Telegram Web Link
KITOB ILM MANBAI
IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyida G'afur G'ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada o‘zbek va jahon adabiyoti allomalarining sara asarlari, she’rlar to‘plami taqdim qilindi. Yarmarkada o‘quvchilar bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etishdi.
Kitob o‘quvchi-yoshlarning ong-u shu’urini tetik, qalbini pok, ma’naviyatini yuksaltiradigan beqiyos kuch sifatida bizning jamiyatimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sarvar SOBIROV,
o‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Sayyor-Akademiya» oʻquv dasturi doirasida Fargʻona viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari uchun oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

👉 @postdarasmiy
ЁВУЗЛИКНИНГ ЕНГИЛИШИ

Тергов изоляторининг зах ва қоронғи хонаси. Мирзаанвар Ҳайдаров, бир томондан, ноҳақ қамалгани, иккинчи томондан, яқинлари қай аҳволга тушганини ўйлаб, ич-ичидан эзиларди...
Қама-қамалар буҳронида Тошкент шаҳридаги 3-сонли мева-саб­завот омбори директори қўлга олинади. Тергов давомида ўтказилган қийноқ ва босим остида у ички ишлар органларининг бир неча ходимига қарши кўрсатув беришга мажбур қилинади.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
PARVOZING BALAND BO‘LSIN, LOCHINBEK!

Lochinbek 8-sinfda o‘qib yurgan kezlari sportning o‘zbek jang san’ati va karate turlari bo‘yicha dastlab tuman va viloyat birinchiliklari­da g‘olib bo‘ldi. Keyinchalik mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham sovrinli o‘rinlarni egalladi.
U 9-sinfni tugatish arafasida ota-onasi bilan maslahatlashib, IIV Navoiy akademik litseyiga hujjat topshirdi. Hozirda 2-kursda tahsil olmoqda.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Jumboq

Bu insonning Said Ahmad bilan uchrashuvi faoliyatiga yorqin ta’sir ko‘rsatgan desak ham bo‘laveradi. Sababi, u Said Ahmadning ko‘plab asarlari asosida sahnalashtirilgan pyesalarda bosh rollarni ijro etgan. Faoliyatidagi eng gullagan davr deya o‘tgan asrning nuuuuchinchi choragini keltirish mumkin desak ham bo‘laveradi. Savol: Bu insonning ism familiyasini yozib bering.

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
IBRATGA LOYIQ XODIM

Shofirkon tumani «Bobohaydar» mahalla fuqarolar yig‘ini Regiyon qishlog‘ida yashovchi R. Isomovning qo‘yi o‘g‘irlangani to‘g‘risidagi xabar tuman IIB tergov-tezkor guruhini oyoqqa qalqitdi. O‘g‘rilik kuppa-kunduzi soat 09:00larda sodir bo‘lgan. Xonadon sohibi qo‘yini uyi qarshisiga bog‘lab qo‘yib, yarim soatlar qarindoshinikiga chiqqan edi. Uyga kelsa, qo‘yi joyida yo‘q. Darrov qo‘shnilaridan so‘rab-surishtirdi. Hech kim qo‘yni ko‘rmagan...
Katta leytenant A. Ibrogimov qishloq ahli bilan suhbatla­shib, noma’lum shaxs­ni ko‘rgan-ko‘rmaganini surishtiradi.
Batafsil o'qing 👉
👉 @postdarasmiy
К Дню памяти и почестей: история одного фильма

«Ты не сирота»


«...Знаменитый узбекский кинорежиссер и сценарист, автор таких фильмов как «Об этом говорит вся махалля» (1960), «Ты не сирота» (1962), «Ташкент – город хлебный» (1967), «Абу Райхан Беруни» (1974), «Озорник» (1977), «Отчие долины» (1997), обладатель медали «Шуҳрат» и ордена «Эл-юрт ҳурмати» Шухрат Аббасов скончался сегодня, 25 апреля в 18:00 по ташкентскому времени...»
Это было в 2018 году. Тогда многие средства массовой информации опубликовали эти печальные строки. Сегодня, вспоминая известного кинорежиссера, нам хотелось бы остановиться на одном из его фильмов – «Ты не сирота».
Далее 👉
👉 @postdarasmiy
BAHOR ALLERGIYASI

Tabiat uyg‘onib, yon-atrof yashillikka burkandi. Dov-daraxtlar kurtak yozib, gulga kirdi. Biroq ko‘klamning bunday ajoyib pallalari ayrim insonlar uchun noqulayliklar keltiradi. Buning asosoiy sababi – allergik rinit yoki mavsumiy allergiya deb ataladigan holat. Shuningdek, u bahor allergiyasi deb ham ataladi.
Bahor allergiyasi – odamlarning burunlari, ko‘zlari va tomog‘iga ta’sir qiladigan keng tarqalgan kasallik. U, ayniqsa, gulchanglar havoda to‘plangan davrlarda kuchayadi.
Xo‘sh, bahor allergiyasi nima? Uning alomatlari qay tarzda kechadi va qanday davolash mumkin?
Batafsil o'qing 👉
👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Bu insonning Said Ahmad bilan uchrashuvi faoliyatiga yorqin ta’sir ko‘rsatgan desak ham bo‘laveradi. Sababi, u Said Ahmadning ko‘plab asarlari asosida sahnalashtirilgan pyesalarda bosh rollarni ijro etgan. Faoliyatidagi eng gullagan davr deya o‘tgan asrning nuuuuchinchi choragini keltirish mumkin desak ham bo‘laveradi. Savol: Bu insonning ism familiyasini yozib bering.

Ushbu savolning javobini Inoyatova Elnora to‘g‘ri topdi. Ofarin! Qurbonov Ulug‘bek, Rozaboyeva, Sardorbek kabi o'quvchilarimiz ham to‘g‘ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: Ergash Karimov

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ТАНТАНАЛИ КУЗАТУВ

ИИВ Қоровул қўшинларига қарашли 7533-ҳарбий қисмда 2023/2024 йил чақирувидаги муддатли ҳарбий хизматчиларни тантанали равишда заҳирага кузатиш тадбири бўлиб ўтди.
Унда 74 нафар аскарга республикамизнинг олий таълим муассасаларига ўқишга имтиёзли кириши учун тавсияномалар топширилди.
Batafsil oʻqing 👉
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kinologiya boʻlinmasi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi 4- sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida koʻrgazmali tadbir uyushtirildi.

👉 @postdarasmiy
Қора шоколадни фойдалари

Шифокорлар кунига бир неча грамм қора шоколад истеъмол қилиш инсон саломатлигини сезиларли даражада яхшилашини исботладилар.

Фойдалари:
✓ қон босимини пасайтиради;
✓ инсульт ва юрак-қон томир касалликлари хавфини камайтиради;
✓ кайфиятни яхшилайди (2 ҳафта давомида кунига, тахминан 35 г қора шоколад истеъмол қилсангиз, қондаги стресс гормонлари даражасини камайтиришингиз мумкин).
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyda IIV Madaniyat saroyi qoʻshiq va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va soʻz ustalari ishtirokida xayriya konsert tadbiri tashkil etildi
———
Навоийда ИИВ Маданият саройи қўшиқ ва рақс ансамблининг хушовоз хонандалари ва сўз усталари иштирокида хайрия концерт тадбири ташкил этилди


👉 @postdarasmiy
Энг катта жумбоқ – ҳаёт

* Кечикиб қабул қилинган тўғри қарор «хато» номини олади.
* Аслида чўнтаги эмас, қалби бўш инсон қашшоқдир.
* Айтишларича, ёлғон гапдан ҳеч ким ҳалок бўлмаган. Тўғри, бунда фақат қалб, дўстлик ришталари, ишонч ва инсонийлик ўлиши мумкин.
* Ҳаётда «оқ қоғозни» олиб, ҳаммасини бошдан бошлаш қийин эмас. Дастхатни ўзгартириш қийин.
* Баъзан кўзойнак пешонамизда турса ҳам уни қидирамиз. Бахт билан ҳам худди шундай.
* Энг катта жумбоқ – ҳаёт, энг катта бойлик – фарзанд, энг катта бахт – саломатлик.
* Йўқотмаслик учун ўз вақтида қадрига етмоқ зарур.
* Юзлаб чиройли сўзлаганлар орасидан индамай ўз ишини қиладиганларни қадрла.
* Ирода кафтдаги чизиқларни ҳам ўзгартиришга қодир.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
👉 @postdarasmiy
#Kun_hikmati

Sizni o‘ylashga majbur etadigan kitoblargina eng nafli kitoblardir.

Parker


👉 @postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kursini tamomlab kelgan buxorolik kursantlar “Halollik qasamyodini” qabul qilishdi.

👉 @postdarasmiy
MUHAMMAD YUSUF HAMISHA E'ZOZDA

Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvchi ixtisoslashgan ijod maktabida shoir tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tantanali tadbirda IIVning Andijon akademik litseyi o'quvchilari ham ishtirok etishdi. Tadbirda shoirning rafiqasi Nazira As-Salom hamda Minhojiddin Mirzo, Mahmud Toir, Ibrohim Gafurov kabi el suygan ijodkorlar ham qatnashdi.
O'quvchilar Muhammad Yusuf haykali poyiga gullar qo'ydilar. Ijod maktabida tashkil etilgan uy-muzeyini tomosha qildilar. Xalqimiz qalbidan joy olgan shoir hamisha e'zozda ekanini his etishdi.
Boris KLEYMAN,
o‘z muxbirimiz.
Andijon viloyati.
2024/10/04 07:35:14
Back to Top
HTML Embed Code: