Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3-iyun — Butunjahon velosiped kuni
———
3 июнь — Бутунжаҳон велосипед куни


👉 @postdarasmiy
Madaniy hordiq

Toshkent shahar IIBB tomonidan xodimlar oʻrtasida “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasi asosida tadbir oʻtkazildi. Xususan, IIVning “Oqtosh” bolalar oromgohiga ikki kunlik dam olish tadbiri tashkil etilib, uning doirasida nafaqat madaniy hordiq chiqarish, balki xodimalar hamda ularning farzandlari oʻrtasida sport musobaqalari, psixologik trening va salomatlik saboqlari ham boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida faol boʻlgan va musobaqa gʻolib boʻlganarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
OTALIQDAGI YOSHLAR “ZAKOVAT”DA

Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan Peshku, Romitan, Buxoro, Jondor, Olot, Qorako‘l, Kogon, Qorovulbozor tumanlari va Kogon shahrida vazirlik tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz xayot uchun birlashaylik!” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlarining shahar-tuman bosqichlari o‘tkazildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Jumboq

Savol: U tufayli Italiyada har yili 540 million, Polshada 400 million, Bolgariyada 150 million kilovatt soat energiya tejaladi. Bunga o‘xshash boshqa misollarni ham keltirish mumkin. Shuncha energiyani tejashga nima yordam beradi?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Кўк рангли автомобиль чорраҳадан нечанчи бўлиб ўтади?
Anonymous Quiz
43%
- Биринчи бўлиб
57%
- Иккинчи бўлиб
#Анонс
БАХТГА ПЕШВОЗ ЧИҚИБ
Капитан Элёр Қўчқоров талабалигида дастурчи бўлишни орзу қилганди. Ҳаёт йўллари эса уни ички ишлар органлари сари етаклади. Тақдир унга гўзал жуфт, тўрт нафар қизалоқ туҳфа қилди. Ўзи эса Face ID технологияси, рақамли ахборот тизимини ЙҲХБ тизимига жорий қилиш бўйича ноёб мутахассисга айланди.
Сирдарё вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ Ахборот технологиялари гуруҳи етакчи мутахассиси Элёр Қўчқоровнинг ҳам касбидан, ҳам оиласидан бахт топгани тўғрисида «Postda - На посту» газетасининг навбатдаги сонларида ўқишингиз мумкин.
Ўз мухбиримиз.
Сирдарё вилояти.
“Zakovat” maydonida uyushmagan yoshlar

Mingbuloq tumani IIB tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda tuman IIB masʼul xodimlariga biriktirilgan uyushmagan yoshlar ishtirok etib, o‘zaro bellashdi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, intellektual o‘yin yoshlarning salohiyati, iqtidor va izlanuvchanligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
ҒОЛИБЛАР – РЕСПУБЛИКА БОСҚИЧИГА

Сурхондарё вилояти ИИБ таркибий тузилма ва ҳудудий бўлинмалари ходимлари ўртасидаги «Касбий олимпиада» мусобақасининг вилоят босқичи ўтказилди.
Ички ишлар органларида юқори касбий ва жисмоний тайёргарликка эга ходимларни тайёрлаш борасида амалга оширилаётган ишлар самарадорлигини ошириш мақсадида ташкил этилган беллашувда иштирокчилар бор куч ва маҳоратларини намоён этишди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
BARCHASI BOLALAR UCHUN

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyodagi bolalar uchun eng beg'ubor va quvonchli bayramdir. Albatta, bola bu dunyoning ajralmas qismi, bu hayot mazmuni.
 Andijonda ham bayram keng nishonlanmoqda. Bolalar bog'lari, keng ko'lamli tadbirlar o'tkaziladigan joylarda bolalar va kattalar xavfsizligini ta'minlaydigan yo'l-patrul xizmati xodimlari navbatchilik qilishmoqda.
Boris KLEYMAN,
o‘z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol: U tufayli Italiyada har yili 540 million, Polshada 400 million, Bolgariyada 150 million kilovatt soat energiya tejaladi. Bunga o‘xshash boshqa misollarni ham keltirish mumkin. Shuncha energiyani tejashga nima yordam beradi?

Ushbu savolning javobini Inoyatova Elnora to‘g‘ri topdi. Ofarin! Xilola, Nematov Mirshod Yõldosh õĝli, Qurbonov Ulug'bek, Kuatbaeva kabi o'quvchilarimiz ham to‘g‘ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: Bu yozgi vaqt tizimi.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#ANTIQA

Germaniyada ko'pchilik ayollar va qizlar ovqat pishirishni bilishmaydi, bu asosan erkaklar tomonidan amalga oshiriladi.

@postdarasmiy
Виртуал ўғри ушланди
Шароф Рашидов тумани “Қаҳрамон” маҳалласида яшовчи З.А. ички ишлар органларига мурожаат қилиб, унинг банк пластик картасидан 10 миллион сўм ўғирланганлигини билдирган. Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, олиб борилган тезкор қидирув тадбирлари натижасида ушбу қонунбузарлик жабрланувчининг маҳалладоши Ш.Т. томонидан содир этилгани аниқланган. Айбланувчидан жиноят воситаси бўлмиш уяли алоқа воситаси ва банк пластик картаси ҳужжатлаштириб олинди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ajoyibotlar_dunyosi
COSTASIYELLA — QOʻY BARGI
Bor yoʻgʻi bir santimetr chiqadigan bu mitti dengiz jonivori yashil barglar bilan qoplangan. Moluyskadoshlar oilasiga mansub costasiella 1993 yilda Yapon dengizida kashf qilingan. U dengiz oʻtlari bilan oziqlanadi. Koʻrinishidan bargga o’xshab ketadigan qoplamada rostdan ham fotosintez hodisasi sodir boʻlishi olimlarni hayratga solgan. Ikki chiroyli koʻzchalarga ega mitti molyuska jonivor boʻlsa-da, oʻsimliklar singari xlorofill moddasi ajralib chiqishi orqalu energiya oladi.
Abdurahmon Mustafoqulov tayyorladi.
XODIMLARNING KASBIY TAYYORGARLIGI BORASIDA

Viloyat IIB ichki ishlar organlari xodimlari bilan jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qo‘llash bo‘yicha jangovar qurol hamda “Makarov” to‘pponchasidan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bunda xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, maxsus vositalarni qo‘llash hamda bu borada xodimlarning maxsus ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat berildi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy
2024/10/06 10:30:23
Back to Top
HTML Embed Code: