Telegram Web Link
#Kun_hikmati

Yaxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim.
✍️ Amir Temur

👉 @postdarasmiy
Oq yo'l senga, bitiruvchi!

IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining bitiruv tadbiri o‘tkazildi.

Tantanali tadbirda Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, sohaviy xizmat rahbarlari, faxriylar, ustoz-murabbiylar hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi. Unda so‘z olganlar bitiruvchilarga Vatan himoyasi, xalq osoyishtaligi yo‘lidagi xizmatlarida omad va zafarlar tiladilar.
170 nafar bitiruvchining 15 nafariga imtiyozli diplom va 3 nafariga kumush medallar topshirildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
NOTINCH OILALAR MUHITINI SOG‘LOMLASHTIRISH

Viloyat ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼullar uyma-uy yurib, “Yo‘l xarita”ga kiritilgan ayollar, ijtimoiy nosog‘lom, nizoli, notinch oilalar bilan yuzma-yuz uchrashmoqda. Suhbatlarda ularning dardu-tashvishlari, duch kelayotgan muammolari o‘rganilib, ijtimoiy savolnoma asosida tizimli ishlar tashkillashtirilmoqda. Qolaversa, uzoq muddatga ketgan fuqarolarning oila aʼzolari bilan va kelgan fuqarolar, muqaddam sudlangan, probatsiya hisobida turgan hamda profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan qayta jinoyat qilmaslik bo‘yicha profilaktik suhbatlar tashkil qilinmoqda. Shuningdek, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targ‘ibotlar olib borilib, himoya orderi berish tartibi haqida huquqiy tushunchalar ham berilmoqda.
A.ZAYNIYEV,
safdor.
Buxoro viloyati.
Сирдарё вилояти ҳудудидан ўтувчи автомобиль йўлларида ЙПХ ходимлари томонидан юк транспорт воситаларининг ҳайдовчилари ўртасида профилактик тарғибот тадбирлари олиб борилмоқда.
Йўл ҳаракати қоидаларига кўра, юк ташиш меъёрлари яна бир бор эслатилиб, бошқа ҳайдовчиларга ҳалақит берувчи, хавфли вазият юзага келишига сабаб бўладиган жойларда тўхтамаслик, транспорт воситасини қолдириб кетмаслик бўйича тушунтиришлар берилмоқда.
Қоидаларда кўрсатилган тўхташ ва тўхтаб туриш тартибининг мазмун-моҳияти етказилмоқда.
Ўз мухбиримиз.
Сирдарё вилояти.
БИТИРУВЧИЛАРГА ДИПЛОМЛАР ТОПШИРИЛДИ

Ӯзбекистон Республикаси ИИВ нинг Қорақалпоқ академик лицейида жорий йилдаги лицей битирувчилари  учун диплом топшириш маросими бӯлиб ӯтди...

@postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QOIDALARGA AMAL QILAYLIK...

Yoz fasli kelib, issiq kunlar boshlanishi bilan maroqli hordiq chiqarishni istagan hamyurtlarimiz boshqa so'lim go'shalar qatori Toshkent viloyatining Bo'stonliq va Parkent tumanlariga ham yo'l olishadi.
Biroq, ayrim haydovchilarning belgilangan qoidalarga amal qilmasligi oqibatida, turli ko'ngilsizliklar sodir etilishi mumkin. Bunday noxushliklarning oldini olish maqsadida mazkur videolavhada ham osoyishtalik posbonlari tomonidan bu haqda eslatib o'tiladi...
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Maqsad – hushyorlikni oshirish

Qashqadaryo viloyati hududi boylab, yol yoqasida uzoq vaqt toxtab turgan yuk tashuvchi transport vositalarining haydovchilari bilan YPX inspektorlari tomonidan profilaktik suhbatlar va targibot ishlari olib borilmoqda. Avtotransport vositalarida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etishda haydovchilarga yordam berilmoqda.
Mansur Egamberdiyev,
kapitan.


👉@postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda» konsepsiyasi doirasida Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Mudofaa ishlari boshqarmasida navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
———
«Хавфсиз йўл ва хавфсиз пиёда» концепцияси доирасида Навоий вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ходимлари томонидан Мудофаа ишлари бошқармасида навбатдаги тарғибот тадбири ўтказилди



👉@postdarasmiy
2024/07/01 02:59:54
Back to Top
HTML Embed Code: