Telegram Web Link
“Salomatlik kuni” doirasida Samarqand viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan  viloyati IIB shaxsiy tarkibi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib,  jarohatlanganda birinchi tez tibbiy yordam, mavsumiy kasalliklar, issiqlikning organizmga salbiy ta’siri, gipertoniya kasalligi mavzusida tushuntirish ishlari va ma’ruzalar olib borildi.
Gʻamxoʻrlik – 2024

MAROQLI HORDIQ UCHUN


Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida XTB xodimlari yana bir tadbirda ishtirok etishdi. Ularning kuzatuvida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi “Burchmullo” bolalar dam olish oromgohiga 3-bosqich yozgi dam olish uchun bolajonlar oromgohga joʻnatildi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
MUAMMOLAR NAZORATGA OLINDI
Viloyat ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼullar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘limida hamda “Oydin nur NTT”da yashayotgan og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning muammolari o‘rganildi. Shuningdek, xotin-qizlarga huquqiy va psixologik maslahatlar berildi hamda aniqlangan muammolar nazoratga olindi.
X.TOYIROVA,
kapitan.
Buxoro viloyati.
Ёш ходимлар учун ўқув семинари
ИИВ Академиясининг жорий йил битирувчилари Тошкент вилояти ИИББ 4-минтақавий мувофиқлаштириш маркази Янгийўл шаҳар ИИБ ҳамда Янгийўл, Зангиота ва Тошкент туманлари ИИБлари ҳузуридаги тергов бўлимларининг терговчи ва суриштирувчи лавозимларига тайинланди. Шу муносабат билан ёш ходимларга малакали терговчилар ва раҳбар ходимлар мураббий этиб белгиланди.
Бундан ташқари, ўқув семинари ўтказилиб, унда фуқаролардан келиб тушадиган ариза ва шикоятларни, “102” электрон тизимига келадиган қўнғироқларини қайд этиш, ҳодиса жойига чиқиш, процессуал ҳужжатларнинг назорат муддатлари ва ижро этиш каби хизмат вазифалари тушунтирилди. Ўқув семинари сўнггида вилоят ИИББ 4-МММ бошлиғининг тергов фаолияти бўйича ўринбосари, полковник Чори Кучаров ёш терговчи ва суриштирувчилар томонидан берилган саволларга батафсил жавоб қайтарди.
Ўз мухбиримиз.
Мароқли саёҳат

Денов тумани ИИБ шахсий таркиби учун саёҳат уюштирилди. Манзил буюк муҳаддис олим Ал-Ҳаким Ат-Термизий мақбараси, “Қирққиз” қалъаси, “Султон Саодат” зиёратгоҳи ва Собир Термизий номидаги ахборот-кутубхона маркази бўлди. Ходимлар ушбу манзилларда аждодларимиз қолдирган буюк тарихий мерос билан танишдилар. Шунингдек, Марказий Осиёда ягона бўлган Археология музейидаги экспонатлар ҳам уларда катта таассурот қолдирди.
Феруза РАҲМОНҚУЛОВА,
ўз мухбиримиз.
Сурхондарё вилояти.
XIZMAT INTIZOMI BO‘YICHA TEKSHIRUVLAR

Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat olib boruvchi xodimlarning ishga kelib ketishi, xizmat kiyimini buyruq talablari asosida kiyib yurishi, xizmat va shaxsiy avtomashinalarni tegishli hujjatlar asosida boshqarib yurishlari bo‘yicha bir qator tekshiruvlar amalga oshirildi. Tekshiruvlar davomida xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, xizmat vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga taalluqli bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
A.ZAYNIYEV,
safdor.
Buxoro viloyati.
2024/10/04 09:24:14
Back to Top
HTML Embed Code: