Telegram Web Link
#Bu_qiziq

"Qirol sher" multifilmida qo'llanilgan mashhur "Hakuna Matata" iborasi so'zma-so'z tarjimada - Muammo yo'q degan ma'noni anglatadi.

@postdarasmiy
Имтиҳонлар

ИИВ 1-сонли академик лицейига 2024–2025 ўқув йилига кириш имтиҳонлари бўлиб ўтмоқда. Унда жисмоний таёргарлик – тўсинда тортилиш, 100 метр ва 2 км.га кросс югуриш, она тили ва рус тилидан диктант ёзиш бўйича синовлар бўляпти. Имтиҳонлар очиқ ҳолда, ота-оналар кўз ўнгида шаффоф тарзда ўтказиляпти.
Ўз мухбиримиз.
Тошкент шаҳри.
Президент Шавкат Мирзиёев Ички ишлар вазирлиги Жамоат хавфсизлиги департаментининг Мувофиқлаштириш ва мониторинг қилиш марказини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Центр координации и мониторинга Департамента общественной безопасности Министерства внутренних дел.

#Mirziyoyev #tanishuv #xavfsizlik #markaz

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Jumboq

Savol: ushbu matn qaysi oʻzbek yozuvchisining asaridan olingan?

Tursunali itoat bilan, huddi qaynonasinikiga birinchi marta kelgan uyatchan kuyov kabi oʻtirdi. “Ol, ye”, degan taklifni oʻrinlatib bajarolmadi. Bir-ikki tishlam non yeb, maydalangan goʻshtga qoʻl uzatmadi. Yegisi kelib turgan boʻlsa ham, koʻngli tortmadi. Qamalguniga qadar ovqatlarning sarasini yeb oʻrgangan odam das-turxon ustidagilarni sarqit deb bilib, irgandi. Mehmonga kechikibroq borsa, darhol dasturxon yangilanardi... Endi oʻsha kunlarning sadagʻasi ketsa arziydi...

Ushbu savolning javobini Inomxo‘ja Rahimxo‘jayev to‘g‘ri topdi. Ofarin. Hamza ERDASHEV, RISQULOVA Muslima, Farrux Usmonov, Sardor, Rozaboyeva kabi o'quvchilarimiz ham to'g'ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javobi: Tohir Malikning “Murdalar gapirmaydilar” asari.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев жамоат хавфсизлигини таъминлаш тизимидаги замонавий марказ фаолияти билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yangi binoda

Huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlashini tashkil etish maqsadida huquq-tartibot maskanlari tashkil etilmoqda.
Yangi Namangan tumanida ham shu kabi 4 ta huquq tartibot maskani barpo etish rejalashtirilgan. Ulardan biri Abu Rayhon Beruniy mahallasida, yana biri “Go‘zal” dahasi hududida tashkil etilmoqda.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
TAVSIYАNOMALAR TOPSHIRILDI

Kuni kecha IIV Qorovul qo'shinlari qo'mondonligida harbiy xizmatchilarining farzandlariga respublika oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishi uchun imtiyozli tavsiyanomalarni topshirishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Unda so'zga chiqqanlar so'nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilib kelinayotgani, bu esa ularing xizmatiga berilayotgan munosib baho ekanligini ta'kidladi.
Batafsil oʻqing 👉

👉 @postdarasmiy
2024/10/03 23:21:38
Back to Top
HTML Embed Code: