Telegram Web Link
ИМКОНИЯТ БЕРИЛДИ

Ҳаётда қоқилганга хатосини тузатиши учун имконият бериш олийжанобликдир. Жиноят ишлари бўйича Навбаҳор туман суди томонидан туман ИИБ Пробация гуруҳи ҳисобида турган, қилмишидан пушаймон бўлган бир қанча маҳкумларга ана шундай имконият берилди.
Хусусан сайёр суд мажлисида озодликдан маҳрум қилиш билан боғлиқ бўлмаган жазоларни ўтаб келаётган, меҳнатга ҳалол муносабатда бўлган 10 нафар шахс жазодан муддатидан олдин озод қилинди. Бундан ташқари, сайёр суд мажлиси якунида тобора кўлами кенгайиб бораётган интернет фрибгарлиги, кибержиноятлар ҳақида маълумот берилиб, улардан ҳимояланиш, банк картаси ва шахсий маълумотларни бегоналарга айтмаслик, расмий бўлмаган иловалардан фойдаланмаслик лозимлиги тушунтирилди.
Маҳлиё ХОЛОВА,
ўз мухбиримиз.
Навоий вилояти.
Topqirligingizni sinab ko‘ring

O‘tgan asrning 70-yillarida kvars kristali paydo bo‘ldi-yu, 45 ming nafardan ortiq shveysariyalik ishsiz qoldi. Ya’ni ular ishlaydigan korxona kasodga uchradi. Yangi mahsulot ishlab chiqarish markazi sifatida Yaponiya tan olindi.
Savol: Shveysariyaliklar ishlaydigan korxonada qanday mahsulot ishlab chiqarilgan va uning kasodga uchrashida kvars kristali qanday ahamiyatga ega bo‘lgan?


Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Probatsiya hisobidagi yoshlar bilan uchrashuv

Bugun Toyloq tuman ichki ishlar bo‘limida probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.  Unda tumanning 4 ta sektorlari rahbarlari o‘rinbosarlari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilishdi va ularning muammolarini tinglashdi.
Shundan so‘ng yoshlar uchun "Samarqand lak-bo‘yoq" MCHJga sayohat tashkil etildi.  Korxona faoliyati bilan yaqindan tanishgan yoshlar, tadbirkorlik borasidagi savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi. Korxona rahbari tadbirkorlik borasidagi bilim va tajribalari haqida gapirib, yoshlarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga chorladi.
Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi

Namangan viloyati IIB JXX YHXB Ekspluatatsiya-montaj bo'linmasi ishchi-xodimlari tomonidan Uchqo'rg'on tumani avtomobil qatnov yo'llarida tartib o'rnatish, haydovchi va piyodalar harakatida qulaylik yaratish maqsadida yo'l yotiq chiziqlari chizilib, yo'l belgilari yangilanmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
BOLAJONLARNI ASRAYLIK

Poytaxtda bolalar bilan bog‘liq yo‘l harakati hodisalarining oldini olish borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahar IIBB YHXB yo'l patrul xizmati inspektori tomonidan "Diqqat, bolalar!", "Diqqat, piyoda!" shiori ostida Yakkasaroy tumanidagi 530-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri
2024/10/06 23:24:53
Back to Top
HTML Embed Code: