Telegram Web Link
ТЕГИШЛИ КЎРСАТМА ВА ТОПШИРИҚЛАР БЕРИЛДИ

Қарши шаҳрида Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар фаолиятини мувофиқлаштирувчи кенгашнинг навбатдаги кенгайтирилган идоралараро йиғилиши бўлиб ўтди. Унда Қашқадарё вилояти прокуратураси бўлим бошлиғи Х.Тошназаров, Қарши махсус прокурори У.Элмуродов, Марказ бошлиғи Ж.Диёров, вилоятдаги тергов ҳибсхонаси ва жазони ижро этиш муассасалари раҳбарлари, ўринбосарлари, соҳавий хизмат раҳбар ходимлари иштирок этди.
Йиғилишда жорий йилнинг ўтган даврида жиноятчиликка қарши курашиш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, маҳкумларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш, уларга муносиб шарт-шароитлар яратишда соҳалар кесимида мавжуд муаммолар ва йўл қўйилаётган камчиликлар танқидий муҳокама қилинди. Мавжуд камчиликларни бартараф этиш бўйича зарурий кўрсатма ва топшириқлар берилди.
Psixologik suhbatlar

Viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati psixologlari tomonidan soha xizmatlari va hududiy bo‘limlarda xizmat olib borayotgan xodimlar bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.
Faoliyati davomida ekstremal va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda psixologik usullar yordamida xodimlarning ruhiy barqarorligini taʼminlash, guruhlararo munosabatlar tizimini ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarga tayangan holda xizmat jamoalarida sog‘lom maʼnaviy-ruhiy muhitni yaxshilash va boshqa salbiy ruhiy holatlarning oldini olish bo‘yicha psixologik testlar olinib, natijasi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOʻL HARAKATI INTIZOMI — BOLALIKDAN BOSHLANADI!
Viloyat IIB JXX YHXB xodimlari Buxoro shahrida joylashgan 6-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari bilan yoʻllarda harakatlanish madaniyatiga oid targʻibot uchrashuvini oʻtkazdi.
Buxoro viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.
ОСОЙИШТАЛИК ПОСБОНЛАРИ – ҚЎҒИРЧОҚ ТЕАТРИДА
Фарғона вилоят ИИБ Маънавий-маърифий ишлар ва кадрлар билан таъминлаш хизмати томонидан Ички ишлар органларида маънавий-маърифий ишларни ташкил этиш концепциясида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида “Маънавият маршрути” лойиҳаси мунтазам йўлга қўйилган.
Куни кеча ушбу лойиҳа доирасида соҳа ходимлари ҳамда уларнинг оила аъзолари учун Фарғона вилояти Қўғирчоқ театрида “Билимдонлар масканидаги мўъжиза” номли спектакль намойиш этилди. Юрт посбонлари оила аъзолари ва фарзандлари билан биргаликда ушбу спектаклни томоша қилиб, маънавий озуқа ҳамда мароқли дам олдилар.
Абдувосит СИДИҚОВ,
ўз мухбиримиз.
Фарғона вилояти.
Tushuntirish olib borildi

Uychi tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik O. Xujakulov jamiyatda o‘rnatilgan qoidalarni buzib, huquqbuzarlik sodir etganligi uchun vaqtincha saqlash hibsxonasida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida huquqbuzarlik sodir etishga undagan sabablar o‘rganilib, belgilangan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarish lozimligi hamda qayta huquqbuzarlik sodir etish jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi tushuntirildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
Topqirligingizni sinab ko‘ring

U ilk bor rus imperatoriga saroyiga olib kelinganida, u haqida "yaxshi chaynalmaydi", "ta’mi achchiq" deya fikrlar bildirilgan. Diqqat savol : U nima?


Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Кибермаданиятни юксалтириш” ойлиги доирасида Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ходимлари томонидан барча шаҳар-туманларда тарғибот тадбирлари ўтказилмоқда.
Gulobodda sayyor qabul

Davlatobod tumanidagi “Gulobod” mahallasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholini yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Aliyev tomonidan qabul qilindi.
Qabul davomida fuqarolarning 19 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi va 10 tasi joyida ijobiy hal etildi. Muddat talab etganlari esa masʼullarga biriktirildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
2024/10/07 19:30:37
Back to Top
HTML Embed Code: