Telegram Web Link
Биласизми?
•  Ердаги энг қари дарахт генерал Шерман номи билан аталган улкан секвойядир. Унинг ёши 2000 да.
•  29 февраль куни 1461 тадан 1 та ҳолатда фарзанд дунёга келиши эҳтимоли бор.  
•  Инсон юраги бир кунда тахминан 115 минг маротаба уради. Бир йилда бу кўрсаткич 42 миллионтани ташкил қилади.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-Oktabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyi o‘qituvchilariga bayram tadbiri tashkillashtirildi. Tadbirda ichki ishlar vazirligi tomonidan yoshlarni kasbga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator pedagog xodimlarga faxriy yorlik hamda qimmat baho sovg‘alar topshirildi
#АНОНС

«Postda-На посту» газетасининг навбатдаги сонида Ўзбек миллий академик драма театрининг маҳоратли актёри Ўткир Менглиев билан суҳбатни ўқишингиз мумкин...

@postdarasmiy
Yo'qlovlar davom etmoqda

“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Faxriddin Raxmatov bir-necha yillar ichki ishlar organlari tizimida samarali xizmat qilib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan istefodagi polkovnik Tohirjon Nugmanov xonadonida bo‘ldi.
T. Nugmanovning yoshlarni tarbiyalash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashlari yo‘lida kuch-g‘ayrat va azmu shijoat bilan fidoyilik ko‘rsatib kelayotganligi alohida e'tirof etildi. Faxriyga boshqarmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Arab tilida 24 soat vaqt mobaynidagi har bir soat o‘z nomiga ega. Vaqt tungi soat 01:00 dan boshlanadi. Misol uchun: 01 – Zulfa, 02 – Bahro, 03 – Sahar, 04 – Fajr, 05 – Subh, deyilsa, 11 – Hajro, 12 – Zuhayroh, 13 – Rovah, 14 – Asr, deyiladi.
Savol: soat – 15 qanday ataladi?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ҚОРАКЎЛЛИКЛАР БИРИНЧИ

Ички ишлар органлари ходимлари ўртасида спортнинг “Волейбол” тури бўйича “Бошқарма бошлиғи кубоги” мусобақасининг вилоят босқичи ўтказилди. Унда ИИБнинг хизмат соҳалари, шаҳар ва туман ИИБнинг 18 та жамоаси катнашди.
Ходимларнинг жисмоний тайёргарлигини янада ошириш, уларнинг саломатлигини яхшилаш, хизмат фаолиятини рағбатлантириш мақсадида ташкил этилган мазкур беллашувлар муросасиз курашлар остида кечди. Ҳакамлар ҳайъатининг хулосаларига кўра, Қоракўл тумани ИИБ жамоаси биринчи, Бухоро тумани ИИБ жамоаси иккинчи ҳамда Бухоро шаҳар ИИОФМБ жамоаси учинчи ўринни қўлга киритишди.
Ғолиб жамоаларга бошқарма бошлиғининг кубоги, медаль ва эсдалик совғалари топширилди.
Р.РАЖАБОВ,
подполковник.
Бухоро вилояти.

👉 @postdarasmiy
2024/10/02 08:16:11
Back to Top
HTML Embed Code: