergey Ukolov boshchiligidagi delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv doirasida mehmonlar mamlakatimiz ichki ishlar organlari, xususan, Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibiga xizmat oʻtashlari uchun yaratilgan shart-sharoit, kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, jangovor tayyorgarligi kabi masalalar borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirilib, oʻzaro fikr almashildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
ҚАҲРАМОНЛАР ЁДИ БАРҲАЁТ

9 май – Хотира ва Қадрлаш куни муносабати билан Қашқадарё вилояти Ички ишлар бошқармаси Хотира монументида тадбир бўлиб ўтди. Унда бошқарма раҳбарияти, соҳавий хизматлар ходимлари, фахрийлар ва хизмат вазифасини бажариш чоғида ҳалок бўлган ходимларнинг оила аъзолари иштирок этди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
JUMBOQ

Qaysi Angliya qirolichasi «Yevropaning buvisi» nomi bilan mashhur bo‘lgan va nima uchun?

Bugungi savolimizga birinchi bo‘lib Otabek Abrorov to‘g‘ri javob yo‘lladi. Kuatbayeva, Abdibek, Abdimurat Xalmuratov, Ulug‘bek Qurbonov, Sanjar Shirmamatovlar ham javobni to‘g‘ri topishgan. Bilimdonlarimizga rahmat deymiz.

Javob: Qirolicha Viktoriya. Uning bolalari va nevaralari boshqa Yevropa qirollari farzandlari bilan oila qurishgani uchun.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
“Xavfsiz mahalla”

Namangan viloyati IIB boshlig‘i tashabbusi bilan 1-maydan 30-mayga qadar "Xavfsiz mahalla" tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur tadbirlar doirasida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi mahallalarda hudud yettiligi bilan hamkorlikda joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
Mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarni muammolari o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
AVTOMOBIL BOZORIDA TARG‘IBOT

Viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari axborot texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar va ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlarga aldanib qolmaslik, bank plastik kartalari maxfiy kodlarini begona shaxslarga bermaslik borasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelmoqda. Yaqinda Buxoro shahridagi “Sitora” avtomobil bozorida shu mavzuda tadbir o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida tayyorlangan sohaga oid tavsiyalar bozor radiouzeli orqali o‘qib eshittirildi. So‘ng bozorda xizmatga jalb qilingan boshqa sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan eng so‘nggi firibgarliklarning turlari, ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlash bilan bog‘liq soxta sayt va havolalar, soxta onlayn savdo kanallari va platformalari hamda bank plastik kartalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar aks etgan tarqatma materiallar tarqatilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
YOSH HUQUQSHUNOSLAR BELLASHUVI

Yoshlar oʻrtasida xuquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida Yunusobod tumanida joylashgan 288-sonli umumtaʼlim maktabida Yunusobod tumani IIOFMB Yoshlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari tomonidan “Yosh xuquqshunos” koʻrik tanlovi oʻtkazildi.
Qiziqarli kechgan tanlov natijalariga koʻra aniqlangan gʻoliblar sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Sarvar SOBIROV,
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
2024/10/03 06:26:05
Back to Top
HTML Embed Code: