Telegram Web Link
Psixologik trening
Yakkasaroy tumani IIOFMB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari, podpolkovniklar E.Qodirova, F.Samatova va tuman IIOFMB katta psixologi, kapitan S.Qodirova hamkorligida “Armugʻon” MFYda yashovchi xotin-qizlar uchun “Oʻzni anglash-oʻzgani anglash” mavzusida psixologik trening tashkillashtirildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad fuqarolarga yaqindan yordam koʻrsatish va xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
JUMBOQ

Bugungi savolimizga yana Elnora Inoyatova birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Ulug‘bek Qurbonov ham javobni to‘g‘ri topgan. Ikkala bilimdonimizga omad tilaymiz.

Jumboqning javobi: Raqamlar. Izoh: ushbu davrda raqamlar so'z bilan ifodalangan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ҲАРБИЙ ҚИСМДА ПРОФИЛАКТИК ТАДБИР
Ички ишлар вазирининг фармойишига асосан, Қоровул қўшинларида “Қонунийликни таъминлаш ва темир интизом ойлиги” доирасидаги профилактик тадбирлар 7536-ҳарбий қисмда ҳам ўтказилмоқда. Яқинда ҳарбий қисмда Когон шаҳар Маънавият бўлими раҳбари У.Қурбонов, Когон шаҳар Дин ишлари бўйича қўмита вакили Ф.Шаропов ҳамда Когон шаҳар Алишер Навоий жоме масжиди имом ёрдамчиси Б.Ғуломовлар иштирокида “Интернет тармоғи орқали ўйналаётган қимор ва таваккалчиликка асосланган ўйинларга диний муносабат” мавзусида профилактик тадбир бўлди. Тадбирда ҳарбийлар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоблар олишди.
Э.ГАФФАРОВ,
подполковник.
Бухоро вилояти.
Davra suhbati tarzida

Toshkent shahar IIBB MMI va KBTX boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologi tomonidan IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi oʻquvchilari bilan davra suhbati tashkillashtirildi. Unda maʼnaviy-axloqiy muhit, vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmatni yuksaltirish borasida so‘z bordi. Shuningdek, bitiruvchi sinf qizlarini ichki ishlar organariga qiziqtirish, kelgusida sohada faoliyat olib borib, el-yurt tinchligi yo‘lida xizmat olib borishga jalb etish bo‘yicha ham targ‘ibot ishlari olib borildi.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Психологик машғулот

ИИВ Сурхондарё академик лицейида таълим олаётган ўқувчилар ўртасида соғлом муҳитни шакллантириш ҳамда уларнинг ўқув жараёнида ва машғулотдан ташқари руҳий-эмоционал барқарорлигини сақлаш бўйича семинар-тренинг ташкил этилди. Машғулотларда ўқувчиларнинг психологик билим савиясини ошириш, руҳий саломатлигини таъминлаш ҳамда уларда лицейдаги маънавий-руҳий муҳитни ўрганишга доир амалий кўникмаларни ҳосил қилишга эътибор қаратилди.
Ўз мухбиримиз.
Сурхондарё вилояти.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#Jumboq

Savol: Siz haqingizda eng ko‘p fikrlar u yerda aytiladi. Buning ustiga o‘zingiz ham bu gaplarning guvohi bo‘lasiz. Aynan u yerda siz haqingizdagi voqealar hech qanday chizgilarsiz ifodalanadi. Siz goh aktyorsiz, goh tomoshabin. Nemis faylasufi Fridrix Nishse nimani nazarda tutmoqda?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Intizom va qonuniylik

    Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi  boʻlinmalaridagi tergovchi va surishtiruvchilar bilan “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida xizmat va ijrochilik intizomi hamda qonuniylikni taʼminlash boʻyicha tadbirlar boʻlib oʻtdi.
    Unda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari - Tergov boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Ilhom Fayzullayev tomonidan 4 ta hududga boʻlib olingan holda oʻtkazildi.
    Bunda tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar muhokama qilinishi bilan bir qatorda ularni qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilib, har biri bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etildi.
Boris KLEYMAN,
Oʻz muxbirimiz.
Қамашида меҳнат ярмаркаси

Қамаши тумани ИИБ ЖХХ пробация гуруҳи ҳамда Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими ҳамкорлигида ҳисобда турувчи шахслар учун бўш иш ўринлари ярмаркаси ташкил этилди.
Меҳнат ярмаркасида маҳкумлар бўш иш ўринлари билан танишиб, уларга тегишли тавсия ва таклифлар берилди. Якунда 2 нафар шахсга ишга йўлланма берилди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.


👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
G'OLIB – TEMUR AVLODLARI JAMOASI

“Qonuniylikni ta'minlash va temir intizom oyligi” IIV Qorovul qo'shinlari miqyosida ham qizg'in davom etmoqda. Uning doirasida o'tkazilayotgan turli tadbirlar harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning ma'naviy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilayotir. Jumladan, yaqinda poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o'yini ham buning yaqqol tasdig'idir.
Qiziqarli bahs va munozaralarga boy tarzda o'tgan mazkur bellashuvlar yakuniga ko'ra, barcha raqiblaridan ustunligini namoyish etgan qo'shinlar qo'mondonligining “Temur avlodlari” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritib, ko'chma kubok sohibiga aylanishdi.
Tadbir so'ngida san'atkorlar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qo'shiqlar yig'ilganlar qalbiga xushnudlik ulashdi.
Alisher TESHAYEV,
kapitan.
2024/10/01 18:38:40
Back to Top
HTML Embed Code: