Telegram Web Link
Қайси йўналишда ҳаракатланишни давом эттиришингиз мумкин?
Anonymous Quiz
13%
F1. Чапга ва орқага қайрилиб олишга
74%
F2. Ўнгга, чапга ва орқага қайрилиб олишга
13%
F3. Фақат чапга
Yoshlar bilan hamnafas

Yakkasaroy tumanidagi “Boshliq” mahallasidagi Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida yoshlar va sektor rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman IIOFMB boshligʻi, podpolkovnik Alisher Murodov, tuman soliq boshligʻi Abdumuxtor Malikov, yoshlar yetakchilar hamda ishsiz yoshlar ishtirok etishdi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Kutubxonaga aʼzo bo‘lishdi

Davlatobod tumani IIB Probatsiya hisobida turgan yoshlar Axborot-kutubxona markaziga olib borildi. Ular ziyo maskanida taniqli yozuvchi hamda shoirlar asarlari, shuningdek bir-biridan qiziqarli va foydali kitoblar bilan tanishdilar.
Ziyo maskani o‘quvchisiga aylanish istagini bildirgan yoshlarga esa aʼzolik guvohnomasi berildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
«БАРЧИНОЙЛАР» ҒОЛИБ

Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги Жазони ижро этиш Департаменти Тўртинчи минтақавий ҳудуди Минтақавий мувофиқлаштириш маркази тасарруфида хизмат қилаётган аёл ходимлар ўртасида «Тўмарис издошлари» мусобақаси ўтказилди. Унда белгиланган шартлар бўйича «Тўмарис» ва «Барчинойлар» жамоалари ўзаро баҳслашишди. Мусобақа якунига кўра «Барчинойлар» жамоаси ғолиб деб топилиб, ЖИЭД босқичига йўлланмани қўлга киритди.
Шерзод ЭШМУРОДОВ,
капитан.
YANGI YO’L BELGILARI O’RNATILDI

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB maxsus ekspluatatsiya montaj bo‘limi xodimlari tomonidan Guliston shahrining «Ulug’obod» mahallasida tezlikni pasaytirish va piyodalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida yangi yo‘l belgilari o‘rnatildi. Maktab va boshqa ijtimoiy ob’ektlar yaqinidagi yangi yo’l belgilari yo’l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
3-sektor yoshlari bilan

Yakkasaroy tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 3-sektor hududidagi mahallalarning yoshlari bilan sektor rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda yoshlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan sektor rahbarlariga qilib, savollariga javob olishdi. Shuningdek, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev va IIOFMB boshligʻi, podpolkovnik Alisher Murodov tomonidan probatsiya roʻyxatiga turgan, bugungi kunda yaxshi tarafga oʻzgargan yoshlarni probatsiya roʻyxatidan chiqarish boʻyicha masʼullarga topshiriq berildi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
Топқирлар баҳси

Сариосиё туманидаги Тиббиёт техникумида “Хавфсиз ҳаёт учун бирлашайлик!” шиори остида “Заковат” интеллектуал ўйини ташкил этилди.
Туманнинг 4 та сектори ҳудуди маҳаллаларидаги оталиққа олинган ёшлар ҳамда мактабларнинг юқори синф ўқувчилари иштирокида ўтказилган интеллектуал ўйинда жамолар ғолиблик учун жиддий кураш олиб борди.
Кучли зеҳн, билим ва топқирлик баҳсида ғолиб бўлган жамоаларга диплом ва қимматбаҳо эсдалик совғалари, пул мукофотлари туман Ички ишлар бўлими ва бошқа тегишли ташкилот мутасаддилари томонидан тантанали равишда топширилди.
Ўз мухбиримиз.
Сурхондарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
PROFILAKTIK TADBIR

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7532-harbiy qismda proflaktik tadbir o'tkazildi. Unga ko’ra, haroratning ko'tarilishi natijasida sodir bo'ladigan hamda elektr va gaz tarmoqlaridan chiqishi mumkin bo’lgan yong'inlarning oldini olish bo'yicha harbiy xizmatchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, viloyat FVB xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu mashg'ulotda “tilsiz yov”ga qarshi kurashishda barcha fuqarolar birdek mas'ul ekanligi haqida ta’kidlanib, soha vakillari tomonidan ko'rgazmali chiqishlar ham namoyish etildi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
2024/10/07 22:24:32
Back to Top
HTML Embed Code: