Telegram Web Link
Чоралар белгиланди

Дўстлик туманида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар мувофиқлаштирувчи кенгашининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди. Ҳокимлик, ички ишлар органлари, прокуратура, миллий гвардия масъуллари ҳамда маҳалла фуқаролар йиғинлари раислари иштирокида уюштирилган тадбирда туман маҳаллаларида содир этилган ҳуқуқбузарлик ва жиноятлар таҳлил этилиб, қонунбузарликларни келтириб чиқарувчи омилларни бартараф қилиш чоралари белгилаб олинди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.

👉 @postdarasmiy
Shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB boshlig‘ining tegishli buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida viloyat Shaxmat federatsiyasi “Shox-ruh” shaxmat-shashka klubida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Bilim va ziyraklik, tezkorlik va mantiqqa tayanishni talab qiluvchi ushbu sport turida xodimlar bor mahoratlarini namoyon yetishdi.
Qizg‘in va uzoq davom etgan musobaqada 3-o‘rin Uchqo‘rg‘on tumani IIB xodimiga nasib etdi, 2-o‘rin bilan Norin tuman IIB xodimi taqdirlandi. Faxrli 1-o‘rinni esa Namangan tuman IIB xodimi egalladi. G‘oliblarga boshqarma rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
QANCHALIK PAST BO’LSA, SHUNCHALIK BALAND…

Qadim zamonda podshoh saroyida o’tirar ekan, tashqaridan bir ovoz keldi:
– Shirin olmalar booor!
U derazadan qarasa, bir qariya olma sotyapti. Atrofini mijozlar o’rab olgan. Shohning olma yegisi kelib, bosh vazirini chaqiribdi:
– Mana senga besh tilla, bor, olma olib kel.
Bosh vazir vazirni chaqiribdi:
– Mana senga to’rt tilla, olma olib kel.
Vazir saroy mas’ulini chaqiribdi.
– Mana senga uch tilla, olma olib kel.
Saroy mas’uli qorovullar boshlig’ini chaqiribdi:
– Mana senga ikki tilla, olma olib kel.
Qorovullar boshlig’i navbatchi askarni chaqiribdi:
– Mana senga bir tilla, olma olib kel
Navbatchi esa ko’chaga chiqibdi, sotuvchi qariyaning yoqasidan olibdi:
– Hoy sen, nega baqirasan? Bu yer bozormi yoki saroymi? Olmalaringni musodara qilaman.
👉 @postdarasmiy
#Kun_hikmati

Odamzod tiriklikni davlat bilsin. Aql topsin, mol topsin, halol yursin.
✍️Amir Temur

👉 @postdarasmiy
"Zakovat”da ayol xodimalar

Namangan viloyati IIB boshlig‘ining buyrug‘iga asosan tizimda xizmat qilayotgan ayol xodimalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.
Unda 6 jamoa ishtirok etib, o‘zlarining professional bilim darajasi, maʼnaviy-axloqiy saviyasi, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari, bilim va iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
НАЗОРАТДАГИ ЁШЛАР БИЛАН УЧРАШУВ   

Боғот тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Э.Ахмедов ҳамда туман халқ қабулхонаси мудири М.Маткаримовларнинг туман ички ишлар бўлими Пробация гуруҳи ҳисобида турган ишсиз ёшлар билан учрашуви бўлиб ўтди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
🇺🇿 Ўзбекистон хавфсиз давлатлар рейтингида дунё бўйича биринчи ўринни эгаллади.

👉 @postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
28-iyul - Dunyo boʻyicha Gepatitga qarshi kurashish kuni

👉
@postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#Jumboq

Bu sizga tegishli. Biroq, boshqalar sizdan ko’ra, undan ko’proq foydalanishadi. Xoʻsh, u nima?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ёш ходимларга тавсиялар берилди

Жиззах вилояти ички ишлар бошқармасида ёш ходимлар билан мулоқот ўтказилди. Унда ИИВ академияси ҳамда вилоят ИИБ масъуллари томонидан хизмат интизоми ва қонунийликни таъминлаш, касбий, жисмоний ва жанговар тайёргарликни кучайтириш юзасидан тавсиялар берилди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

👉 @postdarasmiy
#Qisqa

Yo'lbarslar sayyoradagi eng qasoskor hayvonlar hisoblanadi.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
2024/10/07 04:29:04
Back to Top
HTML Embed Code: