Telegram Web Link
#Jumboq

Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalaniladi. U nima?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoʻqon shahrida tan jarohati bilan bogʻliq jinoyatlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi
———
Қўқон шаҳрида тан жароҳати билан боғлиқ жиноятлар ва ёшлар ўртасида жиноятчиликни олдини олиш бўйича ўқув семинари ташкил этилди

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
#fakt

Yara yoki jarohatlarga shakar qo'yish og'riqni kamaytiradi va tuzalish jarayonini tezlashtiradi.

@postdarasmiy
О‘quvchilar kamondan o‘q otdilar

IIV Namangan Akademik litseyida merganlik darslari bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulotda dastlab Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan kamondan o‘q uzish sport turi bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning merganlik mahoratlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida kichik musobaqa tashkil etildi.
Yigitlar va qizlar jamoalariga bo‘lingan holda o‘tkazilgan mazkur bellashuvda yigitlar jamoasi ustunlikka erishib, g‘alaba qozondi. G‘olib jamoa aʼzolari va faol yoshlar 30 iyun — “Yoshlar kuni” bayramida taqdirlanadi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
JUMBOQ

Bugungi savolimizga Rushana Rozabayeva birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Abdimurat Xalmuratov, Surayyo Hasanova, Abduqodir Zokirov, Faxriddin, Farrux Usmonov, Mirshod Ne’matovlar ham javobni to‘g‘ri topgan.

Javob: til

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
КАМЧИЛИКЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНЯПТИ

“Қонунийликни таъминлаш ва темир интизом ойлиги” доирасида Навоий вилояти ИИБ ҳузуридаги Тергов бошқармаси бошлиғи терговчи ҳамда суриштирувчилар билан учрашиб, хизмат интизоми ҳамда қонунийликни мустаҳкамлаш юзасидан топшириқлар берди.
Ҳудудларда ташкил этилаётган тадбирлар чоғида терговчи ва суриштирувчилар томонидан хизмат фаолиятида йўл қўйилган камчиликлар муҳокама қилиняпти. Шунинг билан бир қаторда уларни қийнаб келаётган муаммолар ўрганилиб, ҳар бири билан якка тартибда суҳбатлар ўтказиляпти. Шунингдек, тергов бўлинмалари ходимларига етарлича шарт-шароитлар яратиш ҳамда уларни рағбатлантириб бориш бўйича Тергов бошқармасининг масъул раҳбарлари зиммасига тегишли вазифалар юклатилмоқда.
Маҳлиё ХОЛОВА,
ўз мухбиримиз.
Навоий вилояти.
Reydlar davom etmoqda

Viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan viloyatning barcha hududlarida reyd tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlar davomida xususan, piyodaga yo‘l bermagan, svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchilar aniqlanib, inspektorlar tomonidan ogohlantirilmoqda.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
Том устидан ўтган йўллар

Эроннинг Гилян провинциясида жойлашган Масуле қишлоғи ғаройиб меъморчилиги билан сайёҳларни ўзига жалб қилиб келмоқда. Қишлоқ ўзига хос ландшафтга эга бўлгани боис бу ердаги уйларнинг ҳаммаси қаватли поғона шаклида қурилган: пастки уйларнинг томи юқоридаги хонадонлар учун йўл ёки кўча вазифасини ўтайди.
Бу ердаги аксарият уйлар икки қаватли, уйлар орасида юқорига олиб чиқувчи ингичка зинапоялар жой олган. Асосий қурилиш материали ёғоч ва лойдан иборат бўлса-да, уйнинг томи йўлка вазифасини ўташ учун ўта мустаҳкам туриши кишини ҳайратда қолдиради.
Қишлоқда ҳар қандай транспорт воситаларида ҳаракатланиш ман этилади.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
#ибрат_вақти

Бозорда бир кулол кўрсатиб ҳунар,
Бир бўлак хом лойни тепиб пишитар,
Лой инграб айтади: Ҳой, секинроқ теп,
Мен ҳам кулол эдим, сендек, биродар.


Умар Хайём

@postdarasmiy
SURATLI LAVHALAR

“Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7536-harbiy qism 3-batalyonida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, muddatli harbiy xizmatchilarning madaniy hordiq olib, dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlari maqsadida ular bilan “Teambilding” o‘yinlari  tashkillashtirildi.
E.GAFFAROV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
“Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi”

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻi “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida boshqarma va uning quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi hamda surishtiruvchilar bilan uchrashib, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Hududlarga chiqib oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar muhokama qilinishi bilan bir qatorda ularni qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilib, har biri bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etildi.
Shuningdek, tergov boʻlinmalari xodimlariga yetarlicha shart-sharoitlar yaratish hamda ularni ragʻbatlantirib borish boʻyicha tergov boshqarmasining masʼul rahbar va xodimlari zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
2024/10/07 00:22:18
Back to Top
HTML Embed Code: