Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyati IIB JXX PPXB xodimlari tomonidan suzish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida hududlarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Жаҳолатга қарши маърифат билан

ИИВ ҳузуридаги ЖИЭД 4-минтақавий ҳудуди минтақавий мувофиқлаштириш маркази ва 35-сон манзил колонияси шахсий таркиби иштирокида турли ахборот хуружлари, диний радикал оқимлар ва террористик ташкилотлар ҳақида йиғилиш бўлиб ўтди. Унда Қарши шаҳридаги “Наво” жомеъ масжиди имом-хатиби иштирок этиб, ҳозирда ижтимоий тармоқларда кенг тарқалган террористик ва экстремистик оқимларнинг кирдикорлари ва уларнинг таъсирига тушиб қолишнинг олдини олиш борасида маъруза қилди.
Очиқ мулоқот руҳида ўтган тадбирда иштирокчиларнинг саволларига батафсил жавоб берилди.
Шуҳрат ЭШБЎРИЕВ,
подполковник.
Қашқадарё вилояти.
Yosh xodimlar bellashuvi

Toshkent shahar IIBB tarkibiy tuzilmalar va hududiy boʻlinmalarda xizmat qilayotgan yosh xodimlar oʻrtasida sportning yengil atletika - yugurish turi boʻyicha estafeta musobaqasi oʻtkazildi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuv yakuniga koʻra, 3-oʻrinni Yashnobod tumani IIOFMB jamoasi, 2-oʻrinni Olmazor tumani IIOFMB jamoasi va 1-oʻrinni va respublika bosqichiga yoʻllanmani Bosh boshqarma JTSB va PPXB jamoasi qoʻlga kiritdi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
To‘maris izdoshlari

Namangan viloyati ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan ayol xodimalar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” musobaqasi o‘tkazildi.
Unda xodimalar Makarov pistoletidan o‘q otish, 100 va 1000 metr masofaga yugurish, kompleks mashqlar to‘plami hamda 50 metr masofaga erkin suzish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
G'oliblar viloyat IIB tomonidan taqdirlandi.
M. Ubaydullayeva,
podpolkovnik.

👉 @postdarasmiy
РАҲБАР ХОДИМЛАР ХОНАДОНИДА

ИИВ ҳузуридаги ЖИЭД Тўртинчи минтақавий ҳудуд Минтақавий мувофиқлаштириш марказида ҳам ходимбай ишлаш йўналишида тизимли ишлар олиб борилмоқда. Яқинда мазкур Марказ бошлиғи, подполковник Ж.Диёров Кадрлар билан ишлаш гуруҳи МТБ инспектори, подполковник Р.Хуррамов ҳамда Тартибот фаолиятини муофиқлаштириш гуруҳи МТБ инспектори, подполковник А.Эшқобиловнинг хонадонида бўлиб, ходимларнинг яшаш шароитларини ўрганди. Ушбу жараёнда уларнинг оила аъзоларига ички ишлар органлари ходимларини ижтимоий ҳимоя қилиш бўйича давлатимиз томонидан кўрилаётган чоралар ҳақида батафсил маълумот берди. Шунингдек, қўл остидаги ходимлар яшайдиган маҳалла фаоллари ҳамда уларнинг қўни-қўшнилари билан суҳбатлашди.
Шерзод ЭШМУРОДОВ,
капитан.

👉 @postdarasmiy
BUXORODA “PROBATSIYA OYLIGI”

“Probatsiya oyligi” doirasida viloyatda bir qator manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hududiy ichki ishlar organlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nazorat ostidagi shaxslarning yashash va ish joylari o‘rganilmoqda. O‘rganish jarayonida ularning muammolari shahar-tuman sektor rahbarlari bilan muhokama qilinib, sayyor sudlar orqali jazo o‘tash qoidalariga qatʼiy rioya qilganlarini muddatidan ilgari jazodan shartli ravishda ozod qilish, aksincha, jazo o‘tash qoidalariga rioya qilmasdan kelayotganlarga sud tomonidan tayinlangan jazolarini boshqa og‘irroq jazo turiga almashtirish kabi tadbirlar olib borilmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
2024/10/07 08:21:53
Back to Top
HTML Embed Code: