Telegram Web Link
Migratsiyadagi yoshlar bilan muloqot

Namangan tumani 3-sektorda tuman IIB boshlig‘i, sektor rahbari, podpolkovnik Umarjon Abduvaliyev «Shamsiko‘l» mahallasida yashovchi, ishlash, o‘qish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.
Suhbat davomida yoshlar tomonidan murojaat va takliflar ham eshitildi hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi savollarga huquqiy tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, yoshlarni shu yurtda ham o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish borasida suhbatlashilib, aholi bandligini taʼminlashga oid amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkil qilinayotgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
БОЛАЛАР БИЛАН ИНДИВИДУАЛ МАШҒУЛОТЛАР

Бола мисоли ниҳол. Уни тарбиясида кемтикликка йўл қўйилса, жамиятда жиддий муаммолар юзага келиши шубҳасиз. Ушбу жиҳатларни инобатга олган ҳолда, Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ Вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш марказида сақланаётган болалар билан индивидуал машғулотлар амалга оширилмоқда.
Машғулотларда болалар ҳаётидаги ижтимоий муаммолари якка тартибда ўрганилиб, уларнинг қизиқишлари, орзулари ҳақида суҳбатлашилмоқда. Бу тоифа болаларнинг жамиятда ўз ўринларини топиб кетиши учун психологик тренинглар ўтказиб келинмоқда.
Дилафрўз МИРЗАЕВА,
подполковник.
Қашқадарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol: Qadimgi Xitoy. Ikki yigit yugurishga tayyorlanmoqda. Yugurish oldidan ulardan birining og‘ziga jenshen o‘zagidan bir bo‘lak solib qo‘yishdi. Bu musobaqa nima maqsadda tashkil qilingan?

Ushbu savolning javobini Qurbonov Ulug‘bek to‘g‘ri topdi. Ofarin! Bilimdonlarga keyingi jumboq savollarda omad tilab qolamiz!

Javob: Bu musobaqa jenshen sifatini aniqlash maqsadida uyushtirilgan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Super yarim oʻrta vazn WBA toifasida jahon chempioni — Ichki ishlar vazirligi xodimi mayor Isroil Madrimov (10−0−1 7 KO) 4-avgust kuni Oʻzbekiston vaqti bilan tongi soat 6:00 da vazn toifasidan qatʼi nazar dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri boʻlgan Terens Kroufordga (40−0 31 KO) qarshi jang qiladi.

Isroil Madrimovga Ichki ishlar vazirligi xodimlari nomidan boʻlajak jangda gʻalaba tilaymiz.
———
Супер ярим ўрта вазн WBA тоифасида жаҳон чемпиони — Ички ишлар вазирлиги ходими майор Исроил Мадримов (10−0−1 7 КО) 4 август куни Ўзбекистон вақти билан тонги соат 6:00 да вазн тоифасидан қатъи назар дунёнинг энг кучли боксчиларидан бири бўлган Теренс Кроуфордга (40−0 31 КО) қарши жанг қилади.

Исроил Мадримовга Ички ишлар вазирлиги ходимлари номидан бўлажак жангда ғалаба тилаймиз.

Телеграм канал
OLOTDA HAM OYLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Olot tumani “G‘anchi Chandir” mahallasida “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi N.Nematova, sektor rahbarlari va 100 dan ortiq yoshlar qamrab olindi. Sport tadbirlari doirasi Ichki ishlar boshqarmasi boshchiligida voleybol sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Zakovatchilar taqdirlanib, ularning kelgusidagi o‘yinlarida zafarlar tilandi. Tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik J.Tangriyev yig‘ilganlarga “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” hamda unga qarshi kurashish borasida tushunchalar berib o‘tdi.
Sh.HAYITOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy
БЕДАРАК ЙЎҚОЛГАН ҚИЗ ота-онасига соғ-саломат қайтарилди

Жорий йилнинг 26 июль куни Риштон тумани Топволдиев номли МФЙда яшовчи Маъмура Якубова Фарғона вилояти ИИБнинг “102” қисқа рақамига мурожаат қилиб, 2010 йилда туғилган қизи Муштарий Абдулахатова 24 июль куни соат 09:35 ларда хонадонидан чиқиб кетиб, бедарак йўқолганлигини маълум қилади.
Мурожаат қилиниши биланоқ, Риштон тумани ИИБ тезкор қидирув хизмати ва ҲПБ ходимларидан иборат гуруҳлар тузилиб, тезкор суриштирув ишлари олиб борилди.
Батафсил👉

👉 @postdarasmiy
#Mutolaa_qiling

Qo’limdan kelgani shu…

О’rmon mudhish tezlikda yonardi. Kichkinagina chumchuq panjalari bilan suv olib, o’rmon ustiga uchdi va tag’in daryoga shoshdi. Shunda o’rmonning yonishini kuzatib turgan hayvonlardan biri kulib baqirdi.
– Hey, o’rmonni bir tomchi suv bilan qutqaraman deb o’ylayabsanmi? –
Chumchuq javob berdi:
— Nima qilay axir, mening qo’limdan keladigani shu. Men harholda qo’limdan kelganini qilyapman…

Rashod Nuri Guntegin
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#Kun_hikmati

Yoz — yilning shunday mavsumiki, qishda bajarish juda sovuq bo‘lgan ishlar uchun juda issiq vaqtdir.

✍️MARK TVEN

👉 @postdarasmiy
Хизмат бошлиқларининг билимлари оширилди

Жиззах шаҳрида ҳудудий ИИБ миграция ва фуқароликни расмийлаштириш хизматлари бошлиқлари иштирокида ўқув семинари ташкил этилди. Мазкур жараёнда йиғилганларнинг чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахсларни вақтинча турган жойи бўйича рўйхатга олиш тартибига оид тушунчалари бойитилди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
“Elobod”da nazorat tadbiri

Davlatobod tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik B. Shukurov “Elobod” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qildi.
O‘rganish davomida asosiy eʼtibor profilaktik ishlar ahvoli, jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish hamda raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlarga qaratildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyat
i.
👉 @postdarasmiy
“ТУРМУШ” ТАДБИРЛАРИ

Қоровулбозор туманида оила-турмуш муносабатлари доирасидаги жиноятларнинг олдини олиш ҳамда бу борадаги ишлар самарадорлигини ошириш мақсадида кенг қамровли “Турмуш” профилактик тадбири ўтказиб келинмоқда. Тадбир давомида мол-мулк, ер-жой ва бошқа масалаларда низолашаётган оилалар, оила-турмуш доирасида маъмурий ҳамда жиноий ҳуқуқбузарлик содир этиб, ИИБ профилактик ҳисобига олинган, ажралиш ёқасидаги низоли ҳамда тазйиқ ва зўравонликка учраган шахсларни соғлом турмуш тарзига қайтариш бўйича сектор раҳбарлари ва ИИБ ходимлари, маҳалла еттилиги иштирокида профилактик ишлар олиб борилмоқда.
Ўз мухбиримиз.
Бухоро вилояти.

👉 @postdarasmiy
2024/10/06 22:41:58
Back to Top
HTML Embed Code: