Telegram Web Link
Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo'shinlari qo'mondoni, polkovnik X. Batirovning Belorus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki qo'shinlari delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbir jarayonida tomonlar ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklarining oʻzaro aloqalari kengayib, JIEKlarini ishonchli qo'riqlanishi, harbiy kadrlarning tayyorgarligi borasida tizimli hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilgani, bu jarayonda vazirliklar oʻrtasida axborot va oʻzaro tajriba almashish, kadrlar malakasini oshirish hamda ikki tomonlama tashriflar jadal amalga oshirilayotgani eʼtirof etildi.
Taʼkidlanishicha, ikki qo'shinlar oʻrtasida obyektlarni qo'riqlashning o'ziga xosliklari borasida ham yaqin aloqalar oʻrnatilgan.
Овчилар иштирокида

Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ ЖТСБ вилоят Назорат-лицензия, овчилик ва балиқчилик, спорт бирлашмаси ва Экология бошқармаси масъул ходимлари билан ҳамкорликда Яккабоғ тумани ИИБ рўйхатида турувчи шахсий ўқотар ов қурол эгалари билан тадбир бўлиб ўтди.
Тадбирда қуролдан тўғри фойдаланиш, олиб юриш ва сақлаш қоидаларига риоя қилиш ҳамда келгусида қурол билан боғлиқ нохуш ҳолатларнинг олдини олиш юзасидан тушунчалар берилди. Шу билан бирга, Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 августдаги 946-сонли қонуни мазмун-моҳияти, ундаги ўзгартириш ва қўшимчалар, янгиликлар овчиларга тушунтирилди.
Ўз мухбиримиз.
Ma’naviyat va ma’rifat darsi:

SIYOSIY PARTIYALAR VA SAYLOV

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 6-mart kuni deputatlar bilan uchrashuvda siyosiy partiyalarning rolini oshirish maqsadida aralash saylov tizimiga o‘tishni taklif qildi. Shu vaqtga qadar yurtimizda saylov jarayonlari majoritar tartibda o‘tkazilib, Qonunchilik palatasi deputatlari ushbu saylov tizimi asosida, ya’ni hududiy bir mandatli okrug bo‘yicha saylanardi.
Aralash saylov tizimi deganda, saylov jarayonlarida ham mojaritar, ham proporsional usuldan foydalanish tushuniladi. Majoritar saylov tizimi ko‘pchilik ovozi prinsipiga asoslanadi va bunda, agarda nomzod saylov okrugidagi saylovchilarning yarmidan ko‘proq ovozini olgan bo‘lsa, unda u saylangan, deb hisoblanadi.
Batafsil o‘qing👉
Урок духовности и просвещения:

ПОЛИТИЧЕСКИЕ ПАРТИИ И ВЫБОРЫ


Ключевое внутриполитическое событие нынешнего 2024 года – выборы в Законодательную палату Олий Мажлиса и областные, районные и городские Кенгаши народных депутатов. По решению Центральной избирательной комиссии выборы в Узбекистане состоятся 27 октября текущего года.
Выборы в Законодательную палату Олий Мажлиса пройдут на основе смешанной мажоритарно-пропорциональной системы.
Далее👉
#Jumboq

Savol: Bundan 500 yil ilgari Shri Lanka shimolida bir maqbara bunyod etilgan. Haligacha inshootning birorta g‘ishti ko‘chamagan. Tekshiruvlar g‘ishtlar qimmatbaho mahsulot qorishmasi bilan terilganligini ko‘rsatdi. Bu qanday mahsulot?

Bugungi savolimizga Abduhamid Allayarov birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Ulug‘bek Qurbonov, Jahongir Ashirbekov ham javobni to‘g‘ri topgan. Bilimdonlarimizga omad tilab qolamiz.

Javob: asal

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Фуқароларнинг мурожаати ижобий ҳал этилди

Турли муаммо ва ташвишларга дуч келган инсон борки, атрофдагилар кўмагига эҳтиёж сезади. Навоий вилояти ИИБ бошлиғи полковник Азат Тасбаев ҳам навбатдаги шахсий қабули давомида фуқароларнинг ижтимоий турмушида учрайдиган ҳамда суд-ҳуқуқ масалаларига оид мурожаатларини кўриб чиқди.
Вилоятнинг турли ҳудудларидан келган фуқаролар бандлик, ички ишлар органларида хизмат қилиш, меҳнат муносабатларига оид, тиббий, шунингдек, моддий ёрдам масалаларида амалий кўмак сўраб раҳбар қабулида бўлди. Вилоят ИИБнинг мутахассислари жалб этилган ҳолда ҳар бир масалага алоҳида эътибор қаратилиб, атрофлича ўрганилди. Қабул давомида 3 нафар фуқаронинг мурожаати ижобий ҳал этилган бўлса, аксар муаммолар ҳолатига аниқлик киритилиши, ўрганиб чиқилиши айтилди ва раҳбар назоратига олинди.
Маҳлиё ХОЛОВА,
ўз мухбиримиз.
Навоий вилояти.
Namunalilar saralandi

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati xodimlari oʻrtasida “Namunali patrul-post xizmati qism komandiri” va “Namunali patrul-post xizmati xodimi” koʻrik-tanlovlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar dastlab jismoniy tayyorgarlik sinovida toʻsinda tortilish, 100 metr va 1000 metr masofaga yugurish, suzish, qoʻl jangi, kalashnikov avtomatini toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish, quroldan oʻq uzish shartlarini bajardilar. Keyingi shartda test savollari orqali oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. G‘oliblar viloyat IIB tomonidan munosib taqdirlandi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
ИМКОНИЯТ БЕРИЛДИ

Қарши шаҳар ИИОФМБ тақдимномасига асосан, жиноят ишлари бўйича шаҳар суди томонидан сайёр суд мажлиси ўтказилди.
Сайёр судда шаҳар ИИОФМБ ЖХХ Пробация бўлинмаси ҳисобида назоратда турган 17 нафар шахс меҳнатга ҳалол муносабатда бўлиб, белгиланган тартиб-қоидаларга амал қилгани учун муддатидан илгари шартли равишда озод қилинди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
2024/10/04 09:30:05
Back to Top
HTML Embed Code: